O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


I BOB. MILLIY IQTISODIYoTNING SHAKLLANISHI VA


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

I BOB. MILLIY IQTISODIYoTNING SHAKLLANISHI VA
RIVOJLANISHI
REJA:
§ 1. Milliy va jahon iqtisodiyot tushunchasi, mazmuni, kursning
predmeti.
§ 2. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi va milliy
iqtisodiyotni shakllanishi.
1.1. Milliy iqtisodiyot tushunchasi, mazmuni, kursning predmeti.
Iqtisodiyot keng ma’noda – bu bir tomondan, o’ziga xos qonunlar asosida
rivojlanadigan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarini birlashtirgan
xo’jalik bo’lib, ikkinchi tomondan iqtisodiyot, yuqori mehnat unumdorligiga
erishish, aholini turmush darajasini yaxshilash va cheklangan resurslardan unumli
foydalanish maqsadida iqtisodiy qonunlarni o’rganish bilan shug’ullanadigan eng
qadimiy fanlardan biridir.
Iqtisodiyotning 3 xil tushunchasi bor:
· Ishlab chiqarish munosabatlarining yig’indisi;
· Tuman xo’jaligi, mamlakat yoki mamlakatlar xo’jaligi yoki dunyo xo’jaligi;
· Iqtisodiy munosabatlarni tarmoqlararo yoki funktsional aspektlarini
(tomonlarini) o’rganadigan fan tarmog’i.
“Milliy iqtisodiyot” atamasi esa keyingi yillarda “mamlakat iqtisodiyoti”,
“respublika iqtisodiyoti”, “milliy xo’jalik”, “xalq xo’jaligi”, “ijtimoiy ishlab
chiqarish” tushunchalarining sinonimi sifatida ilmiy adabiyotga, boshqarish va
xo’jalik amaliyotiga kirib keldi.
Milliy iqtisodiyotning quyidagi xarakterli belgilari va shart-sharoitlari
mavjud:
- milliy va davlat suvereniteti;
- hududiy yaxlitlik;
- iqtisodiy maydon va huquqiy muhit birligi;
- yagona to’lov vositasi – milliy pul birligi, moliya tizimi yaxlitligi;
-
ichki bozorning rivojlanganligi, tashqi iqtisodiy va geopolitik
munosabatlarning barqarorligi va boshqalar.
Milliy iqtisodiyot murakkab tizim sifatida tashkiliy, tuzilmaviy, resurs,
institutsional va boshqa kichik tizimlar, komponentlardan tarkib topadi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling