Beshinchidan, ilgari mamlakatda amalda bo'lgan "O`zbekiston SSRning Nikoh va oila kodeksi" (1969-yi16-iyun), "SSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalarning nikoh va oila to'g'risidagi qonun Asoslari" (1968-yil 27-iyun) asosida yozilgandi. Ularda respublika axolisining, ayniqsa o'zbek xalqining o'ziga xos milliy va mahalliy xususiyatlari deyarli inobatga olinmagan.
----------------------------------------------------------65--------------------------------------- Umuman olganda, ilgari amalda bo`lgan Kodeks mamlakatimizda vujudga keltirilayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlarini chuqurlashtirish, xususiy mulkchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy va huquqiy tub o'zgarishlarga javob berolmay qoldi. O'zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Fuqarolik, Fuqarolik protsessual kodekslarida belgilangan goidalarga zid kelib qoldi. Shuning uchun qonunchilikda bir butun yaxlitlikni saglash maqsadida yangi Oila kodeksini tayyorlash va um qabul qilish zaruriyati paydo bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |