O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

7.3. Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish.
Sog’liqni saqlash – bu jamiyat a’zolari sog’lig’ini himoya qilish va yaxshilash bo’yicha
davlat tomonidan olib borilgan iqtisodiy va tibbiy tadbirlar majmuidir.
Sog’liqni saqlash tizimi bu davolash va dori-darmon yetkazib beruvchi muassalarining
barchasini o’z ichiga oladigan ijtimoiy-sohaning muhim tarmog’idir. Bu muassalarining holatiga
inson salohiyatini rivojlanishi bevosita bog’liq bo’ladi. Inson sog’lig’i, insoniy salohiyat
mamlakat iqtisodiy rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida zamonaviy, yuksak jahon talablariga javob beradigan
tashxis qo’yish va davolash tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan, yuqori malakali
vrachlar va o’rta tibbiy xodimlari bilan ta’minlangan shoshilinch tibbiy yordamning yaxlit
tizimi yaratilgan va faoliyat ko’rsatayapti.
O’zbekiston ulkan insoniy salohiyatga ega bo’lgan mamlakatdir.
“Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo’lib, - deydi Prezidentimiz, - u
mamlakatning islohotlari va tub o’zgarishlar yo’lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlab
beradi”. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasi bilan belgilanuvchi mazkur omil,
o’z navbatida, uni rivojlantirish va taraqqiy ettirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Respublika aholisi 2012 yilda 29,6 mln. kishidan oshdi. Bundan 51,3 % shahar va
shaharchalarda 48,7 % qishloqlarda yashaydi. O’zbekistonning muhim xususiyati shundan
iboratki, bu yerda aholining o’sish sur’atlari yuqori. 1990-2012 yillarning o’zida mamlakatimiz
aholisining soni salkam 13 mlnga ko’paydi. Aholi sonining o’rtacha yillik o’sish sur’ati ana shu
yillarda 1,8 % ni tashkil etdi yoki yiliga 500 ming kishidan sal ko’proqqa o’sdi. Odamlarimizni
umr kurish darajasi urtacha 7 yilga uzaydi va 73 yoshni tashkil qilayapti.
Aholining sog’lig’ini saqlash holati, eng avvvlo, davlat va jamiyatning ijtimoiy tuzumiga
bog’liq bo’ladi. SHuning uchun mustaqil O’zbekistonda bo’layotgan qayta qurishlar sog’liqni
saqlash tarmog’ini ham chetda qoldirmadi.


113
1992 yildan O’zbekistonda tarmoqni intensiv rivojlantirish printsiplariga asos solgan
sog’liqni saqlashni rivojlantirish kontseptsiyasi belgilandi. Sobiq Sovet davridagi sog’liqni
saqlash tizimi samarasiz bo’lib ekstensiv printsip asosida rivojlangan. Bu tizimda sifat
ko’rsatkichlariga emas, balki miqdor ko’rsatkichlariga aosiy e’tibor berilgan. Masalan,
mustaqillik davrining boshlarida O’zbekistonda 22 mln. kishiga 70 mingdan oshiq vrach to’g’ri
kelar edi.
O’zbekistondagi vrachlarning ko’pligi aholini davolash yuqori darajada ekanligini aslo
bildirmas edi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling