O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

ro’yobga chiqarildi.
Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) – mavjud kadrlar tayyorlash tizimini ijobiy
salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun xuquqiy,
kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlari yaratildi.
Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) – Milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat
bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar
kiritildi.
Uchinchi bosqich (2005-2009 yil) – to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish
asosida, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash
tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Bu bosqichning asosiy vazifalari quyidagilar edi:
1. Majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek,
o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o’tish to’liq
amalga oshirildi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ijtimoiy rivojlanishning barcha sohalarida ta’limning
ustuvorligini bildiradigan davlat siyosatining mohiyatini ifodalaydi. Respublikamizda yalpi
harajatlar tarkibida ta’lim tizimi uchun harajatlar 1990 yilda 17,9 % dan 2012 yilda 34,0 % dan
ortiqrog’i ta’lim sohasiga e’tibor oshayotganligining yaqqol isbotidir. Ta’lim uchun sarf-
xarajatlarning bu miqdori bo’yicha O’zbekiston jahonning yetuk mamlakatlariga
yaqinlashganligini borayotganligini isbotlaydi.
2013 yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakatimizda oliy o’quv yurtlari faoliyatini
baholashning reyting tizimi joriy etilmoqda. Reyting tuzish vazifasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Davlat Test markazi zimmasiga yuklanadi. Reyting tizimini joriy qilinishi oliy o’quv


112
yurtlari o’rtasida sog’lom raqobat va musoboqa muhitini shakllantirish, yuqori malakali kadrlash
tayyorlash darajasi hamda sifatini yanada oshirish bo’yicha aniq takliflarni ishlab chiqish
imkoniyatini vujudga keltiradi.
Oliy ta’lim muassalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutahassislar
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha 2011-2016 yillarga mo’ljallangan dasturni
amalga oshirish uchun 277 mlrd so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirish ko’zda tutilgan.
Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilarni o’z ichiga
oladi:
1. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;
2. Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish;
3. Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;
4. Ma’naviy va axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlarni takomillashtirib borish;
5. Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlab borish va o’qitish;
6. Ta’lim tizimini boshqarish;
7. Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
8. Ta’lim tizimini moliyalash;
9. Moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash;
10. Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish;
11. Ta’lim xizmati ko’rsatish bozorini rivojlantirish;
12. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan
qo’llab quvvatlash;
13. Fan va ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish;
14. Ishlab chiqarish va ta’lim tizim integratsiyalashuvini rivojlantirish;
15. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi halqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling