O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon iqtisodiyoti
Iqtisodiy faoliyat – u yoki bu mamlakat, butun insoniyat alohida
individlari, guruhlari, ijtimoiy qatlamlarning faoliyatidir. Iqtisodiy faoliyat – bu moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko’rsatish, iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan xatti-harakatlardir. Bunday holatning mavjudligi tufayli, iqtisodiy faoliyat: birinchidan u yoki bu ehtiyojlarni qondirishning ustuvor ahamiyatga egaligi; ikkinchidan maqsadning dolzarbligi; uchinchidan boshqa muqobil maqsadlarga qaraganda unga erishish uchun to’lanadigan haqning narxini tanlash bilan bog’liq muammoni hal etadi. Bu uch holat iqtisodiy faoliyatning mazmunini ifodalaydi. Iqtisodiy faoliyatni o’rganishda milliy chegaralarini tanlab olish hozirgi zamon texnikasini, siyosatini rivojlanishini hamda umummilliy ko’rsatkichlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir davlat ma’lum bir sohani yoki umuman iqtisodiy faoliyatni muvaffaqiyatli rivojlantirishni u yoki bu sharoitlarini yaratadi. Bu o’z navbatida mamlakatning jahon iqtisodiyotida ma’lum o’rin egallashida katta ahamiyat kasb etadi. Jahon xo’jaligi insoniyatning butun tarixi davomida shakllangan jarayondir. Jahon xo’jaligining rivojlanishi ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, turli mamlakatlar va regionlar o’rtasida savdo-moliya,ishlab chiqarish munosabatlarining muntazam o’rnatilishi, eski tosh qurollaridan eng murakkab elektron hisoblash mashinalaridan foydalanishgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tdi. Jahon xo’jaligi dunyodagi barcha mamlakatlar milliy xo’jaliklarining jahon iqtisodiy aloqalari orqali uzviy bog’langan va tarixan shakllangan majmuasidir. SHunday qilib, jahon xo’jaligi yoki Jahon iqtisodiyoti doimiy o’zgarishda va xarakatda bo’ladigan, bir-biriga o’zaro ta’sir etuvchi, xalqaro aloqalarga intiluvchi milliy xo’jaliklar yig’indisidir. Jahon iqtisodiyoti haqida o’quv qo’llanmaning oxirgi boblarida batafsil to’xtalamiz. O’zbekiston Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling