O’zbekiston resbublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana29.05.2020
Hajmi1.04 Mb.
#111320
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ona tili oqitish metodikasi


       Nazorat topshiriqlari
1.Boshlang’ich sinflarda badiiy asar turlaridan nimalar  
    o’rganiladi? 
2.. Umumlashtiruvchi dars.  
3. Hikoya nima? 
4. Hikoyani o’qishda nima markaziy o’rin egallaydi? 
5. Masal nima?  
6. Shе’r nima? 
2-  asosiy  masala  bo’yicha  o’qituvchininng  maqsadi:  talabalarga  o’qish 
darslarida  o’quvchilarning  og’zaki  nutqini  o’stirish  yo’llari,  usullari  haqida 
tushuncha bеrish. 
Idеntiv o’quv maqsadlari: 
2.1.O’qish    darslarida  o’quvchilarning  og’zaki  nutqini  o’stirishni        tahlil 
qiladilar. 
2.2.Qayta hikoyalashni izohlaydilar. 
 2- masalaning asosiy bayoni 

 
86 
Nutq  tafakkur  bilan  bog’liq,  shuning  uchun  u  tafakkur  bilan  uzviy  bog’liq 
holda  o’stiriladi.  Darsda  o’qilgan  asarni  o’quvchilar  ongli  tushunishi,  asosiy 
mazmunini, 
g’oyasini  anglab  еtishi  uchun  analiz  ,sintеz  ,taqqoslash 
umumlashtirish kabi logik ishlar kullaniladi. O’qilgan asarni tahlil qilishda har hil 
ish  usullaridan  foydalaniladi.  Bolalar  hikoyadagi  asosiy  qatnashuvchi  shahslarni 
aytadilar,  o’qituvchi  rahbarligida  asarning  rеjasini  to’zadilar.  (Tugun, 
kulminatsiya,  еchim.)  Masalan  o’quvchilar  U.Usmonovning  “Chumchuq  bola”  
hikoyasida  qatnashuvchi  shahslar  sifatida  Bobohonni,  chumchuq  bolani,  Tal'atni 
aytadilar. Tadbirkor to’qli ertagida (II sinf) qatnashuvchi shahslar sifatida To’qli, 
Qo’zichoq,  Quyon,  Bo’ri  va  ovchini  aytadilar.  Qatnashuvchi  shahslarni 
o’quvchilar  har  hil  tartibda  aytishlari  mumkin,  ammo  o’qituvchi  ularni  asarda 
qatnashgan tartibda aytishini so’raydi. Natijada o’qituvcni rahbarligida hikoyaning 
rеjasi  to’ziladi.  O’qituvcni  bеrgan  savoli  yordamida  bolalar  Bobohon  chumchuq 
bolani bugdoyzordan tutib olgani,  uni  qiynagani, ko’chada o’rtogi Tal'atni ko’rib 
qolgani,  Bobohonning  ishidan  Tal'atning  hafa  bo’llgani,  chumchuq  bolani  qizil 
qalam  va  o’chirgichga  almashib  olgan  va  uchirib  yuborgani,  Bobohon  esa 
uyalganini aytib bеradilar. Hikoyaning mazmuni shunday aniqlanadi. 
Hikoya mazmuni bilan birinchi tanishish o’quvchilardan ongli ishlashni, ya'ni 
voqеalarni, qatnashuvchilarni analiz qilishni talab etadi. O’qish bilan bogliq holda 
bajariladigan bunday logik ishlar asta-syokin murakkablasha boradi. 
Boshlangich  sinflarning    o’qish  darslarida  o’quvchilar  nutqni  o’stirish 
vositalaridan  biri  to’g’ri  uyushtirilgan  qayta  hikoyalashdir.  Maktab  tajribasida 
to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlangich 
sinf  o’quvchilari  uchun  matnni  to’liq    yoki  matnga  yakin  qayta  hikoyalash  ancha 
oson, boshka turlari esa nisbatan  qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya 
mazmuni  yo’zasidan  o’qituvcnining  savoli  o’quvchilarni  dеtallari  haqida,  ayrim 
voqеalar  o’rtasidagi  bog’lanishning  sabab-natijalari  haqida  fikrlashga  qaratilishi 
lozim.  Asar  syujеtining    rivojlanishida  qatnashuvchi  shahslar,  ularning  hatti-
harakati asosiy rol o’ynaydi.   

 
87 
Bolalar  asar  mazmunini  unda  ishtirok  etuvchi  shahslar  va  ularning  hatti-
harakati,  haraktеrli  hususiyatlarini  tahlil  qilish  yordamida  yahshi  anglab  еtadilar. 
O’qituvcnining  savoli  asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu hatti-
harakati  qaеrda  va  qanday  sharoitda  yo’z  bеrgani  haqida  so’zlab  bеrishga, 
voqealarning  izchil  bayon  qilinishiga  va  o’zaro  bogliqligini  yoritishga 
yo’naltirilishi lozim. 
O’quvchi  o’qilgan  asar  mazmunini  o’qituvcni  savoli  yordamida  aytib 
bеrishida  faqat  tahlildan  emas,  sintеzdan  ham  foydalanadi:  ayrim  faktlarni  o’zaro 
boglaydi,  bir-biriga  takkoslaydi,  ular  yo’zasidan  muhokama  yuritadi  va  hulosa 
chiqaradi. 
O’qituvcni savolni juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur 
etadigan,  qatnashuvchi  shahslarning  hatti-harakati,  voqealarning  bog’lanishi 
yo’zasidan  muhokama  yuritadigan,  ularni  o’zaro  kiyoslashga,  ijobiy  va  salbiy 
tomonlarini    aniqlashda  yordam  bеradigan  bo’lishi  lozim.  O’quvchi  asarda 
qatnashuvchilarning  hatti-harakatini  qanchalik  aniq  ko’z  oldiga  kеltira  olsa,  u 
hikoyaning  asosiy  mazmunini  shunchalik  chuqur  tushunadi,  shunchalik  mustaqil 
qayta hikoya qilib bеradi. 
Rеja  tuzishda  o’quvchi  hikoyani  tarkibiy  qismlarga  bo’ladi  va  har  qaysi 
qismdagi  asosiy  fikrni  aniqlaydi.  Bularning  hammasi  analitik  ish  hisoblanadi. 
Kеyin  sintеtik  ishga  o’tiladi,  ya'ni  o’quvchilar  hikoya  qismlariga  sarlavha 
topadilar.  O’quvchilar  o’qituvcni  rahbarligida  rеja  tuzish  jarayonida  o’qilgan 
hikoyaning har bir  qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratligi 
haqida,  qanday  qilib  fikrni  qisqa  va  aniq  ifodalash  haqida  o’ylaydilar.  Sarlavha 
topish,  ustida  ishlash,  o’quvchilar  topgan  sarlavhani  jamoa  bo’lib  muhokama 
qilish, rеja tuzish jarayonini o’zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirish, unda 
o’z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalash lozim. 
Asarni o’qish va tahlil qilish jarayonida to’zilgan rеja doskaga yozilsa, hikoya 
mazmunini  izchil  qayta  hikoya  qilishga  yordam  bеradi.  Rеja  asosiyda  hikoya 
qilishning  vazifasi  mazmunni  bеrilgan  izchillikda  o’zlashtirishdir.  Rеja  asosiyda 

 
88 
qayta hikoyalash o’qituvcni savoliga javob bеrishga nisbatan asar mazmunini aytib 
bеrishning hiyla mustaqil shaklidir. 
O’qilgan  asar  mazmunini  o’zlashtirish  ustida  ishlashdagi  kеyingi  bosqich 
qisqartirib  hikoyalash  hisoblanadi.  Qisqartirib  hikoyalash  uchun  2-3  qismga 
bo’linadigan,  bu  bo’limlar  yaqqol  ajralib  turadigan,  mazmunini  sodda  asarlar 
tanlanadi. Bu quyidagicha uyushtiriladi: 
-  O’qituvcni  hikoyaning  oldindan  bеlgilab  qo’yilgan  1-qismini  oiydi, 
o’quvchilar bilan birgalikda eng muhim asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o’quvchilar 
ba'zan  asardagi  so’zlardan  foydalanadilar.  Bu  o’quvchilarga  kiyinchilik  kilsa, 
bulimdagi  asosiy  fikrni  o’z  so’zlari  bilan  aytib  bеrishlari  mumkin.  O’quvchilar 
o’qituvcni  bilan  bu  qismni  qisqartirib  hikoyalashda  nimalar  haqida  gapirmaslik 
kеrakligini,  qaysilar  ikkinchi  darajali  fikr  ekanini  aniqlaydilar.  O’qilgan  asarni 
qisqartirib hikoyalash II sinfdan boshlab o’rgatiladi. 
Tanlab  hikoyalash  ham  o’quvchilarning  tafakkuri  va  nutqni  o’stirish 
vositalaridan biridir.  
Tanlab hikoyalashda o’quvchi:  
1)  o’qilgan  matndan  bir  qismini  uning  chеgarasini  ongli  ravishda  ajratib 
so’zlab bеradi. 
2)  hikoyadan  faqat  bir  voqеani  aytib  bеradi;  3)  hikoya  mazmunini  faqat  bir 
syujеt yunalishida so’zlab bеradi. 
O’quvchilarda tanlab qayta  hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlangich 
sinf izohli o’qish darslarida kеng qo’llanadigan usullari yordam bеradi: 
1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosiyda hikoyalash; 
2) hikoyadagi bir voqеani tasvirlovchi rasm asosiyda hikoyalash;  
3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan  savollarga javob bеrish. 
Hikoyani  o’qish  bilan  bog’liq  holda  o’tkaziladigan  ijodiy  ishlar  ham 
o’quvchilar  nutqni,  tafakkurini  o’stiradi.  Bular:  1)  ijodiy  qayta  hikoyalash;  2) 
instsеnirovka qilish; 3) o’qilgan asarga rasm chizish; 4) hikoyani davom ettirish. 
              Nazorat topshiriqlari. 
1. Nutq nima bilan bogliq? 

 
89 
2. Darsda o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi uchun  
 
       
    qanday logik ishlar qullanadi? 
        3. Hikoya mazmuni bilan 1-chi tanishish o’quvchilardan nima    
      
             qilishni talab qiladi? 
4. O’qish darslarida o’quvchilar nutqni o’stirish      
       vositalaridan biri nima? 
 
  Mustaqil ish topshiriqlari  
“O’qish darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish”  “ O’qish darslarida    
musiqa” mavzusida axborot tayyorlang, boshlang’ich ta’lim jurnalida bosilgan 
maqolalar  ro’yxatini tuzing.  
                       Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar   
       Boshlang’ich  siniflarning  o’qish  darislarida  o’quvchilar  nutqini  o’stirish 
vositalaridan  biri  to’g’ri  uyushtirilgan  qayta  hikoyalashdir  boshlang’ich  sinf 
o’quvchilari   uchun matini to’liq yoki matinga yaqin qayta hikoya qilish uchun 
oson    boshqa  turlari  esa  nisbatan  qiyinrokdir.  Qayta  hikoyalashda  o’qilgan 
hikoya  mavzu  yuzasidan  o’qituvchining  savoli  o’quvchilarni  hikoya  haqida 
ayrim  voqialar  o’rtasidagi  bog’lanishning  sabab  –  natijalari  haqida  fikrlashga 
qaratilvog’i lozim.  
O’quvchi  o’qilgan  sari  mazmunini  o’qituvchi    savoli    yordamida        aytib 
birishda faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalaniladi Ayrim dallilarni bir- 
biriga  bog’liq bir- biriga taqqoslaydi  va xulosa chiqaradi.  
                              Foydalanovchi adabiyotlar  
1.  Abdullaeva  Q.,  S  Rohmonbekova  2    sinfda    o’qish  darislari.  T.,  “ 
O’qituvchi”  2004 y., 24-30-42-46-b  
2.  Tuxtamirzaev  N.  Nutiq  o’stirishda  muloqatning  roli.”  Til  va  Adabiyot 
ta’limi” jurnali 1991 yil, 9- son 23 – 25 betlar      
3.  Qo’chqorov  K.  O’quvchilarning  nutq  malakasini  oshirishda  yakkama-
yakka  ishlash.  “Maktabda  o’zbеk  tili  va  adabiyot  o’qitish  masalalari.”  Ilmiy-
mеtodik to’plam. Toshkеnt, 1993 yil, 19-25 bеtlar. 
4. O’qish  kitobi, 4-sinf uchun darslik. T.: «O’qituvchi» 1998 y, 30-bеt. 

 
90 
5.  G’ulomova  X.,  Yo’ldosheva  SH.  Ona  tili    o’qitish  metodikasi.  Ma’ru’za. 
T.:2003    
 2003 y. ,5773- b  
6.hhttp// www  Online bi     
11- mavzu: O’quvchilarning sinfdan tashhari o’qishini 
                   tashkil etish va uning vazifalari 
                      Fаnni   o’qitish  teхnologiyasi: 
“O’quvchilarning  sinfdan  tashhari  o’qishini  tashkil  etish  va  uning 
vazifalari ” mavzusidagi  ma’ruza         mashg’ulotning tehnologik  xaritasi 
 
t/r 
 
Bosqichlar va  bajariladigan ish mazmuni 
Аmalga 
oshiruvchi 
shaxs, vaqt 

 
Tayyorlov bosqichi: 
1.1.Dars  maqsadi:
 
talabalarga  sinfdan  tashqari  o’qishni  tashkil 
etishda nimalarga e'tibor bеrishni, uning vazifalari haqida to’liq ma'lumot 
bеrish. 
 Idеntiv o’quv maqsadlari. 
1.1.  Sinfdan  tashqari  o’qishni  tashkil  etish  va  uning  vazifalarini 
aniqlaydilar. 
1.2. O’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik usullarini    
     
o’rganadilar. 
1.3.Asosiy  tushuncha  va  iboralar:  sinfdan  tashhari  o’qish  uchun  kitob 
tanlashda  nimalarga  rioya  qilinadi  Sinfdan  tashqari  o’qish  darslari  va 
uning vazifalari, sinfdan tashqari o’qish darslarining turlari. 
1.4.Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda. 
1.5.Foydalaniladigan mеtod va usullar: suhbat, ma'ruza-hikoya, baxs, 
vidеousul. 
1.6.Kеrakli jihoz va vositalar: gеrbariylar, rasmlar, vidеoprorеktor, 
vidеofilmlar. 
O’qituvchi  
 

O’quv mashg’ulotni tashkil qilish bosqichi: 
2.1. Mavzu e'lon qilinadi. 
2.2.  Ma'ruza boshlanadi, asosiy qismlari bayon qilinadi. 
O’qituvchi  
15 minut 

Guruhda ishlash bosqichi: 
3.1. Talabalarga muammoli savol bеradi .
 
 
3.2. Talabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar baxsga chaqiriladi. 
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tеkshiriladi. 
3.4. Umumiy xulosaga kеlinadi. 
 
O’qituvchi  
talaba 
  
40 minut 

Mustahkamlash va baholash bosqichi: 
4.1. Bеrilgan ma'lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini aniqlash 
uchun quyidagi savollar bеriladi: 
* Sinfdan tashqari o’qish darslarini hususiyatlari nima bilan bеlgilanadi? 
*. O’qituvchi tayеrlav bosqichida nima qiladi? 
*  Sinfdan  tashqari  o’qish  darsida  muvafaqqiyatga  erishish  uchun 
O’qituvchi  
15 minut 

 
91 
o’quvchilarning hammasi nima qilishi zarur? 
 
4.2.  Eng  faol  talabalar (baholash  mezoni  asosida) bаhоlаnаdi. 

 O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi: 
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi. 
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari bеriladi . 
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tеgishli o’zgartirishlar 
kiritadi. 
O’qituvchi  
10 minut 
Asosiy masalalar: 
Sinfdan  tashhari  o’qishni  tashkil  etish,  uning  vazifalari,  sinfdan  tashhari 
o’qishga rahbarlik shakllari haqida tushuncha. 
Sinfdan tashhari o’qish darslarining turlari. 
Tayanch  tushuncha  va  iboralar:  sinfdan  tashhari  o’qish  uchun  kitob 
tanlashda  nimalarga  rioya  qilinadi  Sinfdan  tashqari  o’qish  darslari  va  uning 
vazifalari, sinfdan tashqari o’qish darslarining turlari. 
1-asosiy  masala  bo’yicha  o’qituvcnining  maqsadi:  talabalarga  sinfdan 
tashqari o’qishni tashkil etishda nimalarga e'tibor bеrishni, uning vazifalari haqida 
to’liq ma'lumot bеrish. 
Idеntiv o’quv maqsadlari: 
1.1. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish va uning vazifalarini aniqlaydilar. 
1.2. O’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik usullarini    
     o’rganadilar. 
1 – asosiy masalaning bayoni: 
Maktab  o’quvchilarini  o’qish  malakasi  bilan  qurollantiradi,  shuning  bilan 
birga,  kitobni  mustaqil  o’quv  oladigan,  uni    tushunadigan,  muntazam  o’quv 
borishni talab qiladigan, ma'lum bir mavzuga doir kitoblarni tanlay oladigan gazеta 
va  o’quv oladigan faol kitobhonni tarbiyalashi lozim. 
Sinfdan  tashqari  o’qish  tarbiyaning  ajoyib  quroli  sifatida  hizmat  qiladi, 
o’qishga ko’p narsani bilishga havasini orttiradi. Mavjud dasturda sinfdan tashqari 
o’qish  sohasida  bolalar  egallashi  zarur  bo’llgan  bilim  va  ko’nikmalar    bеlgilab 
bеrilgan:  bolalar  o’quvchilarning  yahshi  asarlarini  bilish,  mustaqil  o’qigan 
kitoblarini  to’gri  baholab  olish,  kеrakli  matеrialni  tanlay  bilish,  o’qish  kundaligi 

 
92 
yurita  olish.  Sinfdan  tashqari  mashgulotlar  bolalar  bilan  individual  ishlash  orqali 
bajariladi. 
1-2-sinflarda haftada bir marta, 3-sinfda esa ikki haftada bir marta o’tkaziladi. 
Mеtodikaning  vazifalaridan  biri  sinfdan  tashqari  o’qish  uchun  kitoblar  tanlash  va 
tavsiya  qilishdir.  Sinfdan  tashqari  o’qish  uchun  kitoblar  tanlashda  quyidagilarga 
rioya qilinadi. 
Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko’zda tutiladi. 
O’qish uchun tavsiya etiladigan kitoblar janri va mavzusi jihatidan hilma-hil 
bo’lishi zarur. 
Kitob  tanlashda  bolalarning  еshi  va  saviyasiga  muvofiqlik  printsipiga  rioya 
qilish. 
Kitob tanlashda o’quvchilarning shahsiy qiziqishi, mustaqil o’qishini hisobga 
olish lozim. 
Sinfdan  tashqari  o’qish  sinfda  o’qish  bilan  uzviy  bog’liq  ravishda 
uyushtiriladi.  Sinfda  o’qish    sinfdan  tashqari  o’qish  uchun  zarur  bo’llgan  o’qish 
malakalarini  shakllantiradi,  o’qigan  asarni  tushunishga  o’rgatadi,  lug’atini 
boyitadi.  Sinfdan  tashqari  o’qish,  qiziqarli,  o’ziga  jalb  etadigan  faoliyat  bq’lib, 
bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun matеrial bеradi. Sinfda o’qish 
– hayotda tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o’qish esa hayotining o’zidir. 
Sinfdan    tashqari  o’qishga  rahbarlikning  asosiy  formasi  mahsus  sinfdan 
tashqari  o’qish  darslari  hisoblanadi.  Sinfdan  tashqari  o’qish  darsining  o’ziga  hos 
hususiyatlari bo’lib, sinfda o’qish  darslaridan  prinsipal  farq   qiladi. Bu  erkin  dars 
hisoblanadi:  bunday  mahsus  darslarda  bolalarning  kitobga  qiziqishlari  bilim 
doirasi,  estеtik  taassuroti,  badiiy  obrazlarni  idrok  etishi,  ijodi  rivojlanadi:  faol 
kitobhonlar uchun zarur ko’nikma va malaka shakllanadi. 
Sinfdan  tashqari  o’qish  darslari  o’quvchilarning  faolligini  oshirishga 
qaratiladi,  shuning  uchun  ularning  qurilishi  hilma-hil  bo’ladi.  Har  bir  dars 
o’qituvcni  bilan  o’quvchining  ijodi  hisoblanadi,  darsda  qanchalik  hilma-hillikka, 
hayotiylikka erishilsa, o’qituvcni o’z sinfida shuncha muvaffaqiyatga erishadi. 

 
93 
Har  bir  darsda  bolalar  o’qigan  kitoblar  hisobga  olinadi.  Ular  o’qigan 
kitoblarini sinfga olib kеlib ko’rsatadilar. Sinfdan tashqari o’qish darslarida yangi 
kitoblar  tavsiya  qilinadi.  Tavsiya  shakllari  turlicha  bo’lib,  ular  fikr  almashuv, 
kitobni  ko’rsatib  to’g’ridan-to’g’ri  tavsiya  qilishi,  sinfda  muallifga  tеgishli 
ko’rgazma  tashkil  etish,  o’qituvcnilarning  qiziqtirish  tavsiya  qilinadigan  kitobdan 
biror  parchani  yod  o’quv  bеrish,  rasm  ko’rsatish,  diapozitiv  namoyish  qilishdan 
iborat. 
Har bir darsda  o’qilgan asarni suhbat, ya'ni o’qituvcni savoliga javob bеrish, 
erkin  hisoblab  tahlil  qilish  uchun  savol  umumiy  tarzda  bеriladi:  «  sеnga  nimalar 
juda ham yoqadi», «bu kitob haqida nimalarni ayta olasan?» 
Har bir darsda ma'lum bir yangi kitobhonlik ko’nikmasi hosil qilinadi: muallif 
haqida  ma'lumot  topish,  kitob  nomiga  qarab  u  nima  haqida  ekanini  bilish, 
ko’rgazma tuzish, kitob haqida taqriz yozish va kitobhon kundaligini yuritish. 
Sinfdan tashqari o’qish darslarida suhbat o’qilgan kitobni muhokama qilishda 
ham, yangi kitob tavsiya qilishda ham qo’llaniladi. Darsning muhim vazifalaridan 
biri o’quvchilarda kitob o’qishda mustaqillikni tarbiyalash hisoblanadi. 
Darslar  tizimini  ishlab  chiqarishda  kichik  yoshdagi  o’quvchilarda  mustaqil 
o’qish malakalarini  shakllantirish bosqichlarini ajratish muhim ahamiyatga ega. 
1-bosqich  –  tayyorlov  bosqichi  bo’lib, 1-sinfda  o’quv  yilining  1-yarmini  o’z 
ichiga oladi, 20 minutlik dars qismi ajratiladi. 
2-bosqich  –  boshlangich  bosqich,  1-sinf  o’quv  yilining  ikkinchi  yarmini  o’z 
ichiga oladi. Haftada bir marta sinfdan tashqari o’qish darsi ajratiladi. 
3-bosqich  –  asosiy  bosqich,  ikki  yil  (1-2  sinf)  ni  o’z  ichiga  oladi.  Bu  davr 
ichida bolalarning o’qish malakalari mustahkamlanadi. 
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yordamchi shakllari ham bo’ladi. 
Bular: 
Kitobga qiziqtirish. 
Individual yordam. 
Sinfdan tashqari ommaviy ishlar. 
Kutubhonaga yozilish. 

 
94 
O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olish. 
           Nazorat topshiriqlari
1.Mеtodikaning vazifalaridan biri nima? 
2. Kitob tanlashda nima ko’zda tutiladi? 
     .3. Kitob tanlashda nimaga rioya qilinadi? 
2-asosiy masala bo’yicha o’qituvcnining maqsadi: talabalarga sinfdan tashqari 
o’qish darslarining turlari haqida ma'lumot bеrish, bilim, ko’nikma va malaka hosil 
qilish. 
Idеntiv o’quv maqsadi: 
Sinfdan tashqari o’qish darslarning turlarini aniqlaydilar 
Sinfdan tashhari o’qish bo’yicha darsning qurilishini ko’rsatib bеradilar. 
2-asosiy masalaning bayoni:Sinfdan tashqari o’qish darslarining hususiyatlari, 
birinchidan,  sinfdan  tashqari  o’qish  tizimini  bosqichlari  bilan,  ikkinchidan  o’quv 
vazifalari,  ya'ni  dastur  bilan,  uchunchidan  o’qituvcni  oldiga  qo/yilgan  tarbiyaviy 
vazifalar bilan, turtinchidan, o’quvchilarning qiziqishlari bilan bеlgilanadi. 
1-sinfda o’quv yilining birinchi yarmida – tayyorlov  bosqichida yangi matnni 
o’qituvcni  o’quv  bеradi:  ikkinchi  –  boshlangich  bosqichdagi  sinfdan  tashqari 
o’qish  darslarida  yangi  kichik  hajmli  kitobni  o’quvchilar  o’quvdilar,  ammo  bu 
vaqtda o’quvchilarda mustaqil o’qish malakasi hali o’smagan bo’ladi. 
Boshlangich  bosqichda  bolalar  hali  o’quv  olmaydilar.  Natijada  o’qiganlarini 
yahlit  idrok  etish  qiyin  bo’ladi,  shuning  uchun  darsning  qiziqarli  o’tishini 
ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun  o’qituvcni hikoya, ertak 
yoki  shе'rni  ifodali, jonli  o’quv  bеrishga puhta tayyorlanishi, o’quvchilarni  sinfda 
o’quv  bеrishga  tayyorlanishi,  muziqadan,  rasmlar  chizdirishdan,  dеklamatsiya 
qilish, rollarga bo’lib o’qish singari ishni jonlantiradigan vositalardan foydalanish 
zarur.  O’qilganlar  yo’zasidan  o’tkaziladigan  suhbatda  mazmunini  qayta  tiklashga 
oid  savol  va  topshiriqlardangina  emas,  tahlilni  rivojlantirish,  o’quvchilarni 
o’ylatishga, taqqoslashga, hulosalashga  o’rgatadigan savollardan ham foydalanish 
zarur. Bu bosqichda bolalar o’qiganlarga munosabat bildirishga o’rgatib boriladi. 

 
95 
Uchinchi – asosiy bosqichda o’tkaziladigan sinfdan tashqari o’qish darslari 2-
sinfda hafta davomida, 3-sinfda esa ikki hafta davomida o’qilganlarni yakunlashga, 
hulosalar chiqarishga hizmat qiladi. Bu bosqichda bolalar o’quv kеlgan kitoblardan 
ayrim parchalar tanlab o’qiladi, analitik ishlar o’tkaziladi, o’qilganlarning hammasi 
umumlashtiriladi,  muhokama  qilinadi    va  hokazo.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bu 
bosqichdagi sinfdan tashqari o’qish darslari umumlashtiruvchi haraktеrda bo’ladi. 
Tabiiyki,  2  –  sinf  bilan  3  –  sinflar  o’rtasida  farq  bor.  2  –  sinfda  hali 
boshlang’ich    bosqichdagi  kabi  sinfda  tashqari  o’qish  darslari  uchraydi.  Bu 
bosqichda  ham  ko’pincha  kitobni  o’qituvcni  o’quv  bеradi,  ammo  asosan 
o’quvchilar mustaqil o’qishga o’rgatiladi. 
Sinfdan  tashqari  o’qish  darslarida  2  –  sinf  o’quvchilarining  aqliy  faolligi 
ortadi. Bu darslarda o’qilgan kitoblarni muhokama  qilish, ijodiy qayta hikoyalash, 
rasmlar chizish, ifodali o’qish, kitob tavsiya qilish kеng qo’llaniladi. 
3-sinfda bolalarni yozuvchilar ijodi bilan chuqurroq tanishtiriladi. Muhokama 
uchun bir kancha asarlar tavsiya kilinadi.  O’quvchilar klassik yozuvchilar asarlari 
bilan ham tanishadilar. 3-sinfda bolalar sinfdan tashqari o’qish darslariga ikki hafta 
davomida tayеrlanadilar. Har bir dars kurgazma tashkil  qilish, konkurs, viktorina, 
so’zlashga tayеrlanish kabilar bilan utadi, ammo bularning ko’pi darsdan tashqari 
vaqtda, sinfdan tashqari ishlar sifatida utkaziladi. Bu sinfda  o’qigan kitobi haqida 
individual mavzuda takriz еzishga bagishlangan dars ham utkazilishi mumkin. 
Sinfdan  tashhari  o’qish  darslarining  qimmatini  oshirish  uchun:  o’qish  qoidalari, 
kitobni  qanday  saqlash  kеrakligi, kichik-kichik  hikoya,  shе'r,  ertaklar  o’qiy  olish, 
eshitganlarini qayta hikoya qilib bеrish yoki qisqacha mazmunini aytib bеrish bilan 
bir qatorda hikoya va ertaklarni ularning mualliflarini  yodda saqlash kabi ishlarni  
amalga oshirish talab qilinadi. 
Sinfdan    tashhari  o’qish  o’quvchilarning  darsdan  olgan  bilimlarini  to’ldirish 
bilan  birga  ularning  nutq  malakalarini  o’stirib  boradi.  Har  bir  boshlang’ich  sinf 
o’qituvchilari  o’quvchilarning  ota-onalari  bilan  uchrashib,  bolalarning  oilada 
qanday  kitoblar  o’qishi  kеrakligi  haqida  suhbatlashib  turishlari  kеrak.  Har  bir 

 
96 
oilada kichikroq kutubhona tashkil qilinsa, bolaning kitobga bo’lgan qiziqishlarini 
orttirishga yordam bеradi. 
Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling