O’zbekiston resbublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’lmasxon Ro’ziboyeva Ona tili o’qitish mеtodiкasi


-mavzu.Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo’llari


Download 1.21 Mb.
bet65/90
Sana31.01.2024
Hajmi1.21 Mb.
#1818136
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili o’qitish mеtodiкasi (II qism) (1)

16-mavzu.Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo’llari
Asosiy masalalar:
1.Boshlang'ich sintlarda nutqiy xatolar ustida ishlash
2. Xatolarni to'g'rilash va ularning oldini olish
3. Nutqiy xatolarni to'g'rilash
Tayanch tushuncha va iboralar: nutqiy xatolar ustida ishlash metodikasi , xatolarni to'g'rilash,xato turlari
1-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: talabalarga nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo’llari ustida ishlash metodlari haqida to’liq ma'lumot bеrish, ularda bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish.
Idеntiv o’quv maqsadlari
1.1. Boshlang'ich sintlarda nutqiy xatolar ustida ishlaydilar
1.2. Xatolarni to'g'rilash va ularning oldini olishni o’rganadilar
1-asosiy savolning bayoni: Nutqiy xatolarga noto'g'ri (noo'rin) tanlangan so'zlar, noto'g'ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto'g'ri ishlatish kiradi.
Boshlang'ich sintlarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, clumki ularni to'g'rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma'lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o'rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to'g'rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi.
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug'aviy-uslubiy, morfologik-uslubiy, sintaktik-uslubiy.
Boshlang'ich sinflarda lug'aviy-uslubiy xatolar ko'proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar kiradi:
Bir so'zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chi-qishiga sabab, birinchidan, o'quvchi so'zni ishlatishga kam e'tibor beradi va faol lug'atidagi so'zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o'quvchining so'z boyligi kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so'zlar o'rniga olmoshlardan foydalaria olmaydi.
Agar o'qituvchi bir so'zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning ma'nodoshlaridan yoki shu so'z o'rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o'quvchi matnni e'tibor bilan o'qib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling