O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston


sharmandalikka; xursandchilik va dil xiralikka; madaniyatlilik


Download 44.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/112
Sana10.11.2023
Hajmi44.62 Kb.
#1762903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

sharmandalikka; xursandchilik va dil xiralikka; madaniyatlilik 
va madaniyatsizlikka kabi bu foniy dunyoda mavjud bo'lgan barcha 
narsaga, oxiratda esa jannat yoki jahannamga erishish mumkin.
5


Sezgi organlarimizning ko'z, quloq va burundan tashqari 
barchasini odam o'ziga bo'ysundira oladi, jumladan tilni ham. Ana 
shu bizga bo'ysunmaydigan a'zolarimiz gunoh yig'ishimizga sabab- 
chi bo'ladi. Chunki ko'zlarimiz bilan yaxshi va yomon narsalami 
ko'rishimiz, quloqlarimiz orqali ahloqli va axloqsiz so'zlarni eshiti- 
shimiz, burun bilan xushbo'y hamda badbo'y hidlami tuyishimiz 
tabiiy hoi. Ko'zni yumib, quloq va burunni bekitib yurish mushkul 
ish. Qarangki, Alloh rahmdil Zot, u shu uchta a'zolarimiz yig'adigan 
gunohlarni bartaraf etish uchun biz insonlarga “tavba” ne'matini 
bergan. Madomiki shunday ekan, biz o'zimiz aql va farosatimizni 
ishga solib laoqal tilimizni jilovlay bilishimiz zarur. Bu o'rinda 
avvalo Allohning kalomi bo'lgan Qur'oni karim oyatlariga, payqam- 
barimiz Muhammad salollohu alayhissalomning hadisi shariflariga 
amal qilishimiz shart. Shuningdek, xalq tomonidan yaratilgan og'za- 
ki ijod namunalari sanalmish ertak, qo'shiq, doston, rivoyat va afso- 
nalardan kelib chiqadigan xulosalarga, buyuk allomalarimiz yaratgan 
asarlardagi pand-nasihatlarga amaliy yondoshmog'imiz zarur. Shun- 
dagina biz so'zimiz va nutqimizning qanchalik kuch-qudratga ega 
ekanligini his etib yashaymiz.
Notiqlikni o'rgatuvchi va targ'ib qiluvchi qadim adabiyotlardan 
tortib bizning davrimizda yozilgan va yozilayotgan maqola va kitob- 
larda notiq, notiqhk, nutq odobi, notiqlik san'ati; voiz, voizlik, voiz- 
lik san'ati kabi atama va tushunchalami o'qiymiz. Og'zaki nutqda 
odamlar orasida; so'z ustasi, so'zga chechan, so'zga usta, so'zamol, 
so'zni boplaydi, gapni do'ndiradi, gapga usta, chiroyli gapiradi; 
suhandon, tilchida, adabiyotchida, shoirda singari iboralami eshita- 
miz. T o'g'ri hamma ham nutqiy nuqsonsiz tug'ilsa albatta gapiradi. 
Biroq hamma odamlar ham gapga chechan bo'lavermaydi. Gapga 
chechanlik, ya'ni notiqlik bu - qobiliyat va iste'dod. Notiqlik bu - 
san'at. Qachonki, Alloh bergan tabiiy qobiliyat bilan cheklanib
6


qolmay, o z nutqi va till ustlda erinmay ishlasa. mashq qilsagina 
chinakam Notiqlik mahoratini egallashi mumkin.
Notiqlik bu-so'z san'ati, so'z san'ati bo'lganda ham ohangdan 

Download 44.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling