O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston


Download 44.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/112
Sana10.11.2023
Hajmi44.62 Kb.
#1762903
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112
Bog'liq
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o'zining “Geodezi- 
ya” asarining kirish qismida fanlaming paydo bo'lishi va tarmoq- 
lanib ko'payishi haqida so'z yuritib, har bir fanning inson hayotidagi 
zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha
grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir. 
Inson nutqi o 'z tuzilishi, materialiga ko'ra rostini ham, yolg'onni 
ham ifodalashi mumkin. Bu ko'plab munozaralarga sabab bo'ladi. 
Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolg'ondan ajratadigan “me- 
zon”ni yaratadi. Bu mantiq fani edi. Inson nutqida shubhali o'rinlar 
sezilsa, ma'lum “mezon” yordamida ular tuzatiladi. Olim mantiqni 
o'rganmasdan, uni malomat qilganlarga hayron qoladi va ularga 
achinib: “Agar u dangasalikni tashlab, oromga herilmasdan, gap 
bilan bog'lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she'r o'lchovi) 
va mantiqni (logika) mutolaa qilganida edi, so'zning (nutq) nasr va 
nazmga ajralishini bilgan bo'lardi”, - deydi (Beruniy. To'plangan 
asarlar. Ill tom, 192, 64-bet). Demak, Beruniy nutqning ikki xil -
nasr, nazm ko'rinishi borligini ta'kidlamoqda. Nutqning bu turlari 
ma'lum qoidalar asosida shakllanadi. Nasr nahv qonun-qoidalari,
42


nazm aruz talablariga binoan tuziladi. Aruzga qaraganda nahvning 
ta' sir doirasi keng, u nasr uchun ham, nazm uchun ham zarur. Beru- 
niy yozadi: “Nahv nasrda va aruz nazmda aytilgan so'zning me'yori- 
ni o'lchovi va xatosini tuzatuvchi aniq ikkita mezon bo'lib qoldi, 
lekin nahv bular ikkisining umumiyrog'idir, chunki u nasmi ham, 
nazmni ham birgalikda o'z ichiga qamrab oladi” (O'sha asar.64-bet).
“Xullas, yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari 
hamkorligidan foydalanish zarur bo'ladi. Ulaming birontasiga aha- 
miyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasiga 
ta'sir qilmay qolmaydi” (O'sha asar. 64-bet).
Beruniy shakl va mazmun birligiga katta ahamiyat beradi. 
Uningcha shakl mazmunga xizmat qilishi kerak. Mazmunsiz har 
qanday chiroyli shakl ham cl orasida e'tibor qozonmaydi. Nutqning 
nasriy shaklida ham, nazmiy shaklida ham mazmun bosh mezondir.

Download 44.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling