O’zbekiston respublika xalq ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana07.11.2020
Hajmi1.16 Mb.
#141675
1   2   3   4
Bog'liq
mikrobiologiya fanidan laboratoriya mashgulotlari


 

12 – rasm. Quritgich shkaflar: 

a – zamonaviy shkaf; b – Paster pechkasi. 

 

 



 

6-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 

Pichan basillasining elektiv kulьturasini tayyorlash. 

 

Kerakli  jihozlar:  quruq  pichan,  tarozi,  bitta  katta  va  bir  nechta  kichik  kolba, 

elektr plitka, oq  bo’r, termostat. 



Nazariy tushuncha: Bir necha xil mikroorganizmlar aralashmasida bir turning 

rivojlanishini  ta’minlash  usuli  elektiv  kulьtura  tayyorlash  deb  ataladi.  Elektiv 

kulьtura  tayyorlashdan  oldin  tekshiriladigan  organizmning  yashash  va  rivojlanish 

sharoitini  bilib  olish  kerak.  Pichan  badillasining  yaxshi  rivojlanishi  uchun  aerob 

(kislorodli)  sharoit  bo’lishi  lozim.  Bundan  tashqari,  bu  basilla  geterotrof  organizm 

bo’lganligi  sababli  uning  rivojlanishi  uchun  etarli  miqdorda  organik  oziq  ham  talab 

etiladi. Bu sharoitda ko’pchilik mikroorganizmlarning yashash va rivojlanish jarayoni 

ancha  qulay  bo’ladi.  Ular  orasidan  pichan  basillasini  ajratib  olish  uchun  basilla 

sporasining  issiqqa  chidamliligidan  foydalaniladi.  Pichan  basillasining  sporalari  2 

soat qaynatilganda ham o’z hayot faoliyatini yo’qotmasdan saqlab qoladi. Spora hosil 

qiluvchi  bakteriyalarning  ko’pchiligi  va  spora  hosil  qilmaydigan  bakteriyalarning 

hammasi eritma qaynatilgandagina nobud bo’ladi. 



Ishning  borishi:  Pichan  basillasining  elektiv  kulьturasi  quyidagicha 

tayyorlanadi:  20-25  g  maydalangan  quruq  pichan  hajmi  200-300  ml  suvli  kolbaga 

solinib, 30 minut qaynatiladi. Bu aralashmadagi sharoitni neytrallash uchun unga 1-2 

g  maydalangan  oq  bo’r  qo’shiladi.  Aralashma  qaynatilganda  pichan  tarkibidagi 

organik  moddalar  eritmaga  o’tadi  va  sporadan  o’sib  chiqqan  basilla  uchun  oziq 

bo’ladi.  YUqorida  ko’rsatilgan  vaqt  o’tgandan  so’ng  qaynatilgan  suyuqlikdan  3  ta 

toza  kolbaga  1-2  sm

3

  dan  quyib  olinadi.  Kolbalarning  og’zi  paxtadan  qilingan  tiqin 

bilan bekitiladi va 30° issiq termostatda 1-4 kun saqlanadi. So’ngra tekshiriladi. 

 

 



7-LABORATORIYA MASHG’ULOTI  

Mikroorganizmlarning kislorodga munosabatini aniqlash. 

 

Kerakli  jihozlar:  YArmigacha  qattiq  oziq  muhiti  quyilgan  probirkalar  yoki 

 

13 


silindr. 

Ishning  borishi:  Mikroorganizmlarning  turini  aniqlashda  ularning  kislorodga 

bo’lgan  munosabatiga  ham  e’tibor  berish  zarur.  Kislorodga  bo’lgan  munosabatiga 

karab ular quyidagi uch gruppaga bo’linadi: 

a)      aerob      mikroorganizmlar-havo  o’tib  turadigan  sharoitda  normal 

rivojlana oladi, havosiz sharoitda rivojlanmaydi; 



b) anaerob bakteriyalar-havosiz sharoitda normal o’sadi va rivojlanadi; 

v)   fakulьtativ anaerob bakteriyalar-kislorodli va kislorodsiz sharoitda ham 

bemalol  o’sadi  va  rivojlanaveradi.  Agar  qattiq  oziq  muhitli  silindr  yoki  probirkaga 

mikroorganizmlar, ukol vositasida yuqtirilsa, ularning kislorodga bo’lgan munosabati 

yaqqol  ko’rinadi.  Jumladan,  aerob  bakteriyalar  oziq  muhitining  ustki  tomonida, 

anaerob bakteriyalar pastki tomonida, fakulьtativ anaerob bakteriyalar esa har  ikkala 

tomonida rivojlanganligi aniqlanadi (21-rasm). 



 

21 – rasm. Mikroorganizmlarning kislorodga bo’lgan munosabatlari:

 

a – aerob;                               



b – fakulьtativ anaerob; v – haqiqiy anaerob sharoitda o’suvchi formalari. 

 

 



 

 

8-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 



Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning sonini aniqlash (0. G. 

SHulьgina tomonidan o’zgartirilgan S. N. Vinogradskiy usuli). 

 

Kerakli  jihozlar:      mikroskop,      mikropipetka,      tuproq,      buyum  oynalari, 

karbol kislotali eritrozin buyog’i, okulyar mikrometr. 



Nazariy 

tushuncha: 

Tuproq 

mikroflorasi

Tuproq 


tarkibidagi 

mikroorganizmlarning soni million va milliardlar bilan ifodalanadi. Ba’zi olimlarning 

ma’lumotiga ko’ra, 1 g tuproq tarkibida 2,5-5  milliardgacha  mikroorganizm  bo’ladi. 

Bir gektar erdagi mikroorganizmlarning umumiy vazni 3-5 t ga etib qoladi. 

Tuproqning  fizik  va  kimyoviy  xossalari,  unda  oziq  moddalarning  ko’pligi, 

namlik  va  havoning  etarli  darajada  bo’lishi  turli-tuman  mikroorganizmlarning 



 

14 


rivojlanishi 

uchun 


juda 

qulay 


sharoit 

hisoblanadi. 

Tuproq 

tarkibidagi 



mikroorganizmlarning  soni  va  xili  kun  sayin  ko’payib  hamda  o’zgarib  turadi.  Ular 

odatda,  inson,  hayvon  va  o’simlik  qoldiqlari  hisobiga  ko’payadi.  Arktikada  va  issiq 

Sahara qumlarida ham minglab, millionlab uchraydi. 

S.  Razumov  va  R.  Remezovning  ma’lumotiga  ko’ra,  tuproqning  ustki 

qatlamida  mikroorganizmlarning  soni  ko’p  bo’lib,  chuqurlashgan  sari  kamaya  borar 

ekan.  Tuproq  qatlami  chuqurlashgan  sari  mikroorganizmlarning  soni  kamaya 

borishiga  ularning  tuproq  zarrachalari  tomonidan  yutilib  ketishi  sabab  bo’ladi. 

Tuproq  tarkibidagi  mikroorganizmlarning  soni  yil  fasllariga  qarab  ham  o’zgarib 

turadi.  Ular  tuproq  strukturasini  yaxshilashda,  uni  chirindiga  boyitishda  juda  katta 

rolь o’ynaydi. 

Tuproq  tarkibidagi  mikroorganizmlar  juda  xilma-xil  bo’lganligidan  ular  bir-

biriga salbiy  yoki  ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni bir-biri bilan simbioz holda yoki bir-

biriga antagonist bo’lib hayot kechiradi.  

Ishning borishi: Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun 5 

g  tuproq  olib,  250  ml  hajmli  kolbaga  solinadi.  SHu  kolbaga  50  ml  sterillangan  suv 

qo’shib  5  minut  chayqatgandan  so’ng  1-2  minut  tindiriladi.  So’ng  buyum  oynasiga 

eni  1  sm  va  uzunligi  4  sm  keladigan  kvadrat  chizib,  unga  yuqorida  tayyorlangan 

eritmadan 0,01 ml olib bir tekisda yuqtiriladi. Bu mazok quritilgandan so’ng absolyut 

spirt  eritmasi  bilan  yoki  spirt  lampa  alangasida  fiksasiyalanib,  karbol  kislota  (fenol) 

da  eritilgan  eritrozin  bo’yog’i  bilan  bo’yaladi.  30  minutdan  keyin  bo’yoq  yuvilib, 

preparat  quritiladi  va  bir  tomchi  kedr  moyi  tomizib  immersion  ob’ektiv  orqali 

mikroskopda  kuzatiladi.  Endi  1  g  tuproq  tarkibidagi  mikroorganizmlar  sonini 

aniqlash uchun quyidagi ishlar bajariladi. 

1.  Mikroskop  orqali  ko’ringan  doiraning  umumiy  sathi  aniqlanadi.  Buning 

uchun  okulyar  mikrometr  yordamida  doira  radiusi  aniqlanib,  tubanda  ko’rsatilgan 

formula asosida doiraning umumiy sathi topiladi: 

S = p r


2

 

Bunda, S-istalgan doira yuzasini: 



P-3,14  (3,14159)  irrasion    son-doira      aylanasining  doira  diametriga  bo’lgan  nisbatini 

bildiradi;  

r

2

-doira radiusini ifodalaydi.  



Masalan,      doira  radiusini  0,075      yoki  0,08  nm  ga  teng  deb  olib,      yuqoridagi      formula   

asosida  doiraning   umumiy   sathi topiladi: 

S = p r

2



   S = 3,14 x (0,08)

= 3,14 x 0,0064  =  0,020094. 



Demak,   mikroskopda   ko’ringan   doiraning   umumiy   sathi 0,020094 yoki 0,02 mm

2

 ga 

teng deb olindi. 

2.    Mikroskop  doirasida      ko’ringan      mikroorganizmlar      soni  sanaladi.  Bu 

ishni  bajarish  uchun  ularning  doira  ichidagi  soni      aniqlanib    daftarga      yoziladi. 

So’ng  stolchani      harakatlantiradigan  vintlar  yordamida  preparatni  siljitib,  uning 

boshqa  joyida   ko’ringan  doira  ichidagi  mikroorganizmlar soni ham daftarga yozib 

qo’yiladi.  SHunday  tarzda,  preparatni  harakatlantirib,        50-100        doiradagi    

mikroorganizmlar    soni aniqlangach, ularning o’rtacha soni topiladi. Faraz qilaylik, 

kuzatilgan      50    doira    ichida    1500  dona    mikroorganizm      bo’lsa,  bitta      doira  

ichidagilarining  o’rtacha  soni: 1500 : 50 = 30  dona bo’ladi. Demak, olingan tajriba 

dalillariga  asoslanib,  bitta  doira  ichidagi  mikroorganizmlar  soni  30  dona  deyish 



 

15 


mumkin. 

3.    YUqoridagi    sonlarga      asoslanib,    tajriba    o’tkazilayotgan  buyum 

oynasining    4  sm  yuzasiga    yuqtirilgan  yoki  0,01    g  (ml)  aralashma  ichidagi 

mikroorganizmlarning  umumiy  sonini  aniqlash  uchun  quyidagi  tenglamadan 

foydalanamiz: 

       0.02 mm

2

    –    30 bona bakteriya 



       4sm

= 400 mm



 –  x dona bakteriya      x = 400 x 30 / 0,02 = 600 000 dona                               

1  g  tuproq  tarkibidagi  mikroorganizmlar  sonini  aniqlash  uchun  tubandagi 

tenglamadan  foydalanamiz  (buning  uchun  0,01  ml  aralashmadagi  tuproqning 

og’irligini 0,001 g ga teng deb olamiz): 

                   0,001g    –    600000          

                     1 g    –    x 

        x = 1 x 600 000 / 0,001 = 600 000 000 dona 

Demak, tekshirilgan tuproqning bir gramida 600 000 000 dona mikroorganizm 

borligi aniqlanadi. 

 

 

9–LABORATORIYA MASHG’ULOTI 



Havo tarkibidagi mikroorganizmlarni aniqlash va ularni bir-biridan 

ajratib olish. 

 

Kerakli  jihozlar:  Petri  idishlari,  probirkada  sterillangan  GPA  yoki  GPJ  oziq 

muhitlari, termostat, Volьfgyugelь kamerasi. 



Nazariy tushuncha: Havo mikroflorasi. Tuproqdan ko’tariladigan chang o’zi 

bilan  birga  mikroorganizmlarni  ham  havoga  tarqatib,  havoni  ifloslaydi.  Xavoning 

quruq  bo’lishi  va  ulьtrabinafsha  nurlarning  ta’siri  havodagi  mikroorganizmlarning 

hayoti uchun xavflidir. 

Havodagi  mikroorganizmlar  soni  yil  fasllariga  qarab  o’zgarib  turadi.  Bu 

mikroorganizmlar  qish  faslida  oz,  yozda  ko’p,  kuzda  va  bahorda  o’rtacha  bo’ladi. 

Havoning yuqori qatlamlariga ko’tarilgan sari mikroorganizmlar soni kamaya boradi. 

Ishning  borishi:  Bu  mashg’ulotni  o’tkazishda  Kox  usulidan  foydalanish 

mumkin.  Bunda  go’sht-pepton-agarli  (GPA)  yoki  go’sht-pepton-jelatinali  (GPJ) 

qattiq oziq muhiti ishlatiladi. 

Mashg’ulot uchun kerakli oziq muhiti Petri idishiga solinib, plastinka shaklida 

qotiriladi, so’ngra idishning qopqog’i olinib, bir necha (5-10) minut ochiq qoldiriladi. 

Keyin qopqog’ini bekitib, 25-30° li termostatga qo’yiladi. 

Qattiq  oziq  muhitidagi  har  bir  mikroorganizm  hujayrasi  ko’payib  o’ziga  xos 

koloniyalar  hosil  qiladi.  Bu  koloniyalar  (to’dalar)  mikroorganizmning  turiga  qarab 

har xil shaklda bo’ladi va turli rangda tovlanib turadi. Bir necha kun o’tgandan so’ng 

Petri  idishidagi  qattiq  oziq  muhitida  paydo  bo’lgan  koloniyalarning  soni  havo 

tarkibida qancha mikroorganizm borligini aniqlashga imkon beradi. 

Petri  idishidagi  oziq  muhitida  bakteriyalar  sonini  Volьfgyugelь  kamerasi 

yordamida  aniqlash  juda  oson.  Buning  uchun  kamera  ichiga  Petri  idishi  to’ntarib 

qo’yiladi.  Kameraning  yuqori  tomonidagi  oyna  1  sm

2

  ga  teng  bo’lgan  kataklarga 

bo’lingan.  Petri  idishining  sathiga  ro’parama-ro’para  kelgan  10-20  katakchadagi 

koloniyalarning sonini sanab, 1 sm

2

 sathga teng kelgan bakteriyalarning o’rtacha soni 



 

16 


topiladi,  so’ngra  bu  son  idishdagi  oziq  muhitining  umumiy  sathiga  ko’paytiriladi. 

Natija havoning mikroorganizm bilan ifloslanganlik darajasini ko’rsatadi (22-rasm). 1 

m

3

  havo  tarkibidagi  mikroorganizmlar  sonini  topish  uchun  avval  100  sm



2 

oziq 


muhitidagi  mikroorganizmlar  koloniyasini  aniqlash  kerak.  CHunki    V.  S. 

Omelyanskiy  ma’lumotiga  ko’ra,  10  l  havo  tarkibida  bo’lgan  mikroorganizmlar  5 

minut ichida 100 sm

2

 yuzaga o’tirar ekan. Bu ko’rsatkich aniqlangandan so’ng        1 



m

3

,  ya’ni  1  000  litr  havo  tarkibidagi  mikroorganizmlar  sonini  aniqlash  juda  oson 



bo’ladi. Masalan, Petri idishining umumiy sathini 70,84 sm

2

 ga teng  

 

22 - rasm. Volьfyugelь kamerasi. 



a - kataklarga bo’lingan plastinka; 

 b - plastinka tagiga joylangan buyumli Petri chashkasi. 

 

deb  olib,  tajriba  natijasiga  ko’ra,  undagi  oziq  muhitida  25  dona  bakteriya 



koloniyasi  bor  deb  faraz  qilaylik,  u  vaqtda  100  sm

2

  yuzaga  to’g’ri  keladigan 

mikroorganizmlar koloniyasini aniqlash uchun quyidagicha proporsiya tuziladi: 

      70,84 sm

2  

 ––   25 dona 



       100sm

2

   ––   X  dona 



 

 

35



84

,

70



2500

84

,



70

25

100





х

х

dona 


Demak, V. S. Omelyanskiy ma’lumotlariga asoslanib, 10 litr havo tarkibida 35 

dona bakteriya koloniyasi borligi aniqlandi. Endi 1 m

3

ya’ni 1000 l havo tarkibidagi 

bakteriyalar koloniyasini aniqlash uchun tubandagicha proporsiya tuziladi: 

          10 l  –– 35 dona 

           100 l  ––  X  dona 

 

 

3500



1

3500


10

35

1000





х

х

dona 


 

 

10-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 

Suvdagi mikroblar sonini aniqlash. 

 

Nazariy tushuncha:  Suv  mikroflorasi. Suv  tarkibidagi organik  va anorganik 

moddalarning  miqdoriga  qarab,  mikroblarning  soni  ham  turlicha  bo’ladi.  Suvdagi 

mikroblarning  ko’pchiligi  saprofit  hayot  kechiradi.  Ular  orasida  kasallik 

qo’zg’atuvchi  mikroorganizmlar  ham  uchraydi.  Bularning  ko’pchiligi  suv  ostidagi 



 

17 


loyqaga  joylashadi.  Uning  tarkibida  mikroblar  yashashi  uchun  barcha  zarur  sharoit 

mavjud.  Lekin  suvga  tushgan  quyosh  nurlari  va  suv  tarkibidagi  bakteriofag,  sodda 

hayvonlar, 

antagonist 

organizmlar 

ishlab 


chiqargan 

mahsulotlar 

ta’sirida 

mikroorganizmlar  keng  tarqala  olmaydi.  SHuning  uchun  suvda  mikroblar  soni 

tuprokdagiga nisbatan ancha kam bo’ladi. 

         Ishning borishi: Suvdagi  mikroblar sonini aniqlash uchun  Petri  idishiga 

1  ml  suv  quyib,  unga  eritilgan  GPJ  yoki  GPA  dan  10-12  ml  chamasi  qo’shib 

aralashtiriladi.  GPJ  yoki  GPA  qotib  qolgandan  so’ng  idish  25-30°  li  termostatga 

qo’yilib  bir  sutka  saqlanadi.  SHundan  so’ng  qattiq  oziq  muhitida  hosil  bo’lgan 

bakteriya,  mikroblar  koloniyasining  soni  Volьfgyugelь  kamerasi  yordamida 

aniqlanadi.  

 

 



 

11 – LABORATORIYA MASHG’ULOTI 

Oqsil chirishi jarayonida ishtirok etadigan bakteriyalarni aniqlash. 

 

Kerakli jihozlar: kolba, pepton (eruvchan oqsil), tuproq, qizil lakmus qog’oz, 

qo’rg’oshin  asetat  [Rb(SN

3

SOO)


2

]  tuzi  eritmasi  va  oksalat  kislota  (N

2

C

2



O

4

), 



shimdirilgan  qog’ozlar,  tiqin  tayyorlash  uchun  paxta,  buyum  oynalari,  fuksin, 

mikroskop, bakterial ilmoq, immersion moy (kedr moyi). 



Nazariy tushuncha: Ammonifikasiya jarayoni.   Oqsil  va   tarkibida   azot   

bo’lgan  boshqa  organik  birikmalar  parchalanib,  o’zida  ammiak  hosil  qilishi 



ammonifikasiya  deyiladi.  Odatda,  bu  jarayon      oqsilning      chirishi  deb  aytiladi. 

Oqsil  chirishi  jarayonida  ammiakdan      tashqari,      N

2

S,  indol  (S



8

N

7



N),      metil-

merkaptan      (SN

3

SN),  fosfat  kislota  (N



3

RO

4



)  va  boshqa  birikmalar  hosil  bo’ladi. 

O’zidan  tashqi    muhitga  proteolitik  fermentlar  ishlab  chiqaradigan  tirik   

organizmlargina      bevosita  oqsilga  ta’sir  qila  oladi  va    uni      parchalaydi.      Boshqa   

organizmlar  pepton  va  aminokislotalarni  ammiakkacha  parchalashi  mumkin. 

Ammonifikasiya    jarayonida      bakteriyalardan  tashqari,    aktinomisetlar  va  mog’or  

zamburug’lari  ham    qatnashadi.  Ammonifikasiya    jarayoni  tabiatda    keng  tarqalgan  

bo’lib,    qishloq  xo’jaligida  juda  muhim  rolь  o’ynaydi.  Bu  jarayonda  hayvon  va 

o’simliklar qoldig’i tarkibidagi azotli organik moddalar parchalanib,  o’simliklarning  

oziqlanishi  uchun  zarur   bo’lgan  mineral moddalar  hosil bo’ladi. SHuni  ham aytib 

o’tish  kerakki,  agar  tabiatda  ammonifikasiya  jarayoni    yuz  berib  turmasa,  er  shari 

o’simlik va hayvonlar  qoldig’i  bilan to’lib  ketgan bo’lar edi. 

Demak, ammonifikasiya jarayoni tabiatda azotning aylanishida birinchi tartibli 

jarayon  bo’lib  hisoblanadi.  Bu  jarayonda  qatnashuvchi  bakteriyalar  juda  xilma-xil 

bo’lib,  ularning  ba’zi  turlari  anaerob,  ikkinchi  xil  turlari  aerob  sharoitda  hayot 

kechiradi. Bu jarayonda fakulьtativ anaerob bakteriyalar ham ishtirok etadi. 

        Ishning  borishi:  Bu  ishni  bajarish  uchun  200  ml  hajmli  kolbaga  uning 

3/4 qismigacha 3% li pepton eritmasi to’ldirilib, eritma ichiga 0,5 g chamasida tuproq 

aralashtiriladi.  Tuproq  tarkibidagi  aerob  va  anaerob  bakteriyalar  ta’sirida  bu 

aralashmada ammonifikasiya prosessi boshlanadi. 

Kolba  og’ziga  qo’yilgan  paxta  tiqinning  bir  joyiga  qizil  lakmus  qog’oz, 

ikkinchi  joyiga  konsentrlangan  oksalat  kislota  (N

2

S

2



O

4

)  va  uchinchi  joyiga 



 

18 


qo’rg’oshin  asetat  [Rb(SN

3

SOO)



2

]  tuzi  eritmasi  shimdirilgan  qog’oz

 

parchalari  osib 



qo’yiladi.  Bakteriyalarga  qulay  sharoit  yaratish  uchun  kolba  30°  li  issiq  termostatga 

qo’yiladi (23-rasm). 

Oradan  bir  necha  kun  o’tgach,  kolba  tiqiniga  osib  qo’yilgan  qog’ozlarning 

rangi o’zgargan-o’zgarmaganligi tekshiriladi.  Jumladan, kizil lakmus qog’oz jarayon 

vaqtida  ajralib  chiqqan  ammiak  ta’sirida  ko’k  rangga  kiradi.  Qo’rg’oshin  asetat 

tuzining  eritmasi  shimdirilgan  qog’oz  N

2

S  ishtirokida  qora  rangga,  oksalat  kislota 



shimdirilgan qog’oz indol ta’sirida pushti rangga bo’yaladi. 

Bu 


reaksiyalarning 

hammasi 


ammonifikatorlar 

ta’sirida  peptonning 

parchalanishi natijasida vujudga kelgan mahsulot borligini isbotlaydi. 

 

  



 

23 - rasm. Ammonifikasiya jarayonini tekshirish uchun tajribaning qo’yilishi: 

 a - qizil lakmus qog’oz;  

 b - oksalat kislota (N

2

S

2



O

4

) tuzi eritmasi shimdirilgan filьtr qog’oz; 



 v - qo’rg’oshin asetat (Pb(SN

3

SOO)



2

) tuzi eritmasi shimdirilgan filьtr qog’oz.    



 

Aerob  sharoitda  yashab,  oqsilning  chirishida  ishtirok  etadigan  bakteriyalarni 

ko’rish  uchun  kolbadagi  suyuqlikning  yuza  qavatidan  sterillangan  ilmoq  yordamida 

bir  tomchi  olib  mazok  tayyorlanadi.  Mazok  quritilib,  fiksasiyalangandan  va  fuksin 

bilan  bo’yalgandan  so’ng  unga  bir  tomchi  kedr  moyi  tomizilib,  mikroskopning 

immersion sistemasi orqali tekshiriladi. 

          Mikroskopda  oval  shaklli  spora  hosil  qiladigan  kichik  tayoqcha-basillus 

mikoides  (Bacillus  mycoides)  borligi  ko’rinadi.  Bu  basilla  peritrix  tipda  joylashgan 

xivchinli  bo’lib,  oqsilni  ammiakkacha  parchalaydi.  Qattiq  oziq  muhiti  betida 

zamburug’  misellalari  (iplari)  ga  o’xshash  koloniyalar  hosil  kiladi    (24-rasm,  a). 

Oqsilning chirishida pichan basillasi (Bacillus subtilis) ham faol qatnashadi (25-rasm, 

b).  Oqsilning  anaerob  sharoitda  parchalanishida  qatnashadigan  basillus  putrifikans 

(Bacillus  putricus)  ning  bor-yo’qligini  aniqlash  uchun  kolbadagi  suvning  pastki 

qatlamidan  bir  tomchi  eritma  olib  mazok  tayyorlanadi.      Mazok        quritilgandan   

so’ng      bo’yaladi      va    mikroskopda  tekshiriladi.  Bo’yalgan  mazokda  spora  hosil 

qiluvchi, baraban tayoqchasi shaklidagi basilla borligi ko’rinadi (26-rasm, v).  



 

19 


Proteus  vulgarus  (Proteus  vulgaris)  nomli  bakteriya  esa  ingichka  tayoqchalar 

shaklida  ko’rinadi.  Bu  bakteriya  spora  hosil  qilmaydi.  Oqsilning  parchalanishi 

natijasida  indol  va  N

2

S  hosil  bo’ladi.  Agar  muhitga  uglevod  berilsa,  bu  holda 



karbonat  angidrid  va  vodorod  gazlari  ham  ajraladi.  Proteus  vulgaris  fakulьtativ 

anaerob bakteriya bo’lib, aerob va anaerob sharoitda hayot kechiradi. 

 

 

24 - rasm. Ammonifikasiya jarayonida qatnashadigan mikroorganizmlar: 

a - basillus mikoydes (Bacillus mycoides); 

chap tomonda spora hosil qilish oldidagi vegitativ hujayralar, 

o’ng tomonda koloniyalari. 

 

25 - rasm.  Ammonifikasiya jarayonida qatnashadigan mikroorganizmlar: 

b - basillus subtilis (Bacillus subtilis) 

 

 

26 - rasm. Ammonifikasiya jarayonida qatnashadigan mikroorganizmlar: 

        v - basillus putrifikus (Bacillus putricus);  g - proteus vulgaris (Proteus vulgaris) 

 

 


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling