O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston
Ulug' vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy
Download 44.62 Kb. Pdf ko'rish
|
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beruniy bilan zamondosh bolgan Abu Abdulloh al-Xoraz- miy
- Yusuf Xos Hojib
Ulug' vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy (870-950) to'g'ri
so'zlash, to 'g'ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go'zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati zo'rligi haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta'lim berish va ta'lim olish, fikmi qanday ifodalash, bayon etish, qanday so'rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqda bilim- larning eng birinchisi - jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir deb tasdiqlayman”. Ikkinchi ilm grammatikadir: u jismlarga berilgan nomlami qan day tartibga solishni hamda narsalar (substantsiya) va hodisalarning (aktsidentsiya) joylashishini va bundan chiqadigan natijalami ifoda- lovchi hikmatli so'zlami va nutqni qanday tuzishni o'rgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir: “ma'lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logik figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylash- tirishni o'rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalami bilib olamiz hamda nima to'g'ri, nima yolg'on ekanligi haqida hukm chiqaramiz” (Abu Nasr Farobiy. Risolalar. Toshkent: 1975. 54-bet). 43 Ко' rinadiki, grammatika va mantiq fanlarining nutq tuzishdagi ahamiyatini ikki buyuk olim ham yuksak darajada anglaganlar va ularga katta ahamiyat berganlar. Beruniy ham, Farobiy ham Qadimgi grek falsafasiga va boshqa fanlarga oid asarlardan oziqlanibgina qolmay, ulami to'ldirdilar, qalat o'rinlarga izoh berdilar. Beruniy bilan zamondosh bo'lgan Abu Abdulloh al-Xoraz- miy (vafoti 997 y.) ham o'zining “Mafotix-ul-ulum (Ilmiar kaiitiari) asarida o'sha davr notiqligining ba'zi bir masalalari, adabiyotshu- noslik fani istilohlari, ulaming ta'rifi haqida, shuningdek, devonxona ish qog'ozlari va ulaming shakllari, ishlatiladigan tlerminlar (atama- lar) haqida ma'lumot beradi. Asaming beshinchi bobida aruz va qofi- ya ilmi hamda she'riyatda ishlatiladigan badiiy tasvir vositalari, ular- ning fazilatlari va nuqsonlari ustida so'z boradi. Asarda aruz ilmi, undagi 15 bahr ko'rninishlari she'riy misollar bilan beriladi. Aruz ilmiga tutash qofiya ilmi, uning istilohlari ta'rif va izohlar bilan qayd etiladi. Asaming beshinchi bobi besh bo'linmadan tashkil topgan. Beshinchi bo'linma X asr O 'rta Osiyo she'riyatiga bag'ishlangan. Bu shuni ko'rsatadiki, X asrdayoq o'lkamizda badiiy nutq yuksak dara jada rivojlangan, uning nazariyasi mukammal ishlangan edi”. (X.Xaymllaev, R.M.Bahodirov. Abu Abdullo-al-Xorazmiy. М., 1988. 58-bet; “O'zbek. Adabiyoti va san'ati”. 1989, 18 avgust). So'zning qadri, undan foydalanish, kam so'zlab, ko'p ma'no yuklash, ravshan fikrlash kabi masalalar ustida ХП-ХШ asr mutafak- kirlari Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylar ham ibratli fikrlar bildirganlar. Ulug' shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlaming ХП asrdan ajoyib badiiy yodgorligi bo'lgan “Qutadg'u bilig” (“Baxt keltimvchi bilim”) asarida so'zlami to 'g 'ri tanlash va qo'Uash haqida: “Bilib so'zlasa so'z bilig sanalur” degan edi. Gapirishdan maqsad so'zlov- chining ko'zda tutgan narsa, hodisa, voqealami tinglovchiga to'g'ri, ta'sirchan etkazishidan iborat. Shunday ekan, nutqning to'g'riligi, 44 ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Mutafakkir yana so'zlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda hovliqmasdan, so'zning ma'nolarini yaxshi anglab, ravon nutq tuzishga chiqaradi: Tilning foydasi talaydir, ortiqcha hovliqma, Goho til maqtaladi, goho so'kiladi. Modomiki shunday ekan, so'zni bilib so'zla, So'zing ko'r uchun ko'z bo'I sin, (u) ko'ra bilsin. Til va so'zni avaylashga, og'ziga kelgan so'zni o'ylab gapirishga chaqiradi: Kishi so'z tufayli bo'ladi malik, Ortiq so'z qiladi bu boshin egik, Tilingni avayla-omondir boshing, So'zingni avayla uzayar yoshing. Download 44.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling