O’zbekiston resp
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga oid huquqlar
Download 442.04 Kb.
|
Bekzod ilk ishi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ‘Toshqin, sel oqimlarini oqizib yuborish va ko’chki hodisalari bilan bog’liq bo’lgan halokatli oqibatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida’
- O’zbekiston Respublikasida odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida’
1.2 Favqulodda vaziyatlar vazirligiga oid huquqlar
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga quyidagi huquqlar berilgan: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, mulk- chilik shakllaridan qat‘iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar bajarishi majburiy bo’lgan fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar, avariyalar va halokatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirib borish uchun zarur bo’lgan qarorlarni belgilan gan tartibda, o’z vakolati doirasida qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish; vazirliklar, idoralar, uyushmalar, Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklardan, mulkchilik shakllaridan qat‘iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan Vazirlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo’lgan axborot va ma‘lumotlarni belgi- langan tartibda talab qilish va olish; vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va ob‘ektlarni o’z vakolatiga taalluqli masalalar bo’yicha tekshirishlarni belgilangan tartib da o’tkazish; mamlakatimiz va chet el mutaxassislarini hududlarni, xavf-xatar mavjud bo’lgan ob‘ektlar va ishlab chiqarishlarni davlat ekspertizasidan o’tkazishga jalb etish; avariya-qutqaruv texnikasini yaratish, avariya va halokatlardan zarar ko’rgan aholini va hududlarni sog’lomlashtirish va tiklashga doir ishlarni amalga oshirish yuzasidan ish bajaruvchilar (firmalar), shu jumladan xorijlik ish bajaruvchilar (firmalar) bilan belgilangan tartibda kontrakt (shartnoma) lar tuzish; Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar bilan kelishilgan holda boshqa sohalardagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini amalga oshirish uchun doimiy tayyorgarlikning zarur hududiy kuchlari va vositalarini jalb etish to’g’risida qarorlar qabul qilish. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimini mablag’ bilan ta‘minlash harajatlarini O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag’lari hiso- bidan amalga oshiriladi. Ushbu qaror bilan fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar bo’yicha rahbar xodimlar tayyorlash respublika markazi O’zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutiga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 1997 yil 23 dekabrdagi 558-sonli ‘O’zbekiston Republikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to’g’risida’ gi qarori qabul qilindi. FVDT boshqaruv organlari, Respublika va mahalliy hokimiyat organlarini, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan korxonalar va muassasalar- ning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amal ga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta‘minlashga mo’ljallangan. Qarorda FVDTning vazifalari, tarkibiy tuzilmasi, FVDT rahbar va kundalik boshqaruv organlari, kuch va vositalari, moliyaviy va moddiy resurslar zahiralari, xabar berish, aloqa, boshqaruv tizimlari, faoliyat rejimlari keng, aniq va ravshan yoritib berilgan. FVDT boshqaruv organlarining Respublika, mahalliy va ob‘ektlar darajasidagi vazifalari belgilangan. Qarorga FVDT funksional quyi tizimini tashkil etuvchi vazirlik va idoralar ro’yxati ilova qilingan bo’lib, ulardan har birining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalari keltirilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi 455-sonli ‘Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tavsifi to’g’risida’ gi qarori qabul qilindi. Qarorda O’zbekiston Respublikasi hududida sodir bo’lishi mum- kin bo’lgan barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish harakteri va ko’lamiga ko’ra tasniflab berilgan. Favqulodda vaziyatlar haraketriga ko’ra uch turga – tabiiy, texno- gen va ekologik favqulodda vaziyatlar, ko’lamiga ko’ra to’rtga – lokal, mahalliy, Respublika va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarga bo’li nadi. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimida kadrlar tayyor- garligi masalasi muhim o’rin tutadi. Aholi va rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash masalalari ‘O’zbekiston Ruspublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga, tayyorlash tartibi to’g’risida’ gi 427-sonli qarorida bayon qilib berilgan. O’qitish ma‘yorlari Bosh vazirning yillik tashkiliy ko’rsatmalarida aniqlab beriladi. Qarorda begilanishicha, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash mulkchilik shak- lidan qat‘iy nazar korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda, shu ningdek yashash joyida ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlari bo’yicha o’tkazilishi lozim. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo’yicha tayyorgarlikdan o’tgan fuqarolarimiz muhofazalanishining qoidalari va asosiy usullarini birinchi tibbiiy yordam ko’rsatish usullarini, jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari zarur.Rahbar xodimlar esa favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish bo’yicha harakat qilishga tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlik- dan o’tishlari lo zim.Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash sohasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir nechta vazirliklar – Xalq ta‘limi va zirligi, Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda faoliyat ko’rsatishi lozim. Favqulodda vaziyat- lardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlar aholi o’rtasida keng tashviqot qilinishi lozim. O’quv dasturlari ishlab chiqilishi, o’quv qo’llanamalari, darsliklar tayyorlanishi talab etiladi. Tayyorgarlik ishlarini olib borishni samarali tashkil etish maqsadi- da har bir o’quv yiliga Bosh vazirning tashkiliy ko’rsatmalari qabul qili- nadi. Jumladan, ‘Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlash yuzasidan har o’quv yiliga mo’ljallangan tashkiliy ko’rsatmalar’da shunday belgilangan: aholini, rahbarlar tarkibini, har- biylashmagan tuzilmalarni O’zbekiston Respublikasi hududida tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, hamda ularni tugatish ishlariga tayyorlash saviyasini oshirish, shuningdek favqulodda vaziyatlarni profilaktika qilish, oldini olish va tugatishga rahbarlik qilish usullarini takomillashtirish, o’tkazish, tayyorlashning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shuning bilan birga ishchi va xizmatchilarning bilim darajasi va amaliy tayyorgarligi zamon talablariga javob berishi lozim. Asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi: aholiga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hattiharakat- lari qoidalarini va asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish yo’llarini, jamoa va shaxsiy muhofaza vositalaridan foydala- nish qoidalarini o’rgatish; - boshqaruvning barcha darajalaridagi rahbarlarni favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish harakatlariga tayyorlash va qayta tayyorlash; korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlarida va boshqa mutaxassislarida qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini o’tkazish kuchlari va vositalarini tayyorlash va boshqarish ko’nikmalari hosil qilish; favqulodda vaziyatlardagi o’z funksional vazifalarini amalda o’zlashtirib olishlari. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun umumiy o’rta ta‘lim muassa- salari, kasb -hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy o’quv yurtlari, korxona, tashkilot va muassasalarda, shuningdek aholi manzilgohlarida alohida dastur asosida tayyorgarlik ishlari olib borilishi zarurligi ta‘kidlanib, o’rganilishi lozim bo’lgan mavzular ning taxminiy ro’yxat- lari keltirib o’tilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgunga kadar ham aholi salomatligini ta‘minlash, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga katta ahamiyat berilgan. Bu borada res- publikamiz hukumati tomonidan bir nechta qarorlar qabul qilingan. Ulardan biri O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 apreldagi ‘Toshqin, sel oqimlarini oqizib yuborish va ko’chki hodisalari bilan bog’liq bo’lgan halokatli oqibatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida’ gi 201sonli qaroridir. Qarorda ko’rsatilishicha, respublika davlat hokimiyat organlari tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va ularning oqibatlarini tugatish bora- sida muayyan tajriba orttirganlar. Shu bilan birga har yili sel, toshqin, o’pirilish va ko’chkilar tufayli yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar katta vayronagarchiliklarga sabab bo’ladi, respublika xalq xo’jaligiga jiddiy zarar etkaziladi, ba‘zan esa odamlarning o’limiga sabab bo’ladi. Masalan, qaror qabul qilingan vaqtda respublikada 400 ga yaqin aholi yashash joylari va 300 dan ortiq xalq xo’jaligi ob‘ektlari xavfli zonalar da joylashgan edi. Sel, toshqin oqimlarini talofatsiz oqizib yuborish, ko’chki hodisa- larining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi quyidagicha qaror qabul qildi: ‘Joylarda tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, shuningdek, odamlarning to’liq xavfsizligini ta‘minlash bo’yicha ishlarni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokim- lari, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining zimmasiga yuklansin’. Qarorda O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo’mitasi tax- min etilayotgan tabiiy ofatlarni kataloglashtirish va pasportlashtirish asosida oldini olish chora-tadbirlarining asoslangan tizimini ishlab chi- qishi, selga, ko’chkiga va shu kabilarga qarshi chora-tadbirlar birinchi navbatda loyihalashtirilishi lozim bo’lgan hududlarni aniqlashi lozimligi alohida ta‘kidlangan hamda turli vazirlik va idoralarning vazifalari aniq, ravshan ko’rsatib berilgan.Favqulodda vaziyatlar vaziri huzurida har yili vazirliklar, idoralar, hokimiyatlar rahbarlari va favqulodda vaziyatlar boshqarma boshliqlari bilan toshqin, sel va ko’chki xavfi mavsumiga tayyorgarlik bo’yicha yi- g‘lishlar o‘tkaziladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya qo’mitasi, Gidrometerologiya Bosh boshqarmasi xodimlari, mahalliy idora rahbarlari ishtirokida yer ko’chkisi, suv va sel toshqinlari ro’y beradigan hududlar nazoratdan utkaziladi. Masalan,1999 yilda tekshirishlar natijasida baland tog‘ hududlarida joylashgan 238 ta xavfli ko‘llar, 46 ming m2 hududdagi suv va sel toshqinlari ro’y bera digan joylar, 27 ming m2 sel toshqinlarini yigish inshootlari,mingga yaqin suv va sel toshqinlari ro’y beradigan daryo, soylar aniqlangan. Joylardagi imkoniyatlardan biri muqobil xizmatchilari hisobiga ix- tiyoriy avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil qilish,ularni zarur kiyimkechak, asbob-uskunalar bilan ta‘minlash va umuman moliyaviy, mod- diy texnik zahiralarni to’plash ishlarini tashkil qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Hal qilinmagan muammolar qatoriga ko’chki va tosh- qin xavfli hududlaridan aholini ko’chirish; sel kelishi holatlarini oldindan bilish; xavfli joylarda yangi qurilishga yo’l qo’ymaslik; rahbar xodimlarni va aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va shu sharoit- larda xavfli joylarda yashayotgan aholimizni ijtimoiy himoya qilish maqsadida sug’urta tizimlaridan tula darajada foydalanish muammolari kiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 18 yanvardagi 32-sonli O’zbekiston Respublikasida odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida’ gi qarori qabul qilingan. Bu qaror odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi ku- rash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish, shuningdek aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa uy hayvonlarini saqlashni tartib- ga solish maqsadida qabul qilingan bo’lib, unda jumladan shunday de- yiladi: qarovsiz qolgan it, mushuk va boshqa hayvonlarni tutish hamda qirib tashlash va ularni tayyorlov tashkilotlariga foydalanish uchun yetkazib berish vazifasi shaharlarda - O’zbekiston Respublikasi Kom- munal xizmat ko’rsatish vazirligiga, Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda O’zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining joylardagi korxonalariga, qishloq joylarda - O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligiga, uning veterinariya xizmati organlariga, o’zini-o’zi boshqarishning mahalla, ovul va shaharcha organlari (fuqaro lar yig’ini) ga yuklansin. Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jali- gi vazirligi va Kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi it tutish xizmatlari va brigadalarini, xo’jalikda kerak bo’lmagan hayvonlarni aholidan qabul qilib olish joylarini tashkil etish va mablag’ bilan ta‘minlash, ularni ixti- soslashtirilgan transport, yonilg’i-moylash materiallari, hayvonlarni tu- tish qurollari bilan ta‘minlash uchun sarfharajatlarni har yili mahalliy byudjetning xarajat qismida nazarda tutishlari; egasi bo’lmagan itlarning ro’yxatdan o’tkazilishi va har yili majburiy qayta ro’yxatdan o’tkazilishi ni ta‘minlashlari lozimligi ko’rsatib berilgan. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jalik vazirligi har yili itlarni quturishga qarshi majburiy emlashni; quturish kasalligi ko’p uchrashi xavfi bo’lgan hududlarda mushuklar va qishloq xo’jaligi hayvonlarini quturishga qarshi profilaktik emlashni; quturishga qarshi samarali emlash vaksinalari zahirasi mavjud bo’lishini; hayvonlarning quturishi ustidan veterinariya nazorati tizimini tashkil etishni; hayvonlar quturgan joylarda ularning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik va tugatish yuzasidan veterinariya chora-tadbirlarining barcha majmuini o’tkazishni, shuning- dek, yo’q qilingan va nobud bo’lgan hayvonlarni ko’mib tashlashning sanitariyaveterinariya qoidalariga rioya qilinishini ta‘minlashlari lozim. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi hayvonlar tishlab olganda tibbiy yordamga, albatta murojaat qilishlari to’g’risida aholi o’rtasida tushuntirish ishlarini olib borishlari; davolash-profilaktika muassasalarida quturishga qarshi vaksinalar va gammaglobulin zahira- lari mavjud bo’lishini ta‘minlashlari, quturishga qarshi yordam uchun murojaat qilgan barcha kishilarni zudlik bilan va to’liq hajmda profilak- tik davolashlari lozim. Qarorga aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa hayvonlarni saqlash qoidalari ilova qilingan bo’lib, u 3 ta bo’limdan iborat: 1 bo’lim - ‘Umumiy qoidalar’, 2 bo’lim - It, mushuk va boshqa uy hayvonlari egalarining burchlari’ va 3 bo’ lim - Davlat organlari va hududiy jamo atchilik o’zini-o’zi boshqarish organlarining burchlari’ deb nomlanadi. Birinchi bo’limda sotib olingan itlar majburiy ro’yxatdan o’tkazi- lishlari shartligi va har yili qayta ro’yxatdan o’tkazilishi lozimligi ko’r- satib o’tilgan. Ko’p qavatli uylarning alohida kvartirasida yon qo’shnilar ning roziligi bilan, kommunal kvartirada esa - ushbu kvatirada yashov- chilarning roziligi bilan bitta it va bitta mushuk saqlashga ruxsat beriladi. Respublika hududidagi barcha itlar, ular kimga qarashli ekanligidan qat‘iy nazar, zarur hollarda esa mushuklar ham, quturishning oldini olish uchun quturishga qarshi vaksinani qo’llash bo’yicha yo’riqnomada ko’zda tutilgan tartibda kasallikning oldini oluvchi ana shu vaksina bilan emlanishi shart. It, mushuk va boshqa uy hayvonlari egalarining burchlari: itlarni veterinariya muassasalarida ro’yxatdan o’tkazishga va qayta ro’yxat dan o’tkazishga; uy hayvonlarining umum foydalanish joylarni iflos qilishiga yo’l qo’ymaslikka; it odamlarni yoki hayvonlarni tishlagan taqdirda uni darhol tek- shirish va 10 kun muddat ajratib qo’yish uchun veterinariya muassasasiga olib kelishga hamda birinchi va takroriy veterinariya ko’rigi haqidagi ma‘lumotnomani veterinariya muassasasidan olishga va uni tezda tishlashdan jabrlangan shaxsga topshirishga majburdirlar. Qoidalarni buzgan fuqarolarga jarima solinadi, qoida takroran buzilgan taqdirda esa, agar ushbu qoida buzishlar jinoiy javobgarlikka olib kelmasa, ularning hayvonlari olib qo’yiladi. Download 442.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling