O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
III mavzu. O'ZBEKISTON OILA HUQUQINING TARIXI
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkistonda islom dini yoyilgandan song nikoh va oila munosabatlarining odat va shariat qoidalari bilan tartibga solinishi
III mavzu. O'ZBEKISTON OILA HUQUQINING TARIXI
1-§. Turkistonda islom dini yoyilgunga qadar nikoh va oila huquqiy masalalari O'zbek xalqi Turkistonning qadimiy xalqlaridandir. Bu jumhuriyat hududlarida o`tkazilgan qadimshunoslik (arxeologik) tadqiqotlarida isbotlangan va tasdiglanganl. O'zbek xalqining vujudga kelishi, rivojlanishi va uning ko'payishini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Xalqlar ko'payishining birdan-bir asosi ularning nikoh va oila munosabatlarida bo`lishidir. Juda qadim vaqtlarda hozirgi tushunchadagi nikoh va oila munosabatlari bolmagan. Dastlabki vaqtlarda guruhiy nikoh, ya'ni bir guruh ayollar bilan bir guruh erkaklar o'rtasida umumiy er-xotinlik, yaqin garindoshlar o'rtasida jinsiy aloqalar bo'lgan. Zardushtiylik divining asoschisi va Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron hamda yaqin va O`rta Sharq, ayniqsa, Xorazm xalglari ko'p asrlik ijodining mahsuli, bir qancha elatlarning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-nafosat va axlogiy-ta'limiy qarashlarining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini o'rganishda qimmatli manba bo'lgan < "Avesto"da insoniy burch faqat axloqiy yo`1-yo`riglarni o'zlashtirishdan iborat bo'libgina qolmay, balki inson oilaviy turmush, yaxshi yor va farzand to`g`risida ham o'ylashi zarurligi ta'kidlanadi. O'sha davrda erkaklar roppa-rosa 16 yoshidan uylanib, bir nechta xotin olish huquqiga ega bolgan. Hamma vaqt birinchi xotin boshqalariga bosh bo`lgan"3 "Avesto"da qayd etilishicha, erkak kishi avvalo uylanish uchun moddiy va ma'naviy tomondan to'q va jismonan baquvvat bo'lishi lozim. Buning uchun o'z vaqtida ovqatlanishi zarur, aks holda erkak kishi o'z xizmat va axloqiy burchlarini bajara olmaydi. "Yeb ------------------------------------------------27--------------------------------------
Umuman, zardushtiylikda oilaviy burch va farzand tarbiyasi alo hida o`rin tutadi. Bu o`rinda "Avesto" tadqiqotchisi H.Homidovning fikrini keltirib o`tish o`rinlidir: "Erkak zurriyod goldirish qobiliyatiga ega bo'lsa-yu, ammo uylanmasa, unga tamg'a bosishar yoki beliga zanjir bog`lab yurishga majbur qilishardi. Ba'zan bunday erkakni qopga solib kaltaklashgan. "Avesto"da garindoshlarning o'zaro oils qurishi man etilgan. Qavm va urug' qonini toza, avlodni benuqson saglash uchun shunday qilingan. Ko'p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi qayd etilgan, bir yo'la 2-3 to tuqqan ayollar mukofot olishga sazovor, deb ugtiriladi"'. Patriarxal oila Markaziy Osiyo xalglarida oilaning eng dastlabki tarixiy shakli hisoblangan. Bu oila ayni zamonda jamiyatning asosiy ishlab chiqarish jamoasi ham bo'lgan. Shuning uchun oilaviy munosabatlarga, har bir oila a'zolarining xatti-harakatlariga alohida e'tibor berilgan. Markaziy Osiyoda patriarxal oila eramizdan oldingi birinchi ming yilliklarda vujudga kelgan. Uning eng rivojlangan davri eramizning birinchi asrlariga to'g'ri keladi. Oilaning bo'linib ketishi, o`rniga kichik-kichik oilalarning tarkib topishi eramizning birinchi ming yilligi o`rtalaridan boshlanadi va deyarli XX asrlargacha davom etdi2 Kichik oilalarning vujudga kelishi bilan birga nikohning shartsharoitlari ham o'zgarib boradi. Patriarxal oila mavjud sharoitlarda nikoh shartlari ancha qat'iy va cheklangan edi. Nikoh erkak bilan ayol o'rtasidagi muayyan ittifoqning va bu ittifoqning jamiyat, davlat tomonidan tan olinishi va ma'qullanishining tarixiy shaklidir. Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning fikricha, bironta ham xalq nikohdan xoli emasdir. Jamiyat nikoh vositasi bilan erkak va ayol o'rtasidagi tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi, er-xotin, ota-ona va farzandlar ----------------------------------------28---------------------------------------- o`rtasida axloqiy, huquqiy majburiyatlar o'rnatadi. Nikoh jinsiy ehtirosni maxfiylik pardasiga o`raydi, er-xotin orasidagi tabiiy munosabatga axloqiy, ma'naviy go`zallik, andisha baxsh etadi.
Shuning uchun bo'lsa kerak, ayrim tadqiqotlar islomgacha bizda erkak va ayol o`rtasida nikoh degan tushuncha bo`lmagan, deb e'tirof etadilar. Bu fikr haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Qadimgi grek tarixchisi Strabonning (miloddan av. 64-63-mil. 23-24 yillar) yozishicha, har bir massagetning o'z xotini bo`lgan2. Ana shu tarixchining fikriga qaraganda, erkaklar va ayollar jinsiy hayotda muayyan erkinliklarga ham ega bo`lganlar. Umuman olganda, Markaziy Osiyoda ayollarga qadimdan katta hurmat bilan qaralgan. Ular jamiyatda erkaklar bilan teng huquglardan foydalanishgan. Gerodotning "Tarix" nomli asarida vatariparvar ayol To'maris haqida keltirilgan tarixiy ma'lumot bunga yorgin misol bola oladi. Bunga ko'ra, Turon axolisi To'maris boshchiligida bosqinchi Kayxusrav armiyasiga qaqshatqich zarba beradi. Boshqa bir qadimgi grek tarixchisi - Elion qoldirgan ma'lumotga ko'ra, Markaziy Osiyodagi yirik gabilalardan biri bo'lgan saklarning odatlari bo'yicha uylanishni istagan har bir yigit o'zi uylanmoqchi bo`lgan qiz bilan er osti uyida kurash tushishi shart bo'lgan. Yigit kurashda g'alaba qilgan taqdirdagina uylanish huquqiga ega bo'lgan. Aks holda uning o'zi qizning asiriga aylangan. Demak, bu erda kurash o'ziga xos tarzda nikoh vazifasini bajargan.
ma", "Alpomish" va "Manas"larda nikoh bilan bog`liq odatlarda yigit -----------------------------------------29--------------------------------------------
Eramiz boshlaridan to X-XI asrlarga qadar yozilgan ana shunday noyob sog'd yozma yodgorliklari bizgacha etib kelgan. Panjikent yaqinidagi Mug' tog'i tepasidagi qadimgi qasr harobasidan 80 ga yaqin so'g'd hujjatlari topilgan. VII asr oxiri -VIII asr boshlariga oid bu hujjatlar So'g'd arxivi deb yuritiladi. Ular orasida tadqiqotchilar tomonidan shartli ravishda "Nov.3" (Navekat nomli shaharda tuzilgan hujjat bo'lgani uchun) deb belgilangan so`g`dcha nikoh guvohnomasi, "Nov.4" deb belgilangan kuyovning kelin tomon oldidagi majburiyatlari bayon etilgan ikki hujjat bor.' Mazkur hujjatlar qadim va ilk o`rta asrlardagi O'zbekiston xalqlarining nikoh, oila va u bilan bog'liq mulkchilik va boshqa ijtimoiy munosabatlari to'g'risida hikoya giluv -----------------------------------------------30----------------
Shariat - bu kishilar aural qilishi uchun Islom dini tarafidan buyurilgan hukmlar va nizomlardir. Shariat hukmlarini bilib olish har bir mo'min musulmon uchun farz hisoblanadi.4 Odat qoidalari asosan ko'chmanchi xalqlarga tatbiq etilgan.
Shariat qoidalarining o'ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, unda islom dini goidalari davlat huquqiy normalarida mujassamlanadi.- ------------------------------31----------------------------------------------------------------- Musulmon huquqining hamma sohalari shu bilan birga nikoh, qon-garindoshlik, taloq masalalarini qamrab olgan manbalardan biri "Hidoya"'. (To'liq nomi "Hidoya fi-furu'il-figh" - "Fiqh sohalari bo'yicha shariat qo'llanmasi") dir. Bu qo'llanma tort jildli 53 kitobdan iborat bo'lib, uning muallifi marg'ilonlik Ali ibn Abu Bakr al-Farg'oniy al-Rishtoniy Burhoniddin Marg`inoniydir. U zot 1197-yilda vafot etgan bo'lib, uning mazkur asarida islomning Bator masalalari bilan huquqiy va axloqiy me'yorlar, nikoh va oila masalalari bilan bog'liq bo'lgan qoidalar hamda jinoyat va jazoga oid tatbiq etish lozim bo'ladigan choralar batafsil yoritilgan. Bulardan tashqari, bu qonun-qoidalar majmuasida mulkiy va moliyaviy munosabatlar, fuqarolik huquqiga, fuqarolik jarayoni huquqiga va boshqa masalalarga o`rin berilgan. Hanafiya mazhabi xulosalariga asoslangan bu asardagi qoidalar ham shu mazhab qonunlari kabi nisbatan yumshoqroq va qulayroqligi, xalglarning mahalily an'analari e'tiborga olinganligi sababli, u aksariyat musulmon davlatlarida keng yoyilgan, chunonchi qozi (sudya)lar, muomala munosabatlaridan kelib chiqadigan (fuqarolik, nikoh, oila) va boshqa nizoli ishlarni ko'rib hal etishda boshqa manbalar bilan bir qatorda "Hidoya"dan ham unumli foydalanishgan2. Shariat izohlarining to'plami "Muxtasar-ul Viqoya"3 ham katta e'tiborga ega bo`lgan. "Muxtasarning sharhi" deb shuhrat topgan bu fiqhiy asar yurtdoshimiz Mansurxo`ja o`g`li Magsudxo`ja qalamiga mansub bo`lib, qariyb yuz yil ilgari yozilgan. Bu asar Movarounnahrning turkiy-o'zbek tilida so'zlovchi xalglari o'rtasida o'zining katta obro'si va ahamiyati bilan xizmat qilib kelmogda. Endilikda bu asar birinchi marotaba o'zbek tiliga tarjima etildi. -------------------------------------------------------------------32----------------------------------------------------- Nikoh-oila munosabatlarini tartibga solishda XII asr davomida Turkiston hududida amalda bo'lgan diniy huquqiy tizim- shariat, musulmon huquqi normalari, hadislarning roli juda katta bo'lgan. Imom al-Buxoriyning "Al-Adab al-Mufrad" ("Adab durdonalari") nomli hadislar to'plami shular jumlasiga kiradi. Unda olti yuzta hadis ikki yuz oltmish etti bobga jamlangan bo'lib, unda ota-onani e'zozlash, kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo`lish, qo'shnichilik, insoniylik va mehrshafqatlilik, sahiylik va baxillik, aldamchilik, chaqimchilik va maqtanchoqlik, isrofgarchilik va johillik, sharmu hayo va uyatchanlik kabi Bator husni odob va go`zal xulq qoidalari yoritilgan. Ma'rifatchi olim Rizouddin ibn Faxruddin o'tgan asrning oxirlaridan boshlab Sharq tarixi va madaniyati hamda ta'lim-tarbiyaga oid o`nlab asarlar yozgan. U musulmon qonunshunosligi - fiqhga oid asar ham yozgan. Bu borada uning "Qavoidi fighiya" Fiqh goidalalari" asarini (Qozon 1910) eslab o'tishning o'zi kifoya. Asrimizning boshlarida yozilgan "Oila" asarida axloq, odob, oila masalasiga ko'p e'tibor qiladi. Ma'lum bo'lishicha, u ta'lim-tarbiya sohasida anchagina bosh qotirgan; uning bu asarida ota-onaning vazifasi, muallim burchi, ayniqsa, xotinlar vazifasi keng yoritilib, bola tarbiyasida xotinlarning o`rni muhim ekanligiga muallif katta ahamiyat beradi. Uning mulohazasiga ko'ra, yaxshi xotin bolalarini ham yaxshi tarbiyalay oladi. U: "Xotinlar birinchi navbatda murabbiydirlar, xotinning oila tebratishi, murabbiylik xamiridan patir qilish-u, uning tandirida o'sha patirni yopish degan so`z" ~, - deydi. "Oila" asari o'z vaqtida bir necha bor qayta nashr etilgan va ko`pchilikning diqqatiga sazovor bo'lgan. Nikoh-oila munosabatlarini tartibga solishda olim Ahmadxoji Maqsudiyning 1912-yilda maktab-madrasalar talabalari va barcha mo'min-musulmonlar uchun go`llanma sifatida chop etilgan "Shar'iy hukmlar to'plami" muhim ahamiyatga ega. U tatarcha kitobdan tarjima gilingan. Al-Hakim Termiziy ham axloq, nikoh va oila masalalariga bag'ishlab bir Bator asarlarni yaratgan. Uning "Solnoma", "Najot" ("To'g'ri yo'l"), "Navodirul usul", "Kitob al-furuh" singari o`lmas asarlari shular jumlasidandir. -------------------------------------------33-=----------------------------- Bu manbalar o'z davrida nikoh-oila munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qoidalardan iborat bo'lib, diniy aqidalarga asoslangan edi.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling