O’zbekiston resp
Bob. Fuqaro muhofazasi fanining predmeti, maqsadi va vazifasi
Download 442.04 Kb.
|
Bekzod ilk ishi (1)
1. Bob. Fuqaro muhofazasi fanining predmeti, maqsadi va vazifasi
Yuqorida qisqa keltirilgan tahliliy materiallardan ko’rinib turibdiki, barcha bo’layotgan vaziyatlarda, ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining funksional va hududiy quyi tizimlari, korxona va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi bo’yicha mutaxassisliklari uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyatlarning oldini olish, bartaraf etishda tezkor harakat qilish, profilaktik choratadbirlarni ishlab chiqish, aholini, ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilishga o’rgatishda hayot faoliyati xavfsizligi fani muhim ahamiyat kasb etadi. Buning muhimligini nazarga olgan holda 1996 yil 4 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi va barcha vaziyatda fuqaro muhofazasi vazifalari shu vazirlikka yuklatildi. (№1378 PF) . Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlari kabi Respublikamiz hukumati XXI asr bo’sag’asida aholining xavfsizligini ta‘minlash borasida shu kunning dolzarb qonun va qarorlarini qabul qilib, ularni ijro etish bo’yicha qator tadbirlar o’tkazmoqda. O’zbekiston Respublikasining ‘Ta‘lim to’g’risida’ gi (1997 yil 27 avgust), ‘Aholini va hududlarni tabiiy, hamda texnogen xususiyatni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida’ gi (1999 yil 20 avgust) va ‘Fuqarolar muhofazasi to’g’risida’ gi (2000 yil 26 may) qonunlarini hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 9 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muho- faza qilishga tayyorlash to’g’risida’ gi 427-sonli qarorini, O’zbekiston Respublikasi ‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’ ni (1997 yil 27 avgust) amalga oshirishni ta‘minlashda umumiy o’rta maktablarida ‘Hayot xavfsizligi asoslari’, o’rta maxsus kasb hunar ta‘limi tizimida ‘Fuqaro muhofazasi asoslari va hayot xavfsizligi’, oliy o’quv yurtlarida ‘Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar’ yoki (2003 yildan) ‘Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi’ fanlarini o’qitishni tashkil qilish ta‘lim ning uzluksizligini ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqaro muhofazasi to’g’risida’gi qonunning 16 va 18-modda larida umum ta‘lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlarida, ishlab chiqarish va turar joylarda aholini favqulod- da vaziyatlarda harakat qilishga o’rgatish va fuqaro muhofazasi sohasi bo’yicha o’qitish umumiy va majburiydir, deb ta‘kidlangan. O’zbekiston Respublikasining ‘Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish’, ‘Fuqa- ro muhofazasi’ to’g’risidagi qonunlari va Favqulodda vaziyatlar vazirli- gining 2008 yil 3 sentyabrdagi 140-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Aholini favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid yo’riqnoma’ ijrosini ta‘minlash maqsadida oliy ta‘lim talabalariga ‘Hayot faoliyati xavfsizligi’ fani alohida ilmiy metodologiyaga asos- lanib o’qitilishi, shu buyruq asosida hayot faoliyati xavfsizligi fani quyidagi ko’rsatilgan to’rt bo’limdan iborat: hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari; - fuqaro muhofazasi; - yong’in xavfsizligi; birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Shu bilan birga barcha bakalavrlar malakaviy bitiruv ishi va magis- trlik dissertatesiyalarida alohida bo’lim bajarilishi ko’rsatildi va masla- hat ishi uchun 2 soat (har bir talabaga) hamda ular ‘Fuqaro muhofazasi’ fanidan mashg’ulotlar olib borgan o’qituvchi bevosita ishtirokida amalga oshirilishi ta‘kidlab o’tildi. Fuqaro muhofazasi fanini o’qitishdan maqsad – inson hayot faoliyati xavfsizligini tashkil etuvchi hayot faoliyati xavfsizligi nazariy asoslaridan kelib chiqib, turli vaziyatlarda fuqaro muhofazasi, tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulotdda vaziyatlardan, ayniqsa yong’in- dan saqlanish, mehnat muhofazasiga amal etish va turli jarohatlar olin- ganda dastlabki tibbiy yordam ko’rsatish, umuman inson hayotini izdan chiqaruvchi barcha xavflardan himoyalanish uchun zarur bo’lgan himoya vositalarini tanlash va qo’llash qoidalarining mohiyatini biladi- gan malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. Fanning vazifasi – davlat standartlari asosida fanni o’rganish jarayonida talabalarga yuqori saviyada bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga fan inson faoliyatining ishlab chiqarishdagi faoli- yati bilan chegaralanmasdan, uning yashash muhiti, turli xildagi tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan saqlanish, tabiat va odamzot uyg’unligini yaxshi tushunish, tabiatga mulohaza bilan, uning muvozanat zanjirini uzilib ketishidan ehtiyot qilgan holda yondoshish masalalarini inson ongiga singdirish vazifasini bajaradi. Fuqaro muhofazasi’ o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, fuqaro muhofazasining nazariy asoslarini, ya‘ni fanning mohiyati, asosiy tushunchalari, tarkibiy qismi, huquqiy asoslarini; fuqaro muhofazasi bo’yicha O’zbekistonda tashkil etilgan ishlar, hozirgi zamon urushi xususiyatlari, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar va undagi fuqaro muhofazasi; fuqaro muhofazasida qo’llaniladigan nazorat va shaxsiy asboblar va himoya vositalarini qo’llash, tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan biri bo’lgan yong’in xavfsizligi hamda yuqori da keltirilgan vaziyatlarda jarohatlanganlarga dastlabki tibbiy yordam berish; sog’lom va qulay mehnat sharoitlarini yaratish usullari, iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar tuzishda, sohaga doir ishlarni tashkil etishda fuqaro muhofazasi talablarini hisobga olish, inson hayot faoliyati davrida turli salbiy omillardan himoyalanish usul va fuqaro muhofazasi tahliliga oid ko’rsatkich (tavsif) va miqdoriy kattalik (qiymat) larni o’lchay olish hamda ularni iqtisodiy va xavfsizlik nuqtai nazaridan baholash; o’z kasbiy faoliyatini; fuqaro muhofazasi bo’yicha sifat va miqdoriy jihatdan baholash, qulay va sog’lom mehnat sharoitlarini yaratish bo’yicha turli tadbirlarni ishlab chiqish hamda amaliyotda qo’llash; dan bilim, ta‘lim va tarbiya berishning samarali usullarini amaliyotga joriy etish bo’yicha fuqaro muhofazasi ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak; talaba mustaqil ravishda mehnat faoliyatida, favqulodda vaziyat- larda, ayniqsa yong’in vaqtida fuqaro hayot faoliyati xavfsizligini ta‘min lash, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish malakalariga ega bo’lishi kerak. Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi’ fanini o’qitishdan maqsad talabalarga aholini, hududlarni, xalq xo’jaligi ob‘ektlarni turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berishdan iboratdir. Shu bilan birga, talabalarni turli xil vaziyatlarni umumiy tavsilotlari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, talafotlarni kamaytirish va ularni oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha fuqaro muhofazasini tadbirlari bilan tanishtirish; oliy o’quv yurtlarining xalq xo’jaligi inshooti sifatida ularni komanda-boshqaruv tarkibi va harbiylashmagan tuzilmalari faoliyatining mohiyatini, moslangan o’quvmoddiy bazasini, oliy o’quv yurtida beriladigan mutaxassisligiga mos fuqaro muhofazasi tuzilmalarini xizmatini qo’llab hal etadigan fuqaro muhofazasi masalalarini o’z ichiga oluvchi tadbirlar ning yagona tizimini o’rgatish; talabalarda O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligini ta‘minlashda fuqaro muhofazasi masalalarini, tadbirlarini muhimligini hamda vaziyatlarda jarohatlanganlarga va o’ziga-o’zi yordam ko’rsatish bo’yicha mas‘uliyat va burch hissiyotini tarbiyalash; talabalarga vaziyatlar xavfi bo’lganda va ro’y berganda ularning harakatlarida axloqiy-ruhiy barqarorlik sifatlarini singdirish; talabalarga vaziyatlarda birga harakat qilish, aholini muhofaza qilish, vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmas ishlarni tashkil qilish va o’tkazish asoslarini, xalq xo’jalik bino- inshootlarini (korxonalarini) barqaror ishlashini kuchaytirish uskunalarini o’rgatish hisoblanadi.: Download 442.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling