O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 0.73 Mb.
|
chizma geometriya va muxandislik grafikasi
Qirqimlar. Texnikada ishlatiladigan detallarning ichki tuzilishlari har xil geometrik shakllardan tashkil topgan bo’lib, chizmada ular shtrix chiziqlar bilan ko’rsatiladi. Bunday hol chizmalarni o’qishni birmuncha qiyinlashtiradi. Buyumlarni chizmalari bo’yicha mukammal tasavvur qilish va ularning ichki tuzilishlari aniq qilib ko’rsatish uchun shartli ravishda qabul qilingan «qirqimlar usuli» qo’llanadi. Qirqimlar ham GOST 2.305 – 68 da ko’rsatilgan qoidalarga muvofiq bajariladi. Qirqim deb, buyumning bitta yoki bir nechta fazoviy tekisliklar bilan fikran kesilishdan hosil bo’lgan tasviriy qismiga aytiladi.
Bunda tekislikning kesishgan joyi va uning orqasida ko’rinib qolgan chiziqlari (qismlari) ko’rsatiladi (9-shakl). Qirqim qoidasiga ko’ra buyumning ma’lum bir joyidan fikran kesuvchi tekislik o’tkaziladi. Buyumning kuzatuvchi va kesuvchi tekislik orasidagi qismi fikran olib tashlanadi va qolgan qismi o’z o’rnida tegishli asosiy proyeksiyalar tekisliklaridan birortasiga yoki chizma maydonining bo’sh joyiga tasvirlanadi. Ayrim hollarda qirqimlar kerakli yozuvlar bilan ko’rsatiladi. Endi qirqimlarni hosil bo’lish belgilari bilan tanishib chiqamiz. Qirqimlardagi kesuvchi tekisliklar uzuq yo’g’on kesim chizig’i bilan ko’rsatiladi, qirqimning bosh va oxirgi kesim chizig’iga perpendikulyar qilib qirqim tasvirining yo’nalishini ko’rsatuvchi strelka chiziladi (10-shakl). Strelka shtrix chiziqning oxiridan 2-3 mm masofada o’tkaziladi. Qirqim tekisligi bosma harf bilan tasvir tepasiga ikki harf orasiga chizib, masalan, A-A ko’rinishda ifodalanadi. Uzuq chiziqning yo’g’onligi (1..1,5) S bo’ladi. S – chizmadagi ko’rinar kontur chiziqning yo’g’onligi: shtrix chiziqning uzunligi esa 8-10 mm ga teng. Detalning qirqimga (kesimga) tushgan joyi shtrixlab qo’yiladi. Agar qirqimdagi kesuvchi tekisliklar detalning simmetriya tekisliklari bilan qo’shilib qolsa, yuqoridagi yozuvlar ko’rsatilmaydi. 11-shakl, a, b da detalni frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lgan I` tekislik bilan kesilishi ko’rsatilgan. I` tekislik detalni shartli ravishda A va B qismlarga bo’ladi. Bunda kuzatuvchi yaqin bo’lgan B qismi fikran olib tashlanadi. Qolgan A qismini bosh ko’rinishga proyeksiyalab, tekislikning kesishgan joyi (kesimini) va uning orqasidagi ko’rinib qolgan chiziqlari tasvirlanadi. Kesimlar. Buyumning bitta yoki bir nechta tekisliklar bilan fikran kesilishida ana shu kesishgan joyning chizmada tasvirlanishi kesim deb aytiladi. Detalning chizmadagi ko’rinishi, uning barcha tomonlari mukammal to’la aniqlash imkonini bermaydi. Bunday hollarda kesim qo’llaniladi. Kesim ham qirqimga o’xshash shartli tasvirdir. Chunki kesim shakli detal bilan birga joylashgan bo’lib, uni shartli ravishda fikran ajratib olib, chizma maydonining bo’sh joyiga chiziladi. Kesimning chizma tasvirini o’zida yoki chetga chiqarib chizish mumkin. Shuning uchun u chetga chiqarilgan va chizma ustida ko’rsatilgan kesimlarga bo’linadi. Chetga chiqarilgan kesim asosiy kontur chiziq bilan, tasvir ustida chizilgan kesim esa ingichka tutash chiziq bilan chiziladi (12, 13, 14-shakllar). Kesimning ko’rinishi qirqilgan kontur chiziqlar oralig’ida joylashgan bo’lishi mumkin. Bundan tashqari chetga chiqarib chizilgan kesimni burib chizish mumkin. Bunday holda harf yoniga doira chiziladi va strelka orqali burilish belgisi ko’rsatiladi (15-shakl). Bitta buyumdagi bir nechta bir xil kesimlardan bittasi chizib ko’rsatiladi, lekin barcha kesim chiziqlari bir xil harflar bilan belgilanadi (16-shakl). Silindrik sirtlarning kesimni tasvirlashda uning bitta proyeksiyasida silindr tekislikka yoyilgan vaziyatda ko’rsatiladi (17-shakl) va harf oldiga yoyish belgisi qo’yiladi. Agar detaldagi qirralar bir-biriga parallel bo’lmasa murakkab kesim beriladi. 18-shaklda xuddi shunday kesimning bajarilishi ko’rsatilgan. Agar kesuvchi tekislik aylanish sirtini uning o’qi orqali o’tib, sirtidagi aylana va chuqurliklarni chegaralab tursa, undagi kontur chiziqlarning barchasi kesimda ko’rsatiladi (19-shakl). Agar kesuvchi tekislik yumaloq bo’lmagan teshik orqali o’tib, mustaqil kesimga ega bo’lsa, kesim o’rniga qirqim tasvirlanadi (20-shakl). Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling