O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston


“Notiqlik san'ati”ning predmeti, maqsad va vazifalari


Download 44.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/112
Sana10.11.2023
Hajmi44.62 Kb.
#1762903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

“Notiqlik san'ati”ning predmeti, maqsad va vazifalari
Notiqlik san'atining predmeti hali tuzilmagan, chiroyli sayqal 
bilan tuzilishi lozim bo'lgan so'z asaridir. Jozibali, teran so'z va gap- 
laming jonli nutq orqali ifodalanishi Notiqlik san'atining predmeti 
sanaladi. Har bir nutq egasining nutqini kuzatish va tekshirish, 
undagi yutuq va nuqsonlarni aniqlash, har bir ijodkor shoir yohud 
yozuvchining asarlaridagi badiiy notiqlik mahoratini kuzatish, shu 
yozuvchi yoki shoirning og'zaki ommabop nutqidagi notiqqa xos 
yutuqlami ko'ra bilish mazkur fanning predmet ob'ekti sanaladi. 
Notiqlik san'atining turlari ko'p. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy notiq­
lik, bunda asosan davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan
9


yiginlarda so'zlanadigan ma'ruza, akademik nutq, bunda ilmiy yo'- 
nalishdagi ma'ruzalar, auditoriya notiqligi. talaba va o'quvchilar 
uchun o'qiladigan ma'ruzalar. ijtimoiy-maishiy nutq, turli ladbirlarda 
so'zlanadigan nutq kabilaming ham nutqiy kamchiliklarini va yutuq- 
larini (ham og'zaki. ham yozma shaklini) tekshirish jarayoni ham 
notiqlik san'ati predmeti doirasiga kiradi.
Notiqlik san'atining tekshirish ob'ekti notiq nutqidagi gap quril- 
malari, u nutqida ishlatgan so'zning qudrati, jozibasi, go'zal ifodasi 
va maftunkorlik hislatlarini aniqlashga qaratilgan bo'lishi lozim, 
Notiqlik san'ati amaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyat- 
lari, sirlari, til normalari, nutqning sifatlari, nutqiy uslubning nozik 
tomonlarini his etish va notiq nutqida uchrashi mumkin bo'lgan 
nuqsonhtr va talaffuzga doir muammolami hal etish yuzasidan baxs 
yuritadi. Eng muhimi, notiqqa o'z bilimi va dunyoqarashiga suyan- 
gan holda to'g'ri va chiroyli so'zlash yo'llarini o'rgatadi. Notiqlik 
san'atining og'zaki, yozma shakllari mavjud bo'lib, har bir notiqning 
nutqi o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu holat esa notiqning o'ziga 
xos uslubi bilan o'lchanadi.
Notiqlik san'atining asosiy vazifasi notiq bo'lishga undovchi 
qonuniyatlarni o'rgatishdan iborat. Biroq hamma ham notiq bo'laver- 
maydi. Buning uchun bo'lajak notiqda qobiliyat va iste'dod bo'lishi 
kerak. Chunki u - san'at. Shuning uchun ham ba'zi notiqlar material' 
ni chuqur bilgani holda o 'z fikrini erkin nutqi bilan etkazib beroliuas- 
ligi, natijada tinglovchilar uni tushunmasligi mumkin. Mohir notiqlar 
nutqini esa tinglovchilar yaxshi tushunadi. U voqea-hodisa haqida 
aniq-ravshan va jonli ma'lumot berishi orqali tinglovehi ongiga ta'sir 
etishi. ularni kuldirishi, yiglatishi va hayolat olamini zabt etishi 
mumkin. Notiqlik san'atining maqsad va vazilalaridan asosiylari 
ham ana shunday no'noq notiqlar kamchiliklarini amqlash va mohir 
notiqlar yutuqlarini kuzatish va yo'Uyo'riq ko' rsatishdan iborat. Shu
10


ma'noda notiqlik san'ati notiq bo'lishga undovchi qonuniyatlarni 
o'rganadigan fandir.
Chunki, nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklarni 
bartaraf etish, notiqlik san'ati zimmasidagi umumdavlat ahamiyati- 
ga ega bo'lgan ijtimoiy-siyosiy vazifalardan sanaladi. Shu ma'noda 
birinchidan notiqlik san'atini etarli darajada egallash har bir jamiyat 
a'zosining madaniylik darajasini ham belgilaydi. Ikkinchidan, O 'zbe­
kiston mustaqiligiga ko'z olaytirayotgan har qanday yot unsurlardan 
himoya qilishda mafkuraviy kurash keskinlashgan holatda yashayap- 
miz. Notiqlik esa mafkuraviy kurashning asosiy quroli sifatida 
faoliyat ko'rsatmoq'i lozim. Notiqlik san'atining har qachongidan 
ham o tk ir va keskir bo'lmogi bugungi kunning muhim talabi.
Yuqoridagi jiddiy sabablardan kelib chiqib notiqlik san'atini 
kamolot sari yuksaltirishga muntazzam gamho'rlik qilish lozim 
bo'ladi. Notiqlik haqidagi ta'limot uzoq o'tmishiga ega. U avvalo, 
qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo'lsa ham, ungacha Misrda, 
Assuriyada, Vavilon va Hindistonda paydo bo'lganligi notiqlik tajri- 
basidan ma'lum. U zamonlarda davlat arboblarining obro'-e'tibori va 
yuqori lavozimlarga ko'tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham 
bog'liq bo'lgan. Notiqlik san'ati sarkardalik san'ati bilan teng qo'yil- 
gan. Bunga Demosfen va Sitseronlar hayoti yorqin misol.
Bizning ota-bobolarimiz yashagan hududlarda, avvalo xalq o g '­
zaki ijodi, “Avesto”, “O'rxun-enasoy” yodgorliklari, Turon zamin- 
ning miloddan oldin yozilgan Alp er T o'n g 'a (VII asr eramizdan 
oldin) haqidagi dostoni va boshqa yozma yodgorliklari xalqimiz 
tarixi. ijtimoiy iqtisodiy hayoti, madaniyati, tilini o'rganishda muhim 
manba bo'lish bilan birga, Notiqlikka undovchi materiallarga boyli­
gi bilan qimmatga ham egadir.
Xullas, bu soha bugunning dolzarb muammosi ekanini anglash 
vaqti keldi. Ko'pgina hollarda (teleko'rsatuvlarda, o'zaro suhbatlar- 
da, o'quvchi va talabalarning mavzu yuzasidan savollarga bergan
11


javoblarida) yoshlarimizning chaynalib, o'z fikmi ravon aytolmaslik- 
larining guvohi bo'lamiz. Nega? Chunki nutqimizda nuqson ko'p. 
Agar rus bolalarining, hatto bog'cha yoki maktab o'quvchisining 
televizor orqali bo'ladigan savol javoblarini kuzatgan bo'lsangiz, 
ular nutqida tutilmaydi, dovdiramaydi, bu nimadan? Bizning yoshlar- 
dagi qusurga kim sababchi?, degan savollarga duch kelamiz. Buni 
bartaraf etish uchun esa oiladan tortib bog'cha va maktablarda ham 
bolalarimiz nutqidagi kamchiliklarga e'tibor berish zarur. Birorta 
so'zni noto'g'ri talaffuz qilsa yoki noo'rin ishlatsa, albatta, erinmas- 
dan ulardagi shu kemtiklikni to'g'rilash lozim. Har qanday odamni 
gapidan, muomalasidan ko'z qarashidan, o'zini dadil tutib, gapirishi- 
dan bilib olish mumkin. “Ish bilguncha gap bil” degan ibora bekorga 
aytilmagan. Albatta, gap bilgan odam ishni ham biladi. Ishni bilma­
sa, u o'sha ish haqida filer bildirolmaydi. Bizning ota-boboiarimiz 
azaldan odamiylikni, qadr-qimmat va mehr oqibatni har qanday zaru 
oltinlardan, ma'danu boyliklardan afzal bilgan. Odamiylik, mehr- 
oqibat birinchi galda so'zlarimiz orqali amalga oshiriladi. Insonga 
Alloh bergan Ulug' ne'matlardan biri ham shu so'z va so'zlash 
ne'matidir. Buning qadriga yetish muhim fazilat.

Download 44.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling