O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston
Download 44.62 Kb. Pdf ko'rish
|
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati
Xalq kuchlandi
- olg'a ketdi, horib ortda 49 “Mufassil al-X ilof’, “Qavosim al-Botiniya” kabi asarlari kundalik hayotiy muammolami hal qilishda juda asqotadi. Yuqorida qayd etganimizdek, G'azzoliy hayoti davomida ikki marta o'zi haqida shubhaga borgan. Birinchisida, ukasining she'ri ta'sirida, o'rgangan ilmlarimning hammasida kamchiliklar ko'p bo'l- sa kerak, deb o'ylaydi, o'ziga mutloq haqiqatni izlay boshlaydi, haqi- qat yo tuyg'ularda, yo aniq bilimlarda bo'lishi mumkin, har ikka- lasida bo'lishi mumkin emas, degan fikrga boradi. Oldiniga haqiqat tuyg'ularda deb biladi, ammo tez orada tuyg'ular aldashi mumkinli- gini ko'radi va aniq bilimlar haq, degan xulosaga keladi, so'ng “balki aql ham aldar” deya taraddudga tushadi. Pirovardida esa Ollohning xidoyati-qalbga yorug'lik beruvchi ilmlar kabi, aniq ilmlar ham xaqiqat ckanligiga ishonch hosil qiladi. G'azzoliyning ikkinchi ruxiy iztirobi 38 yoshida yuz berdi. Bir kuni u: “Qilayotgan barcha ilmlarim shon-shuhrat, amal-mansab, nufuz va mol-dunyo uchun emasmi?” - degan shubhaga tushadi. Haqiqat faqat mutasawiflaming kamtarona yashash tarzida bo'lishi mumkin degan xulosaga kelib, tinchini yo'qotadi. Shuning uchun u madrasani tark etib, faqirona hayot kechirishga o'tadi. Eyish-ichishni ham keskin kamaytirib, jismonan zaiflashadi. Shunda uning shaxsiy tabiblari nima qilishlarini bilmay dovdirab qoladilar. Shu ahvolda u 10 yil darbadar kezadi. Bir d a f a vaziming so'zini inobatga olib Nishopirda ishlagan bo'Isa ham, baribir ishga qattiq bog'lanmaydi, tuzukkina mutasawifga aylanib, umrining oxiriga qadar ko'zga tashlanmay yashaydi. G'azzoliyning falsafiy ishlari ham talaygina. Ular ichida “Taxafut al-falosifa» hamda “Maqosid al-foalosifa” asarlari etakchi o'rin egallaydi. Bularda Farobiy, Ibn Sino, Abun Xayyon at- Tavhidiy, “Ihvon us-safo” risolalarining ta'sirini ko'rish mumkin. Ayni chog'da G'azzoliy “Taxafut al-flosifa” asarida Farobiyni va Ibn Sinoni tanqid qilib, ulami Arastu va Aflotun ta'sirida bo'lgan- 50 likda ayblagan va umuman faisafachilikka qattiq qarshi chiqqan. Holbuki, Farobiyning asarlari ham, G'azzoliyning “Maqosid al-falo- sifa” asari ham lotinchaga o'girilgan va g'arbliklarning yunon falsa- Fasini o'rganishlariga yordam bergan. Farobiy bilan Ibn Sinoni tan qid qilishdan maqsadi esa, aslida, dinning ba'zi mavzulari yanglish tushunilishini tuzatish uchun bo'lgan. Bu yaxshi niyatdir. G'azzoliyning “Mukoshafat-ul qulub” (“Qalblar kashfiyoti”) asari haqida turk olimi va taijimoni Yamon Oriyqonning so'zlari diqqatga sazovor: “Mukoshafat-ul qulub” !.. G'azzoliy necha asrlar ilgari yoqqan yuzlarcha mash'aladan bir donasi. Hech qachon so'nmaydigan, sochgan nur das talari zamon oralab so'ngsizlikka qadar to'ppa- to 'g 'ri oqib boradigan mash'ala. Inson nasli to oxiratgacha bor bo'l- ganligiga ko'ra, bu asar ham insoniyat uchun bir nur manbai bo'la- jak, turli azob-uqubatlar, g'am-tashvishlar va behuzurliklar ichida to'lg'anayotgan shaxslar, siymolar, jamiyatlar va millatlarga huzur va saodat yo'llarini ko'rsatajak”. Shu bois, bu asar biz mustaqillikka erishgan sharofatli yillarda ham millatimizning o'zini o'zi tuzatishi uchun, boshqacha aytganda, o 'z baxtini o'zi yaratishi uchun, “kelajagi buyuk davlati”ni barpo etmog'i uchun pok, halol va to 'g 'ri yo'lni tanlashida bebaho ahami- yat kasb etadi. (Abu Homid G'azzoliy. “Mukoshafat-ul qulub”, Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2004, 3-7-betlar). Download 44.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling