O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlar quyidagi vazifalarni bajarishni ta’minlashi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

 
Ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlar quyidagi vazifalarni bajarishni ta’minlashi
lozim:
1. Har bir insonni, eng avvalo malakali tibbiy xizmatdan foydalanishi, bepul umumiy ta’lim
olishi uchun zarur shart- sharoit yaratishi va ta’minlashi lozim.
2. Aholini kam ta’minlangan, ya’ni uning moddiy va ijtimoiy himoyaga muxtoj bo’lgan
qismini himoya qilishga qaratilgan, eng avvalo aholini nochor guruhlarini aniq manzilli va
maqsadli ijtimoiy himoya qilish tizimini barpo etish.
3. Aholini ijtimoiy himoya qilishni iqtisodiy islohotlar dasturidagi uzluksiz ustuvor
yo’nalishlardan biri deb, hisoblash.
4. Pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, pensiyaning real miqdorini
oshirish.
5. Mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan aholiga o’z daromadlari hisobidan yuqoriroq
ijtimoiy iste’mol qilishni ta’minlaydigan iqtisodiy sharoit yaratish.
6. Aholini turar joylarga, maishiy xizmat ko’rsatish, savdo va umumovqatlanish
korxonalarining xizmatlariga hamda madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarga bo’lgan
qonuniy talablarini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish.
7. Ijtimoiy-madaniy institutlarning rivojlanishini xuquqiy va tashkiliy asoslarini
shakllantirish va boshqalar.
7.2. Ta’lim tizimi va uni isloh qilish. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
Ta’lim jamiyatning rivojlanish tendentsiyasi va holatini aks ettiradi va unga ta’sir ko’rsatadi.
Millatning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ahloqiy qiyofasi ko’p jihatdan uning ziyolilar


104
dunyoqarashi, bilimdonlik saviyasi va jasoratiga bog’liq. «Olamga quyosh ziyo taratsa,
odamzod qalbiga ziyoli nur sochadi», deydi xalqimiz.
Hozirgi vaqtda Respublikada 66 ta Oliy o’quv yurti, jumladan, 1500 ga yaqin kasb-hunar
kollejlari, akademik litseylar va 10 mingga yaqin umumiy o’rta ta’lim maktablari faoliyat
ko’rsatmoqda. Yangi kasb-hunar kollejlarini va ularning filiallarini qurish nihoyasiga yetkazildi.
O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning eng muhim maqsadi yurtimizda sog’lom va
barkamol, bilimli, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan avlodni shakllantirishdan
iboratdir.
Aynan shu maqsadlarga erishish uchun mamlakatimizda 1997 – 2010 yillarda keng
miqyosdagi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirildi. Uning zamirida aholining
uzluksiz ta’lim olishini ta’minlash, ta’lim tizimining jamiyatdagi o’zgarish va yangilanishlar,
iqtisodiyotdagi yuqori malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyoj bilan uyg’un va hamohang
bo’lishiga erishish kontseptsiyasi mujassam edi. Frantsiyadagi dunyoning eng yaxshi 5 ta
biznes maktabi qatoriga kiradigan “Inssad” xalqaro biznes maktabining 2012 yilgi
“Innovatsion global indeksi” ma’ruzasida bayon etilgan ma’lumotda keltirilishicha dunyoning
141 mamlakatida innovatsion rivojlanish kompleks tarzda tashkil qilingan. Tahlilning asosiy
tarkibiy qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo’yicha bizning mamlakatimiz

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling