O’zbekiston respublika xalq ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti


Sut kislotali bijg’ish jarayonida quyidagi bakteriyalar ishtirok etadi


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana07.11.2020
Hajmi1.16 Mb.
#141675
1   2   3   4
Bog'liq
mikrobiologiya fanidan laboratoriya mashgulotlari


Sut kislotali bijg’ish jarayonida quyidagi bakteriyalar ishtirok etadi: 

1.  Streptokokkus    laktis  (Streptococcus  lactis)  sporasiz  tayoqchalardir.  Bu 

bakteriyalar  zanjir  halqalari  shaklida  bir-biriga  ulanib  turadi  va  30—38°  issiqda 

yaxshi rivojlanadi. Ular mono va disaxaridlarni osonlik bilan parchalab,     1 % gacha 

sut kislota hosil qiladi. 



2.    Laktobakterium  bulgarikum  (Lactobacterium  bulgaricum)  15  dan  20 

 

29 


mkm  gacha  kattalikdagi  sporasiz  tayoqchalardir.      Bu  bakteriyalar      glyukoza, 

galaktoza   va laktozani bijg’itib, 3,2% gacha sut kislota hosil qiladi. 40-48° haroratda 

yaxshi rivojlanadi. 

3.    Bakterium  delbryukki  (Bacterium  delbriickii)  bolgar  tayoqchasiga 

o’xshaydi. Bu bakteriyalar sanoatda sut kislota hosil qilish uchun ishlatiladi. Ularning 

oziqlanish  muhitiga  oq  bo’r  qo’shilsa,  to’plangan  sut  kislota  miqdori  10%  ga  etib 

qoladi. 


4.  Bakterium brassika (Bacterium brassicae) va bakterium    kukkumeris    

fermentati (Bacterium cucumeris fermentate).   

 Bu  bakteriyalarning    birinchisi    karam,  ikkinchisi  esa  bodring  tuzlashda 

ishtirok etadi (40-rasm)

 Bulardan  tashqari,  tabiatda  bakterium  koli  (Bacterium  coli)  nomli 

bakteriyalar  ham  keng  tarqalgan  bo’lib,  ular  odam  va  hayvonlar  ichagida  yashaydi

Bu  bakteriyalar  shakarni  parchalagan  vaqtda  sut  kislotadan  tashqari,  sirka  kislota, 

SO

2

 va vodorod hosil bo’ladi. 



Ishning borishi: Sut kislota hosil bo’lganligini aniqlash uchun 

 

40 - rasm. Sut kislotali bijg’ish jarayonida qatnashuvchi bakteriyalar: 

a – streptokokkus laktis (Streptococcus lactis);   

b - bakterium bulgarikum (Lactobacterium bulgaricum). 



 

                        v – bakterium kukumeris fermentati                   g -  bakterium koli  

                   (Bacterium cucumeris fermentate)                            (Bacterium coli) 

Uffelьman  reaksiyasi  o’tkaziladi.  Buning  uchun  probirkaga  fenolning  1%li 

eritmasidan 3  ml  quyib,  unga bir  necha tomchi G’eS1

3

 eritmasi qo’shilsa, aralashma 



ko’k  rangga  kiradi.  SHu  probirkaga  tuzlangan  bodring

 

yoki  karam  namakobi 



qo’shilgandan  keyin  eritmaning  rangi  sarg’aysa,  bu  hodisa  sut  kislota  borligini 

ko’rsatadi. Qatiq tarkibida sut kislota borligini aniqlashda ham shu hodisa yuz beradi. 

Sut  kislotali  bijg’ish  jarayonini  qo’zg’ovchi  bakteriyalarni  aniqlash  uchun 

tuzlangan bodring va karam namakobidan bakteriyali preparat tayyorlanadi.  



 

30 


Qatiqdan  quyidagi  usulda  preparat  tayyorlanadi:  oddiy  buyum  oynasida 

qatiqdan  mazok  tayyorlanib,  quritiladi.  Fiksasiya  qilish  uchun  mazok  ustiga  10 

tomchi  spirt  -  efir  aralashmasi  tomizilib,  so’ngra  5-10  minut  tinch  qoldiriladi.  Spirt-

efir  aralashmasi  ta’sirida  qatiq  tarkibidagi  yog’  zarrachalari  yo’qoladi,  bakteriyalar 

esa nobud bo’lib, oynaga yopishib qoladi. 

Ma’lum  vaqtdan  so’ng  mazok  Lyoffler  sinьkasi  bilan  bo’yaladi  va 

mikroskopda qaraladi. 

Mikroskopda  qaralganda  bu  preparatda  oval  shaklli  va  bir-biriga  zanjir 

halqalariga  o’xshab  ulangan  streptokokkus  laktis  hamda  uzun  tayoqcha  shaklidagi 

bakterium bulgarikum ko’rinadi. 

Bodring namakobida bakterium kukkumeris fermentati, karam namakobida esa 

bakterium brassika nomli bakteriyalar mayda tayoqcha shaklida ko’rinadi. 

 

 

 



16-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 

Kletchatka-sellyulozani bijg’ituvchi  bakteriyalarni aniqlash. 

 

Kerakli  jihozlar:  kolba,  filьtr  qog’oz,  (NN

4

)



3

PO

4



,  MgSO

4

,  K



2

HPO


4

,  NaCl, 

CaCO

3

 tuzlari va G’eSO



4

 tuzining 1% li eritmasi, egri nay o’rnatilgan kauchuk tiqin, 

suv solingan idish, mikroskop, buyum oynalari, fuksin bo’yog’i, spirt lampa. 

Nazariy  tushuncha:  Sellyulozaning  bijg’ishi.  O’simliklar  hujayrasining 

po’sti,  asosan,  sellyuloza  yoki  kletchatka  deb  atalgan  moddadan  tuzilgan.  Er  betiga 

va  tuproq  tagiga  tushib  qolgan  o’simlik  qoldiqlari  turli  bakteriya,  zamburug’  va 

boshqa  tirik  organizmlar  ta’sirida  parchalanadi.  Sellyuloza-kletchatkani  faqat  o’z 

organizmida  sellyulaza  va  sellobiaza  fermentlari  ishlab  chiqaradigan  bakteriyalar 

parchalaydi. 

Tabiatda  bu  bakteriyalar  borligini  birinchi  marta  rus  mikrobiologi  V.  A. 

Omelyanskiy  aniqlab,  sellyuloza  bijg’ishi  jarayonining  kimyoviy  tomonini  ko’rsatib 

berdi.  Uning  aytishicha,

 

birinchi  bosqichda  bakteriyalar  tomonidan  ajratilgan 



fermentlar  ta’sirida  sellyuloza  oddiy  shakarlarga  parchalanadi.  Bu  jarayon 

quyidagicha boradi: 

(C

6

H



10

O

5



)n  +  nH

2

O    nC



6

H

12



O

6

 



Ikkinchi  bosqichda  bakteriyalar  glyukozani  moy  va  sirka  kislotalargacha, 

vodorod  va  metan  gazlarigacha  parchalaydi.  Hosil  bo’lgan  mahsulotlarning  turiga 

qarab,  bu  jarayonlar  vodorodli  yoki  metanli  bijg’ish  deb  ataladi.  Sellyulozaning, 

bijg’ishida bakteriyalarning quyidagi turlari ishtirok etadi: 

1. Vodorodli bijg’ishda basillus sellyuloza xidrogenikum (Bacillus cellulosae 

hydrogenicus) nomli bakteriya  qatnashadi va reaksiya tubandagicha boradi: 

S

6



N

12

O



  SN


3

SN

2



SN

2

SOON  + SN



3

SOON  + SO

 +  N


2   

+  X kkal. 

                      moy kislota                        sirka kislota               vodorod 

Bu  bakteriyaning  uzunligi  10-12  mkm  keladi.  Sporalari  vegetativ  hujayraning 

bir qutbida joylashganligi sababli, baraban tayoqchasiga o’xshab ko’rinadi. 

2.  Metanli  bijg’ishda  basillus  sellyuloza  metanikus  (Bacillus  cellulosae 



methanicus)  nomli  bakteriya  qatnashadi.  Reaksiya  vaqtida  vodorod  o’rniga  metan 

 

31 


gazi ajralib chiqadi. Bu reaksiya tubandagicha boradi: 

S

6



N

12

O



6

 SN


3

SN

2



SN

2

SOON + SN



3

SOON + SO

2

 + SN


4  

+X kkal. 

                      moy kislota                     sirka kislota              metan 

Metanli  bijg’ishda  qatnashadigan  basillalar  hujayrasining  hajmi  vodorodli 

bijg’ishda  qatnashadigan  basillalarning  hajmidan  kichik  bo’ladi.  Hozir  sellyuloza 

bijg’ishini qo’zg’ovchi bakteriyalar V. A. Omelyanskiy nomi bilan Bac. Omelanskii 

deb yuritiladi. 

Vodorodli  bijg’ishda  bir  molekula  moy  kislotaga  1,7  molekula  sirka  kislota 

to’g’ri kelgani holda, metanli bijg’ishda bir molekula moy kislotaga 9 molekula sirka 

kislota  to’g’ri  keladi.  YUqorida  aytib  o’tilgan  bakteriyalar  hujayrasida  ximiyaviy 

tuzilishi jihatidan kraxmalga o’xshagan granulyoza moddasi uchraydi. 

Fekaliyda  uchraydigan  basillus  sellyuloza  dizolvens  (Bacillus  cellulosae 



dessolvens)  nomli basilla  ham  kletchatkani parchalashda qatnashadi. Uning  uzunligi 

1mkm  bo’lib,  u  oval  shakldagi  spora  hosil  qiladi.  Sellyulozani  31-51°  da  parchalab, 

moy va sirka kislotalar, etil spirt, karbonat angidrid va vodorod hosil qiladi. 

Basillalarning  sporasi  100°  da  50  minut  qaynatilganda  ham  hayot  faoliyatini 

saqlab qoladi. 

YUqorida  aytib  o’tilgan  bakteriyalar  sellyulozani  anaerob  sharoitda  bijg’itadi, 

shuning uchun ular obligat anaerob bakteriyalar deb ataladi. 

Aerob  sharoitda  yashovchi  miksobakteriyalardan  sellfalsikula  sellvibrio  va 

aktinomisetlar  sellyulozani  parchalashda  qatnashadi.  Bu  tirik  organizmlar  birinchi 

galda  sellyulozani  shakarlarga  parchalab,  keyin  shakarlarni  karbonat  angidrid  va 

suvgacha oksidlaydi. Bu reaksiya

 

tubandagicha boradi: 



(C

6

H



10

O

5



)n + nH

2

O  nC



6

H

12



O

6

 



S

6

N



12

O

6



 + 6O

2

  6SO



2

 + 6N


2

O + X kkal



Ishning  borishi:  Kletchatka  (sellyuloza)ni  bijg’itadigan        bakteriyalarni 

to’plab olish uchun tubandagi tajriba o’tkaziladi: 

500  ml  vodoprovod  suvida  0,5  g  (MN

4

)



3

RO

4



,  0,5  g  K

2

NRO



0,25  g  MgSO

4



0,001 g NaS1 va oziqa muhitini neytrallash uchun bir ozgina SaSO



3

 hamda 2 tomchi 

1  %  li  G’eSO

4

  tuzi  eritmasi  qo’shib  eritiladi.  Eritmani  kletchatkani  bijg’ituvchi 



bakteriyalar  bilan  zararlantirish  uchun  unga  1  g  chamasi  tekshiriladigan  tuproq 

qo’shib  aralashtiriladi.  So’ngra  250  ml  hajmli  kolba  ichiga  filьtr  qog’oz

 

qo’yilib,  u 



yuqoridagicha  tayyorlangan  suyuq  aralashma  bilan  to’ldiriladi.  Kolbaning  og’zi,

 

rasmda  ko’rsatilgandek  qilib,  egri  shisha  nay  o’rnatilgan  kauchuk  tiqin  bilan 



bekitiladi. Nayning ikkinchi uchi suv to’ldirilgan idishga botiriladi (43-rasm).  

          SHundan  keyin  kolba  va  suvli  idish  35°li  .issiq  termostatga  qo’yiladi. 

Bijg’ish jarayoni  natijasida eritma  loyqalanadi,  filьtr qog’oz esa shilimshiqlanadi  va 

sarg’ayadi.  Gazlarning  harakatlanishi    natijasida  tolalarga  ajralgan  va  titilgan  filьtr 

qog’oz  parchalari  kolba  og’zigacha  ko’tarilib,  to’planadi.  Bijg’ish  natijasida  hosil 

bo’lgan  gazlar egri nay orqali tashqariga chiqadi. Moy va sirka kislotalar esa eritma 

tarkibida  qoladi.  Kletchatkani  bijg’ituvchi  bakteriyalarni  ko’rish  uchun  yuqoriga 

ko’tarilgan  qog’oz  parchalarini  yoki  kolba  ichidagi  suyuqlik  ostiga  cho’kkan  filьtr 

qog’ozni olib, buyum oynasi ustida mazok tayyorlanadi. U quritilgandan so’ng fuksin 

bo’yog’i  bilan  bo’yalib,  mikroskopning  immersion  ob’ektivi  orqali  qaraladi.  Bu 

mazokda  tayoqchasimon  basillus  sellyuloza  xidrogenikus  va  basillus  sellyuloza 


 

32 


metanikus  ko’rinadi.  Bakteriya  hujayrasining  bir  uchida  spora  hosil  bo’lganligi 

sababli u baraban tayoqchasiga o’xshaydi (44-rasm). 

 

 

43 – rasm. Sellyuloza bijg’ish jarayonini kuzatishda qo’laniladigan asbob. 

 

 

 



44 – rasm. Sellyulozani bijg’ituvchi bakteriyalar: 

1 – basillus sellyuloza xidrogenikus (Bacillus cellulosae hydrogenicus); 

2 - basillus sellyuloza metanikus (Bacillus cellulosae methanicus). 

 

a – yosh hujayralarb – sporali vegetativ hujayralar (baraban tayoqchalari); 

v – etilgan sporalar. 

 

 



 

33 


17-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 

SHaftolining sariq kasalligi virusi kristallarini mikroskopda o’rganish 

 

Kerakli  jihozlar:  zararlangan  barg,  mikroskop,  buyum  va  qoplovchi  oynalar, 

pensitlar. 



Nazariy  tushuncha:  SHaftolining  sariq  kasalligi  shiralar  orqali  yuqtiriladi. 

SHiralar  dastlab  shaftolining  salqin  tomondagi  barglarini  zararlaganligi  uchun 

ko’proq  viruslar  ham  shu  barglarga  yuqtiriladi.  SHaftolini  shiralar  kuchli  zararlasa 

virusni  yuqqanligi  shu  yili  bilinmaydi.  Kelgusi  yil  bahorda  shaftolining  zararlangan 

barglari    xuddi  shira  tushgandek  bujmayib  oqarib  qoladi.  Vaqt  o’tgan  sari  barglar 

sarg’ayib, oxirida to’q qizil rangga kiradi. Barglarni to’q qizil rangga kirishi viruslar 

uni  to’liq  zararlab  bo’lganligini  bildiradi.  Bu  barglar  turgan  erida  quriy  boshlaydi. 

Agar shaftoli kesib yoqib yuborilmasa virus shiralar orqali yana boshqa tuplarga ham 

yuqishi  mumkin.  Bu  virus  kiristal  panjaralarini  oddiy  mikroskopda  ko’rib  o’rganish 

mumkin. 


Ishning  borishi:  SHaftolining  sariq  kasalligi  virusini  o’rganish  quyidagicha 

olib boriladi:  

1.  Endi  oqara  boshlagan  barg  olinib,  u  mikroskop  ostida  qaralganda  virus 

kiristallari  ko’rinmaydi.  CHunki  virus  barg  hujayralarida  kam  miqdorda  bo’lib, 

bo’linib ko’payishni endi boshlagan bo’ladi. 

          2.  Agar  to’q  qizil  rangli  barg  olinib  mikroskopda  ko’rilsa  uning  barcha 

qismida  kiristal  panjaralar  ko’rinadi.  Kiristal  panjaralarni  tuzilishini  daftarga  chizib 

o’rganiladi. 



 

34 


 

 

 

 

 

ADABIYOTLAR 

 

ASOSIY ADABIYOTLAR: 



1.  Vaxobov A. Mikrobiologiya va virusologiya. Ma’ruza matni T 2001. 

2.  Salomov H. Salomov Sh. Mikrobiologiya asoslari T. Mehnat 2002. 

3.  Yusupova I.M Umumiy mikrobiologiya Ma’ruza matni Qo’qon 2003. 

4.  G’aniev B. Mikrobiologiya Toshkent Mehnat 1990. 

5.  Inog’omova M. Mikrobilogiya va virusologiya asoslari. Toshkent O’qituvchi 1983. 

6.  Yusupov I.M Umumiy mikroboilogiya fanidan mashg’ulotlar. Qo’qon-2003. 

7.  Mustaqilov O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari Toshkent O’qituvchi 1995. 

 

 



 

 

QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR: 



 

1.  Mishustin ye.N, Emsev V.T. Mikrobiologiya. Moskva Kolos 1970. 

2.  Sutin A.I. Zelenskaya L.N, Finn G.R Mikrobiologiya toshkent Medio’ina 1973. 

3.  Labinskaya  A.S Mikrobiologiya s texnikoy mikrobiolodiskix issedovaniy. Moskva Medisina 1978. 

4.  Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslaridan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent 

O’qituvchi 1977. 

 


 

35 


 

36 


 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling