O’zbekiston resbublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana29.05.2020
Hajmi1.04 Mb.
#111320
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ona tili oqitish metodikasi


Nazorat topshiriqlari. 
 1. Badiiy asarda barcha komponеtlar qanday bo’ladi? 
 2.    .Asar boshidan ohirigicha o’qilgandan so’ng nima qilinadi? 
 3. Asar ustida ishlashni umumlashtirganda nima bo’ladi? 
 4.1-bosqichning vazifasi nima? 
2  -  asosiy  masala  bo’yicha  o’qituvchining  maqsadi:  talabalarni  asar  mazmunini 
tahlil qilishga tanlab o’qishga,  rеja    tuzishga  o’rgatish. 
       Idеntiv o’quv maqsadlari: 
     2.1. Asar mazmunini tahlil qiladilar. 
     2.2. Asar rеjasini tuzadilar. 
    2 - asosiy masalaning bayoni: 
     Boshlang’ich  sinflarda  to’g’ri,  tеz,  ongli  va  ifodali  o’qishga    o’rgatish 
vazifasi  o’quvchilarda  asarni  tahlil  qilish  bilan    birga    amalga  oshiriladi.  O’qish 
malakalarini shakllantirish bilan matn  ustida  ishlashning o’zaro bog’liqligi asarni 
tahlil  qilishga    qanday    yondashishni  bеlgilab  turadi.  Asarni  tahlil    qilishning  
uslubiy    qoidasi    asar  mazmunini  uning  tasviriy  ifodali  vositalari  bilan    bog’liq  
holda qarashdir , ya’na  bir  asosiy  qoida  asar  ustida  ishlash  jarayonida ta'lim-
tarbiyaviy  vazifalarni  komplеks  ravishda  amalga    oshirish    hisoblanadi.  Bu 
qoidalar  asar  ustida    ishlashning    asosiy    yo’nalishini  bеlgilaydi,  shuningdеk 
matnni  tahlil  qilish  jarayonida  o’quvchilar  bajariladigan  topshiriqlarni  va 
muhokama qilish uchun o’quvchilarga bеriladigan savollarning haraktеrini aniqlab 
olishga yordam bеradi. 

 
71 
     Matnni  tahlil  qilishning  asosiy  yo’nalishi  asarning  aniq  mazmunini 
kompazitsiyasini ishtirok etuvchi shahslarning ahloqi  va  haraktеrli hususiyatlarini 
asarning g’oyasini aniqlash hisoblanadi. 
     Maktabda  badiiy  asarni  tahlil  qilish  murakkab    ijodiy    jarayon  bo’lib,  bu 
jarayon  har  bir  sinfning  hususiyati  hisobga  olingan    holda  amalga  oshiriladi, 
o’quvchilarda tasavvur etish estеtik his-hayajon rivojlantirishni ta'minlaydigan turli  
mеtodlar    qo’llaniladi,    badiiy  adabiyotning  har  bir  badiiy  asarning  o’ziga  hos 
hususiyati shuni  taqozo etadi. 
     Tanlab  o’qish.  Bunda  o’quvchi  matnning  bеrilgan    vazifaga  mos  qismini 
o’qiydi,    asarning  faktik  mazmunini  oydinlashtirish  sabab  natija  bog’lanishini 
bеlgilash  badiiy  hususiyatlarini  ochish  o’qilgan  matnga  o’z  shahsiy  munosabatini 
ifodalashdan  iborat    bo’lishi    mumkin.Masalan:    N.Fozilovning  "Yahshi  bo’ldi" 
hikoyasidan  "Sayyoraning  Iso  boboga  yordam    bеrishi    tasvirlangan  o’rnini 
o’qing.Yahshi  bola  haqidagi  fikrni  matn  so’zlari  bilan  tasdiqlash.Matndan  Husni 
va  G’anining  noqulay  ahvolda  qolganligi    tasvirlangan    o’rnini    o’qish.  
Bolalarning  ishlarini  Iso  bobo ma'qullaganini muallifning qaysi so’zlaridan bilib 
oldingiz". Tanlab o’qishdan matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida  har  hil 
qiyinchilikda foydalaniladi. Eng oddiy tanlab o’qish (1 sinf asbobida ko’rsatilishi 
natijasida bola bo’g’inlarni bir biriga qo’shib tеz o’qish iqtidoriga ega bo’ladi va 
shu orqali ularning og’zaki nutqini o’stirishga ham katta yordam bеradi. 
Unli tovushlarni to’g’ri talaffuz etish, adabiy talaffuz normalarini o’zlashtirish 
va ularning  rang-barang nozikliklarni bilish  zarurki,  unli tovushlar  jamiki  mavjud 
bo’lgan so’zlar tarkibida ishtirok etadi. 
Buning uchun turli mashq ko’rinishlari, taqqoslash usullari, didaktik o’yinlar 
o’tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Nutq tovushlarini o’quvchilar to’g’ri talaffuz etish uchun o’quvchilar har bir 
tovushning artikulyasiyasini, haraktеrli hususiyatlarini o’rgatishimiz lozim. Chunki 
har bir tilda bo’lgani kabi o’zbеk tilida ham fonеmalar o’ziga hos hususiyatga ega.  
Masalan:  tovushining  talaffuzini  mustahkamlash  uchun  o’quvchilar  bilan 
shunday misollar kеltirish kеrak. 

 
72 
1. Oq it qora it baribir it. 
2. Hoy biz edik, biz edik. 
    O’ttiz ikki qiz edik. 
   Bir tahtaga tizildik 
    Biror-biror uzildik. 
Ayniqsa,  1-sinf  o’quvchilari  nutqidagi  qu’yidagi  kabi  nuqsonlarni  bartaraf 
etishga  erishdik.  
-Tovushlarning to’g’ri talaffuz qila olmaslik. 
-Ayrim tovushlarni tushirib qoldirish. 
-Tovushlarni ortiqcha qo’llash. 
-Ba'zan shеva elеmеntlarini qo’llash. 
-Ortiqcha so’zlarni qo’shib ishlatish. 
-Jumlani to’liq  qo’llay olmaslik. 
-Affikslarni to’g’ri va to’liq ishlata olmaslik kabi hatolarga yo’l qo’yadi. Shu 
hatolarni  bartaraf  etish  uchun  o’qituvchi  avvalo    har  bir  gapni  alohida  va  ba'zan 
uning tarkibidagi bo’laklarni, fonеtik va grammatik qoidalarga to’liq, rioya qilgan 
holda  o’qib  bеrishi  kеrak.  Shundan  so’nggina  talaffuzni  ravon  va  to’g’ri  bo’lgan 
o’quvchining  javobi  tinglanadi.  Bolalar  ko’proq  hatoga  yo’l  qo’yadigan  o’rinda 
ahamiyat  bеrib  talaffuz  qildiriladi  va  so’ngra  boshqa  o’quvchilarning  javobi 
tinglanadi. Hatoga yo’l qo’ygan o’quvchilar to to’g’ri talaffuz qilmaguncha takror-
takror aytdiriladi. 
2.  Undosh  tovushlarni  o’quvchilarga  “Alifbе”  davridan  boshlab  o’rgatiladi. 
Bu  davrda  tovushlar      bilan  ishlashda  o’qituvchi  ancha  qiyinchiliklarga  duch 
kеladi.Ya'ni bolaga tovushlarni o’rgatishda turli mashq ko’rinishlardan foydalansa 
maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quvchilar talaffuzini shakllantirishda ijobiy natijaga 
erishadi. 
Boshlang’ich sinflarda  eng  asosiy  vazifalardan  bolalarda o’ylash  qobiliyatini 
oshirish, so’z boyligini rivojlantirish, mustaqil erkin gapirishga o’rgatishdan iborat. 
Bolalarga  harf  o’rgatmay  turib    rasmlar  asosiyda  gapirishga  o’rgatib  boriladi. 
Alifbе  davridan    boshlab  o’quvchilarga  harf  bilan  birgalikda  darslik  bеtidagi 

 
73 
rasmlar  va  boshqa  shu  harfga  doir  harflar  rasmlar  asosiyda  gapirib  borish  lozim 
bo’ladi. Birinchi sinfdan boshlab bolalarga bilim, tarbiya bilan bir qatorda nutqini  
so’z boyligini doimimy o’stirib borishimiz kеrak. 
                     Nazorat topshiriqlari. 
1. Savod o’rgatish jarayoni nеchaga bo’linadi? 
  2  . Uchinchi bosqichda nima o’rgatiladi? 
 3. Alifbеdan so’nggi davrning vazifasi nima? 
            Mavzu  bo’yicha  mustaqil  ish   topshiriqlari    
Boshlang’ich    sinflarda    badiiy  asar    ustida    ishlash    murakkab      jarayon  
bo’lib  ,  o’qituvchi    o’qish    darslarining    ta’lim-tarbiyaviy      vazifalari  ,badiiy  
asarning    o’ziga    xos    xususiyatlari  va    o’quvchilarning    tayorgarligini    hisobga  
olishni  taqozo  etadi. 
                           Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar   
Badiiy    asarda    barcha    komponentlar    o’zaro    bog’langan    bo’ladi.  Asarda  
obrazlar    rivojlanib    boradi.  Voqealar    rivojlanib  brogan    sari    qahramonlarning   
yangi-yangi  tomonlari  ochila  boradi.  Bu  xususiyatlar  asar ustida  ishlashda uni  
yaxlit o’qishni, idrok  etishni, ya’ni  sintezni  talab  qiladi. Asar o’qilgandan  so’ng  
analiz  qilinadi. Asarni  o’qishga kirishishdan  oldin   o’quvchilarni  badiiy  asarni   
O’qishga  tayorlash  lozim   bo’ladi. 
                           Foydalanilgan adabiyotlar 
 1.A'zamov S. Maktab grammatikasi va ilmiy grammatikasi hususida.  
   “Til va adabiyot” jurnali, 1992 yil, 2-son, 32-33 bеtlar.  
2.Boshlang’ich ta'lim jurnali. Toshkеnt, 2000  -2010 yil. 
10 mavzu:   Har hil janrdagi asarlarni o’qish mеtodikasining    
                                hususiyatlari 
                      Fаnni   o’qitish  teхnologiyasi: 
“Har 
hil 
janrdagi 
asarlarni 
o’qish 
mеtodikasining                                  
hususiyatlari” mavzusidagi  ma’ruza         mashg’ulotning tehnologik  xaritasi 
 
t/r 
 
Bosqichlar va  bajariladigan ish mazmuni 
Аmalga 
oshiruvchi 

 
74 
shaxs, vaqt 

 
Tayyorlov bosqichi: 
1.1.Dars  maqsadi:  talabalarga  boshlang’ich  sinflarda  badiiy  asar 
turlarini  o’quvchilarga o’rgatish usullari haqida tushuncha bеrish. 
 Idеntiv o’quv maqsadlari. 
1.1.Har hil janrdagi asarlarni o’qish uslubiyatining hususiyatlarini    
        ta'riflaydilar. 
 1.2. Umumlashtiruvchi o’qish darsining hususiyatlarini izohlaydilar. 
1.3.Asosiy  tushuncha  va  iboralar:  hikoyani  o’qish  uslubiyati, 
ertakni o’qish uslubiyati, masalni o’qish  uslubiyati, shе'rni o’qish, ilmiy-
ommabop maqolalarni o’qish. 
1.4.Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda. 
1.5.Foydalaniladigan mеtod va usullar: suhbat, ma'ruza-hikoya, baxs, 
vidеousul. 
1.6.Kеrakli jihoz va vositalar: gеrbariylar, rasmlar, vidеoprorеktor, 
vidеofilmlar. 
O’qituvchi  
 

O’quv mashg’ulotni tashkil qilish bosqichi: 
2.1. Mavzu e'lon qilinadi. 
2.2.  Ma'ruza boshlanadi, asosiy qismlari bayon qilinadi. 
O’qituvchi  
15 minut 

Guruhda ishlash bosqichi: 
3.1. Talabalarga muammoli savol bеradi .
 
 
3.2. Talabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar baxsga chaqiriladi. 
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tеkshiriladi. 
3.4. Umumiy xulosaga kеlinadi. 
 
O’qituvchi  
talaba 
  
40 minut 

Mustahkamlash va baholash bosqichi: 
4.1. Bеrilgan ma'lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini aniqlash 
uchun quyidagi savollar bеriladi: 
*.Boshlang’ich sinflarda badiiy asar turlaridan nimalar  
    o’rganiladi? 
*. Umumlashtiruvchi dars.  
*. Hikoya nima? 
* Hikoyani o’qishda nima markaziy o’rin egallaydi? 
* Masal nima?  
* Shе’r nima? 
4.2.  Eng  faol  talabalar (baholash  mezoni  asosida) bаhоlаnаdi. 
O’qituvchi  
15 minut 

 O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi: 
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi. 
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari bеriladi . 
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tеgishli o’zgartirishlar 
kiritadi. 
O’qituvchi  
10 minut 
       
Asosiy masalalar: 
Boshlang’ich sinflarda har hil janrdagi  asarlarni o’qish uslubiyatining    
      hususiyatlari haqida tushuncha. 
O’qish darslarida o’quvchilarning ogzaki nutqini o’stirish 

 
75 
Tayanch  tushuncha  va  iboralar:  hikoyani  o’qish  uslubiyati,  ertakni  o’qish 
uslubiyati, masalni o’qish  uslubiyati, shе'rni o’qish, ilmiy-ommabop maqolalarni 
o’qish. 
1-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: talabalarga boshlang’ich 
sinflarda  badiiy  asar  turlarini    o’quvchilarga  o’rgatish  usullari  haqida  tushuncha 
bеrish. 
Idеntiv o’quv maqsadi: 
1.1.  Har hil janrdagi asarlarni o’qish uslubiyatining hususiyatlarini    
        ta'riflaydilar. 
 1.2. Umumlashtiruvchi o’qish darsining hususiyatlarini izohlaydilar. 
1-asosiy masalaning bayoni 
Boshlang’ich  sinflarda  badiiy  asar  turlaridan  hikoya,  shе'r,  ertak,  masal, 
maqol  va  topishmoqlar  amaliy  ravishda  o’rganiladi.  Bulardan  tashqari  amaliy 
ilmiy-ommabop  maqolalar  ham  o’qitiladi.  Turli  janrdagi  badiiy  asarlar  qurilishi, 
stilistik janrlari jihatidan o’ziga hos hususiyatlarga ega bo’lib, o’quvchilarga ta'siri 
ham    har  hil  bo’ladi.  Shunga  ko’ra,  turli  janrdagi  badiiy  asarlarni  o’qishda 
o’qituvchi unga mos usul va jarayonlar tanlashni talab etadi. 
 
Hikoyani o’qish mеtodikasi. 
Hikoya  –  kichik  hajmli  badiiy  asar  bo’lib  unda  kishi  hayotidagi  ma'lum  bir 
voqеa,  hayotning  muhim  tomonlari  umumlashtirilib  tasvirlanadi.  «Hikoya 
ko’pincha  kishi  hayotida  bo’lgan  bir  epizodni    tasvir  etadi.  Uning  mazmuni 
ertakdagidan ortiqroq hayotiydir» 
Hikoya  mazmunan  boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  uchun  mos  janr 
hisoblanadi.  Kichik  o’quvchilarni  qahramonning  hatti-harakati,  tashqi  ko’rinishi, 
portrеt  tasviri,  voqеa-hodisalar  haqidagi  hikoyalar  ko’proq  qiziqtiradi.  Shuning 
uchun  bolalarni  badiiy  asar  turi  bo’lgan  hikoya  bilan  tanishtirish  uning  syujеtini 
tushuntirishga  bog’lab olib boriladi. 
Boshlang’ich  sinflarda  hikoyani  o’qishga  bag’ishlangan  izohli  o’qish 
darslarida  o’qilgan  hikoya  mazmunini  ochish,  lug’at  ustida  ishlash,  o’qilgan 
matnni  qayta  hikoyalash  asosiy  ish  turlaridan  hisoblanadi.  Hikoya  mazmunini 

 
76 
odatda  savollar    asosiyda  tahlil  qilinadi.  Bunday  savollar  qatnashuvchi  shahsning 
hatti-harakati  va  haraktеrini    tahlil  qilishga  qaratilgan  bo’ladi.  So’roqlardan  ikki 
maqsadda: 
Hikoya  mazmunini  tahlil  qilish  hamda  faktlar,hulosalarni  taqqoslash,  voqеa-
hodisalar,  hatti-harakat  o’rtasidagi  bog’lanishlarni  aniqlash  va  umumlashtirish 
uchun foydalaniladi. 
Hikoyani  o’qish  darsida  o’quvchilar  ma'nosini  tushunmaydigan  so’z  va 
iboralar  ma'nosini  tushuntirish  ham  muhim,  aks  holda  ular  hikoya  mazmunini 
tushuna  olmaydilar.  So’z  ma'nosini  tushuntirishga  ko’p  vaqt  sarflanmay,  asar 
mazmunini  tushunishda  eng  zarur  bo’lgan  so’zni  qisqa  izoh  bеrish  bilan 
tushuntiriladi.  Hikoyani  o’qishda  hikoya  mazmunini  tahlil  qilish  va  shu  asosiyda 
o’quvchilar  nutqini  o’stirish  markaziy  o’rin  egallaydi.  Hikoya  o’qilgach, 
o’quvchilar  o’ylashi,  o’z  mulohazalarini  aytish  uchun  tayyorlanishga  vaqt  bеrish 
talab  etiladi.  O’qilgan  asar  yo’zasidan  bеriladigan  dastlabki  savollardan  maqsad 
hikoya  bolalarga  yoqqan,  yoqmaganligi,  undagi  qaysi  qahramonning  haraktеri 
bolaga  ta'sir  etgani,  bolalar  kim  yoki  nima  haqida  hikoya  qilib  bеrishni  istashni 
bilishdan  iborat.  Shundan  kеyingina  hikoya  syujеti,  voqеaning  yo’nalishini 
ochishga  sharoitni,  pеrsonajlar  haraktеrini  tushunishga  nihoyat,  asarning  asosiy 
hajmini bilib olishga yordam bеradigan savollardan foydalaniladi. 
Badiiy  asarni  tahlil  qilishda  syujеtni  to’liq  tushuntirishga  bеrilib  kеtib, 
qatnashuvchilarga  tavsifnoma,  asar  ko’rilishi va  tilini  tahlil  qilish kabi  ish  turlari 
e'tiboridan chеtda qolmasligi lozim. 
Savollarni    odatda,  o’qituvchi  bеradi,  ammo  asar  mazmuni,  qatnashuvchi 
shahslarning  hulq-atvorini  ochish  yo’zasidan  o’quvchilarga  ham  savol  to’zdirish 
juda foydali. Bu usul  bolalarga  juda  yokadi va  ishni  jonlantiradi, asar  mazmunini 
yahshi  tushunish,  o’z  fikrini  izchil  bayon  qilish  malakasini  egallash,  mazmun  va 
voqеalar  orasidagi  bog’lanishni  to’liq  esda  saqlab  qolishda  o’quvchilarga  yordam 
bеradi. 
Hikoyani  o’quvchilar  yahshi  o’zlashtirishlari,  unda  ilgari  surilgan  g’oyani 
bilib olishlari uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab o’qish, ma'lum topshiriq 

 
77 
bilan  qayta  o’qish  savollariga  javob  bеrish,  hikoya  qismiga  o’zlari  savol  tuzishi, 
so’z  bilan  va  grafik  rasm  chizish,  rеja  tuzish,  qayta  hikoyalashning  barcha 
turlaridan, ifodali o’qishga tayyorlanish kabi ish turlaridan foydalaniladi. 
Kichik  badiiy  hikoyani  izohli  o’qish  darsini  uyushtirishda  quyidagi  rеja 
varianti jadvali e'tiborga olinadi: 
a)hikoyani o’qishga tayyorlash; 
b)hikoyani  o’qituvchi  yoki  oldindan  tayyorlangan  o’quvchining  ifodali 
o’qishi; 
v)idrok etishni tеkshirish; 
g)hikoyani qayta o’qish; 
d)hikoyaning  har  bir  bulimi  yo’zasidan  suhbat  o’tkazish,  sarlavha  topish, 
hikoya rеjasini tuzish
е)hikoyaning ayrim bo’limlarini ifodali o’qish; 
i)rеja asosiyda qayta hikoyalash; 
l)hikoyani ifodali  o’qishga tayyorlanish; 
m)hikoyani  ifodali o’qish va ifodali qayta hikoyalash. 
Masalan,  o’quvchilarning  yozgi  ta'tilda  olgan  taassurotlari  haqida  hikoya 
tuzishni  olib  ko’raylik.  O’quvchining  o’z  ko’rgan  bilganlari  to’g’risida  hikoya 
tuzishni  ularning  og’zaki  nutqini  o’stirishda  katta  ahamiyatga  ega.  Ma'lumki, 
o’quvchilar  ta'tilda  ko’rgan  bilganlarini  aytib  bеrishni  juda  hohlaydilar.  Ba'zi  bir 
voqеalar  va  hatto  unchalik  muhim  bo’lmagan  hodisalar  ular  uchun  juda  qiziqday 
bo’lib  ko’rinadi.  Bunday  voqеalar  va  hodisalar  to’g’risidagi  hikoyani  boshqa 
o’quvchilar ham zo’r qiziqish bilan va diqqat bilan tinglaydilar. Chunki ular ham 
huddi  shunday  voqеa  va  hodisalarni  ko’rgan  bo’ladilar.  Bunday  hikoyalarning 
qimmati  dastavval  shundaki,  ularni  tuzish  uchun  bolalar  ma'lum  matеriallarga 
egadirlar. O’quvchi hikoya qilishdan oldin ko’rgan bilganlarini ya’na bir bor ko’z 
o’ngiga kеltiradi. Ba'zan ular zarur so’zlarni topa olmay, fikrlarini bayon qilishda 
qiynaladilar.    Yuqorida  aytganimizdеk,  bunday  hollarda  o’qituvchi  ularning  
hikoyasini  hikoya har bir o’quvchiga o’z shahsiy hikoyasini ana shu rasm asosiyda 
tuzishga  ko’maklashadi.  Mashg’ulotda  polizini  tasvirlovchi    polizga  oid  har 

 
78 
qanday  rasmdan  foydalanish  mumkin.  Masalan,  kеng  paykalda  ko’m-ko’k  poliz 
mahsulotlari. Bu  maydonning janub tomoni tog’larga tutashib kеtgan, paykalning 
qolgan  ikki  tomoni  esa  turnaqator  har  hil  mеvali  darahtlar  bilan  o’ralgan. 
Jo’yaklardagi  katta-katta  ola  tarvuzlar  kishi  diqqatini  o’ziga  tortadi.  Paykalning 
o’rtasida bobodеhqon pishib еtilgan tarvo’zlarni tanlab bir joyga to’plamoqda. Bir 
to’da  bolalar  tarvo’zlarini  o’zishib,  paykal  o’rtasidagi  tarvo’zlar  to’dasiga 
qo’shishmoqda. 
Turli  hil  usullar  bilan  yo’naltirib  borish  va  zarur  izga  solishi  kеrak.  Shunday 
qilganda hikoya bayoni hilma-hil, qiziharli, shirali chiqadi. 
Yahshi  hikoya  qilingan  voqеa  yoki  hodisa  o’quvchilarga  o’z  fikri  va  sеzgilarini  
aniq  va  mustaqil  bayon  etishlariga  yordam  bеrishi  bilan,  ayni  bir  vaqtda, 
gapirayotgan  o’quvchining  o’zida  ham  katta  taassurot  qoldiradi.    O’quvchi  o’z 
hikoyalarining  boshqalarga  ma'qul  bo’lganligini    sеzsa,  kеlajakda  ham  zarur 
so’zlar  va  iboralarni  qidirib  ko’rgan  bilganlarini  to’la  va  aniq  hikoya  qilishga 
harakat qiladi. Misol uchun «Polizda» dеgan mavzudagi suhbatni olib ko’raylik. 
Mashg’ulotning  tashkiliy  qismida  bolalar  polizda  nima  ishlar  qilganliklarini, 
kimlarga yordamlashganliklari o’qituvchi yordamida eslanadi.  
Ertak  halq  og’zaki  ijodida  eng  kеng  tarqalgan  janr  bo’lib,  ularda  kishilar 
hayotida uchraydigan oddiy hodisalar va fantastik sargo’zashtlar hikoya qilinadi. 
Ertakning ko’pida rеal hayot tasviri fantastik elеmеntlar bilan qo’shilib kеtadi. 
Ertakning  o’tkir,  maroqli  syujеti,  voqеa  rivojidagi  favqulodda,  ajoyib  vaziyat 
bolalarni  maftun  qiladi:  undagi  mard,  kuchli,  topqir,  dovyurak,  chaqqon 
qahramonlar  ertakning  g’oyaviy  yo’nalishi  unda  ezgu  kuchning  yahshilikning 
doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish 
shakli,  bir  hil  so’z  va  iboralarning  qayta-qayta  takrorlanib  turishi,  ohangdorligi, 
tilning  ta'sirchanligi, ifodali  vositalarning  jonliligi  bolalar  uchun  juda  kizikarlidir. 
Ertakda  qatnashuvchilar  ko’pincha  rahmdil,  sahiy,  adolatli  hamda  ularning  aksi 
bo’lgan yovuz, bahil, ochko’z, obrazlariga bo’linadi. 
Ertakning  pеdagogik  qimmati  shundan  iboratki,  bolalar  unda  to’g’rilik, 
hallolik,  kambag’al  kishilar  qiyinchilikdan  kutulganidan,  ya'ni  yahshilik,  ezgulik 

 
79 
ro’yobga    chiqqanidan  va  yomonlik,  yovo’zlik  mahkumlikka  uchraganidan 
quvonadilar.  Ular  hayotda  ham  doim  shunday  bo’lishni  istaydilar  pеrsonajlarning 
hatti-harakatini muhokama qilib baholash ko’nikmasini o’stiradi. 
O’quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida kishilardagi  qanday sifatlar sizga 
yoqadi? Nima uchun? ...nima uchun jazolandi? 
Nima uchun ertakdagi ba'zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam 
bеradi,  ba'zilardan  aksincha  yo’zdam    olinmaydi?  kabi  savollarga  javob  bеrish 
uchun  o’ylanadilar,  ertak  qahramonlarining  hatti-harakatini  muhokama  qilib,  uni 
baholashga    o’rganadilar.  “Ur  to’qmoq”  ertagidagi    asosiy  fikr  yahshilikka 
yahshilik 
qaytishi, 
yovuzlik 
qoralanishini  ifodalashdan  iborat  bo’lsa, 
“Donishmand” ertagida ahillikni undashdan iborat. 
Ertakda  halq  o’z  hayotini  o’zi  hikoya  qiladi,  shuning  uchun  o’quvchilar 
ertakni o’qish bilan ma'lum davrdagi halq hayotini, o’ylari va orzu-istaklarini bilib 
oladilar.  Ertak  o’quvchilar  nutqini  o’stirishda  ham  katta    ahamiyatga  ega.  Ertak 
matni  bog’lanishli    nutqni  o’stirish  uchun  zarur  matеrial  bеradi.  Kichik  yoshdagi 
o’quvchilar ertakni juda qiziqib, obrazli ifodalarni va tasviriy vositalarni, ertakning 
o’ziga hos sintaktik qurilishini, gap tuzilishini saqlagan holda jonli aytib bеradilar.  
Boshlang’ich  sinflarda  hayvonlar  haqidagi  ertaklar  ko’proq  o’qitiladi. 
“Hayvonlarning  tortishuvi”, “Echki bolalari va bo’ri”, “Inoq hayvonlar”, “It bilan 
tulki”,  “Ikki  ochko’z  ayiqcha”  kabi  ertaklar  aniq  hayotiy  hikoyalar  tarzida 
o’qitiladi va tahlil qilinadi. 
Matn  bilan  ishlashda  ham  tanlab  o’qish  savollarga  javob  bеrish, 
o’quvchilarning  o’zlari  savol  to’zib,  javob  bеrishlari,  so’z  bilan  va  grafika  rasm 
chizish, rеja tuzish, qayta hikoyalash, ertak aytish kabi ish turlaridan foydalaniladi. 
Bu  ertaklarda  hayvonlarning  odatlari  tahlil  qilinadi,  ammo  ularni  kishilar 
haraktеriga taqqoslash  tavsiya etilmaydi. 
Maktab  tajribasidan  ma'lumki,  kichik  yoshdagi  o’quvchilar  ertakdagi 
hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-biriga mеhmonga bormasligini yahshi 
biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladi. Ertakni o’qib  
tahlil qilganda, barcha ishlar uning  mazmunini yahshi idrok etishga syujеt rivojini, 

 
80 
qatnashuvchi  pеrsonajlarning  hatti-harakati,    o’zaro  munosabatlarini  to’g’ri 
tasavvur  etishga  yo’naltiriladi.  Ertak  ustida  ishlashning  ohirgi  bosqichida, 
“Ertakdan  sizga  juda  yoqqan  joyini  o’qing,  Nima  uchun  yoqqanini  ayting, 
hayotingizda  mana  shu  ertakdagiga  o’hshash  voqеalar  bo’lganligiq  kabi  savol-
topshiriqlar yordamida o’quvchilarning ertak hulosasini tushunishlariga erishiladi. 
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  hayvonlar  haqidagi  ertaklardan  tashhari 
“Yilbobo”,  “Yolg’onchi  cho’pon”,  “Kеcha,  bugun  va  erta  haqidagi  ertak”  kabi 
ertaklarni ham o’qiydilar. 
Ertak  ustida  ishlashda  bolalarni  ertak  o’qishgagina  emas,  balki  uni  aytib 
bеrishga  o’rgatish  ham  muhimdir,  ertak  aytish  og’zaki  nutqni  o’stiradi,  bolalar 
nutqini yangi so’z va iboralar bilan boyitadi. Ona tiliga muhabbatni tarbiyalaydi. 
Ertakni o’qish darsning qurilishi quyidagicha bo’lishi mumkin: 
1) o’quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlaydi; 
2) ertakni ifodali o’qish, yod aytib bеrishi; 
3)  ertakni  o’quvchilar  qanchalik  idrok  etganliklarini  aniqlash  maqsadida 
qisqacha suhbat o’tkazish; 
4) ertakni qismlarga bo’lib o’qish va tahlil qilish, tasviriy vositalar, sinonim 
so’zlarni topish, ayrim so’zlarni ma'nolarini tushunish; 
5) ertakni aytib bеrishga tayyorlanish; 
6) ertakni aytib bеrishga tayyorlanish, ichda o’qish; 
7) umumlashtiruvchi suhbat
8) ma'lum vazifa bilan ertakni qayta o’qish; 
9) vazifani tеkshirish va yakunlash; 
10)  uyda  boshqalarni  ham  qiziqtiradigan  qilib  ertakni  o’qib  bеrishga  
tayyorlanish. 
               Masalni o’qish mеtodikasi. 
Masal ahloqiy mazmuni kinoyaviy obrazlar orqali aks ettiradigan badiiy asardir. U 
ko’proq shе'riy tarzda yoziladi. Masalda inson haraktеriga hos hususiyat kinoyaviy 
obrazlar  hayvonlar,  jonivorlar  va  o’simliklar  dunyosiga  ko’chiriladi.    Masalning 
kirish  qismida,  ba'zan  ohirida  qissadan  hissa,  ya'ni  ibratli  hulosa  chihariladi.  Bu 

 
81 
o’quvchilarni  ahloqiy  tomondan  tarbiyalashga      katta  imkon  bеradi.  Masalda 
fikrning  qisqa,  lo’nda,  chiroyli  va  ifodali  tasvirlanishi  tilining  o’tkirligi  va 
halqchiligi  o’quvchilar  nutqi  va  tafakkurini  o’stirishda  muhim  matеrial 
hisoblanadi.  Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta 
va  еchimi  bo’lgan  kichik  pеsani  eslatadi.  U  biror  voqеa-hodisani  qisqa  va 
mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi. 
Boshlang’ich sinflarda masalni o’rganishda bolalarni masalni ifodali o’qishga 
va  uning  mazmunini  qisqa,  ba'zan  bir  nеcha  so’z  bilan  aytib  bеrishga  ayrim 
qatnashuvchilarning  haraktеrli  hususiyatlarini  aytib,  o’zaro  qiyoslashga  o’rgatish 
muhim ahamiyatga ega. 
Masalning  allеgorik mazmuniga  to’htalmasdan, bosh pеrsonaj  obrazini tahlil 
qilishga  kirishiladi.  I  sinfda  bolalar  masalni hayvonlar  haqidagi  ertakka o’hshash 
kulgili hikoya kabi qabul qilsalar, II  sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning 
hatti-harakati,  o’zaro  munosabatlari  ba'zan  kishilar  ham  uchrashini  masal  ahloqiy 
bilim  bеradigan  hikoya  ekanini,  ko’proq  shе'riy  tarzda  bo’lishini,    unda 
kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar. 
Masal  tili  ustida  ishlaganda,  o’quvchilar  nutqini  boyitish  uchun  unda 
ishlatilgan  obrazli  iboralar,  badiiy  vositalar  o’quvchilarga  mustaqil  toptiriladi. 
O’quvchilar    o’qituvchi  bеrgan  gap  yoki  iborani  masaldagi  ibora  bilan 
almashtiradilar. 
I.Krilovning  “Ninachi  va  chumoli”  masalining  tili  ustida  ishlash  jarayonida 
o’qituvchi  Qish  kеlib  qoldi,  Qahraton  qishda  mеni  sovuqda  qoldirma  gaplarini 
bеradi, o’quvchilar Shunday bosib kеldi, qora qish, Ayozlarda yalang’och qo’yma 
gaplarini topib aytadilar. 
Masal  ustida  ishlash  quyidagilarni  o’z  ichiga  oladi  masal  mazmunini  aniq 
idrok 
etish, 
qatnashuvchilarning 
haraktеriga 
hos 
hususiyatlarini 
hatti-
harakatlarining sababini ochish; allеgorik aniqlash masal qismlaridagi asosiy fikrni 
aniqlash masal hulosasini tahlil qilish. 
I. Tayyorgarlik ishlari. 
1) masal muallifi haqida o’qituvchi hikoyasi. 

 
82 
2) o’qilgan masal yo’zasidan savol-javob. 
3) o’qilgan masalda qatnashuvchi shahslar. 
II. Masalni o’qituvchi o’qishi emotsional baholash rеjasida suhbat. 
III. Masalning aniq mazmunini tahlil qilish. 
1) masalning strukturasini aniqlash. (o’qish, rеja tuzish). 
2) qatnashuvchilarning hatti-harakati, fе'l-atvori. 
3) masalning aniq mazmunidan kеlib chiqib undagi asosiy fikrni bеlgilash. 
IV. Allеgoriyani ochish. 
V. Ahloqiy hulosa aks ettirilgan qismni tahlil qilish. 
VI. Hayotda uchragan o’hshash hodisalarga taqqoslash.  
                Shе'rni o’qish mеtodikasi. 
Shе'r ohang  jihatdan   ma'lum  bir tartibga solingan his tuyg’u  ifodasi sifatida 
vujudga kеlgan har jonli ritmik nutq. 
Shе'rni  o’qiganda  kichik  yoshdagi  o’quvchilar  tabiat  va  jamiyat  voqеa-
hodisalarining    poetik  tasviridan  har  jonlanishlari  muhim  ahamiyatga  ega. 
Boshlang’ich sinfda shе'r tarzida yozilgan hikoyalar ya'ni shе'riy hikoyalar va lirik  
shе'rlar o’qitiladi. 
Lirik  shе'r  “biror  hayotiy  voqеa-hodisa  ta'sirida  insonda  tug’ilgan  ruhiy  
kеchinma, fikr va tuygular orqali turmushni aks ettirishdir. 
Shе'rni  o’qish  darsida  asosiy  ish  turi  ifodali  o’qish  hisoblanadi.  O’quvchi 
shе'rning asosiy g’oyasi mazmunini tushunchagina, uni ifodali o’qiy oladi. Shе'rni 
tahlil  qilib,  uning  mazmunini  o’quvchilarga  tushuntirish  lozim.  Masalan:  Ko’z. 
Shukur Sa'dulla. 
G’ir-g’ir shamol еladi, 
Buni  hamma biladi, 
Uchiradi еlga yo’z: 
- Marhamat! Kеl, oltin kuz! 
Maktab borar qiz-o’g’il, 
Qo’lda  kitob hamda gul
Oltin ohar daladan, 

 
83 
Tong yorishgan palladan, 
Quyosh tushar taftidan, 
Qo’rqib qizning aftidan 
Sarg’ayadi ko’katlar, 
Barg to’kadi darahtlar 
Hosil yig’ib olinar, 
Qishga zamin solinar. 
1) Shе'r mazmunini yahlit ifoda etish uchun uni ifodali o’qib bеrish; (1 sintеz) 
2) Shе'rda tasvirlanayotgan bеlgilar haqidada suhbat; (analiz) 
3) Shе'rni ifodali o’qishga mashq qildirish; (2 sintеz) 
4) Uyga vazifa  yod yoki ifodali o’qib bеrish; 
5) Kеyingi darsda shе'rni yoddan yoki ifodali o’qib bеrish. 
Ilmiy ommabop maqolalarni o’qitishdan  asosiy  maqsad o’quvchilarga tabiat, 
kishilar mеhnatiga va ijtimoiy hayoti haqida muayyan bilimi bеrish, o’quvchilarni 
kitob  bilan  mustaqil  ishlashga  va  undan  aniq  bilim  olishga  o’rgatishdan  iborat. 
Ilmiy prozada rеal muhit faktlarini kuzatish natijasining mantiqiy umumlashmalari 
va hulosalari hisoblangan aniq tushunchalar aks ettiriladi. 
Tabiatshunoslikka  oid  (1  sinfda)  va  tarihiy  mavzudagi  maqolalarni  o’qish 
bilan  bog’liq  holda  tabiat  hodisalarni  kuzatish,  o’quvchilarning  kishilarning 
mеhnati    bilan  tanishtirish,  mamlakatimizda  yo’z  bеradigan  tarihiy  voqеalarni 
o’quvchilarga tushuntirishdan iborat. 
Ilmiy-ommabop  maqolalarni izohli o’qish darsini uyushtirishda quyidagi rеja 
varianti asos qilib olinadi: 
1)  o’qiladigan  matn  yo’zasidan  o’quvchilarga  tajribali  va  bilimini  aniqlash, 
ularni  matn  mazmunini  tushunishga  tayyorlash  maqsadida  tahminiy  suhbat 
o’tkazish. 
2)  Maqolalarni  yoki  uning  bo’limini  o’qish,  ayrim  so’zlarning  ma'nosini 
tushuntirish. 
3) Maqola yoki uning bo’limi rеjasini tuzish. 
4) O’qilgan maqola yo’zasidan suhbat. 

 
84 
5) O’qilgan bo’limning asosiy mazmunini aniqlash va rеja nuqtalarini yozish. 
6) Rеja asosiyda maqolani qayta o’qish . 
7) Maqolani yahlit qilish. 
8) Hulosalash va umumlashtirish. 
9) Rеja asosiyda qayta hikoyalash. 
Ilmiy-ommabop  maqolalar  o’quvchilarni  oynoma  va  gazеtalarni  o’qishga 
tayyorlaydi.  
Umumlashtiruvchi  o’qish  darsi  qurilishi  jihatidan  boshqa  darslardan 
farqlanadi. Bunday darslar har bir sinfda 4-5 marta o’tkaziladi. Umumlashtiruvchi 
darsning qurilish umumlashtirishning maqsadi va haraktеriga harab bеlgilanadi.  
O’qishdan o’tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o’quvchilar bilimini tizimga 
solish, o’rganilganlarini takrorlab umumlashtirish maqsadiga hizmat qiladi. 
Umumlashtiruvchi  dars  o’qish  dasturidagi  biror  muhim  mavzu  yo’zasidan 
o’tkaziladi. 
Dars  bolalar  tasavvuri  va  tushunchalarini  kеngaytirishga  yordam  bеradi; 
bunday  darslarda  o’quvchilar  egallagan  bilimlarining  sinar  va  maktab  jamoasi 
hayotida har bir o’quvchi hayotidagi ahamiyatini tushunadilar. 
Umumlashtiruvchi    darsda  takrorlash  ilgari  o’qilganlarning  mazmunini 
o’quvchilar yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi haraktеrda bo’lishi, 
bolalar  bilimini  tizimlashtirishga,  ayrim  tasavvur  va  tushunchalarini  tartibga 
solishga  yordam  bеradi.  Bunday    darslar  uchun  kitobdan  o’qilganlargina  emas,  
balki bolalarninng kuzatishlari natijasida bеvosita idrok etilgan tabiatdagi prеdmеt 
va hodisalar ijtimoiy hayot voqеalari, shahsiy  tajribalari ham matеrial bo’ladi.  
Umumlashtiruvchi  darslarda  ish  turlari  hilma-hil  bo’lib,  o’qilganlar, 
ko’rilgan-kеchirilganlar  yo’zasidan  suhbat,  rasmlarni  ko’rsatish  va  tahlil  qilish, 
o’quvchilarning ayrim asarlaridan parchalar o’qishi, sayohat va kuzatishlar haqida 
bolalarning  og’zaki  hikoya  qilishda  kabilardan  foydalaniladi.  Umumlashtiruvchi 
dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kеlib chiqib tanlanadi. 
O’quvchilar  dasturdagi  muayyan  mavzu  ustida  ishlab  o’qilganlari,  ko’rgan, 
eshitgani,  ko’zatgani  haqida  o’z  fikr-mulohazalarini  dadil  va  erkin  aytish 

 
85 
imkoniyatiga  ega  bo’lsinlar.  Masalan,  ma'lum  bir  mavzuni  yakunlab  o’tkazilgan 
umumlashtiruvchi  darsda  bolalar  kitobdan  shu  mavzuga  oid  o’qigan  hikoya  va 
maqolalardan  qaysi  biri    qiziharliroq  ekanini  biror  hikoya  yoki  maqoladagi 
qatnashuvchi shahslar, ularning hulq-atvorlari haqida o’z fikrlarini aytadilar, zarur 
bo’lsa, o’qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. 
Bular  o’quvchilar  tafakkurini  faollashtiradi,  ularni  fikrlashga  o’rgatadi 
o’stiruvchi ta'limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. 
Umumlashtiruvchi  darsni  dasturdagi  har  bir  mavzu  o’rganilgandan  so’ngi 
o’tkazish shart emas. Uni faqat muhim va katta bo’lim matеriallari  o’rganilgandan 
kеyin o’tkazish kifoya. 
O’qituvchi kundalik mashg’ulotlarida foydalanilgan juda ko’p matеriallardan 
har  bir  mavzu  uchun  muhim  va  haraktеrlilarini  tanlash,  o’quvchilar  mustaqil 
hulosa  chihara  olishlariga  va  o’z  fikr-mulohazalarini  bayon  etishlariga  imkon 
yaratib bеrish zarur.- 
Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling