O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


Download 0.85 Mb.
bet28/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

Oltinchidan, oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chigadigan nizolarni hal qilish tartibi va uning o'ziga xos xususiyatlari Oila kodeksida berilishi lozim. Chunki moddiy huquqda belgilangan qoi­dalar protsessual huquqiy tartib asosida amalga oshiriladi.

Umuman, Oila kodeksi mamlakatimizda bunyod etilayotgan chi­nakam huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati, inson manfaatlari yo`lida xizmat qilmog'i lozim.

Oila kodeksi yana quyidagi vazifalarni o`z oldiga qo'ydi:

- xalqaro huquqiy qoidalarga asoslanib, tegishli milky qonunlar

yordamida oilani mustahkamlash, bolalar manfaatini himoya qilish;

- umuminsoniy va milky qadriyatlar asosida oilalarning barqa­

rorligini ta'minlash tizimini barpo etish;

- mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi g'oyat murak­kab davrida oilaga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish;

- xonadonning serfayzligi, oila hayotining ravnaqi, ma'naviya­tining yuksalishi, turmushining farovonligi asosan ayollarga bog'­liqdir. Shuning uchun ham ayollaming oiladagi mavgey ga, huquqiy holatiga alohida e'tibor berish kerak. Bunda har bir oilaning o'ziga xos xususiyatini, millatimizning o'ziga xos jihatlarini e'tiborga olish lozim;

- sog'lom aviodni vujudga keltirishda milliy qadriyatlarimizga, xalgimizning azaliy an'analariga, islomiy, axlogiy-ma'naviy aqida­larga aural qilgan holda ish yuritish joizdir;

- bo'lajak onalarni tarbiyalashda milliy mafkura, urf-odat va an'analarni kengroq qo'llash maqsadga muvofiq;

- sog'lom avlod haqida bola tug'ilmasdan oldin g`amxo`rlik qilish lozim;

--------------------------------------------66-----------------------------------------------------

-oila gonunlarida belgilangan nikohga o'tish tartibi va shart­larini, oilada er-xotin, ota-onalar bilan bolalar, oilaning boshqa a'zo­lari o'rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bolani tarbiyaga olish tufayli kelib chigadigan huqugiy munosabatlarni tartibga solishga e'tiborni garatishi;

- oila to'g'risidagi qonun yosh oilalarning buzilayotganligi, tirik etimlar ko'payayotgani, ayrim qiz-juvonlarimizning o'z joniga grid qilayotgani, nopok yo`lga kirayotgani singari salbiy hodisalarning oldini olishga garatilishi kerak edi.

Yangi kodeksni tayyorlashda, unga ayrim huquqiy normalarni kiritishda quyidagi nazariy qoidalarga asoslanildi:

- oila huquqiga xos demokratik asoslarga tobora qat'iy aural qilish;

- ayollar va erkaklarning oilada teng huquqliligini ta'minlash;

- oilaviy huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi subyektlarning shaxsiy va mulkiy huquglari sud tomonidan himoya qilinishini yanada kengaytirish;

- otalik, onalik va bolalik huquglarining, oilaviy huquqning tar­tibga solinishini takomillashtirish;

- oila a'zolarining shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarini yanada to'la va aniq belgilash;

- oils huquqiy normalari faqat katta yoshdagi shaxslargagina emas, balki kichik yoshdagi oila a'zolariga ham tarbiyaviy ta'sir ko'r­satishini ta'minlash;

- oila gonunla.rida milliy va ma'naviy qadriyatlarga, mahalliy sharoitdan kelib chiqadigan eng yaxshi udum va an'analarga alohida e'tibor berish va boshqalar.



Shuningdek, Kodeksga bajariladigan ish tartib qoidalarini sod­dalashtirish bo`yicha o`zgarishlar kiritildi;

Kodeksdagi har bir bobdagi yangi huquqiy goidalar, ularning qonunchilikka kirib kelish sabablarini darslikda batafsil yoritishga harakat qilindi.

Qonun qabul qilingani hamma masala hal bo `ldi, degani emas. Qonun gabul qilinishini birinchi gadam deb tushunmoq kerak. Ikkinchi, ya'ni asosiy hamda amaliy qadam fuyarolarning o`zlariga bog`liq: har ganday qonun ehtiyojga aylangandagina to`liq aural gila

--------------------------------------------------67-------------------------------------------- boshlaydi. Buning uchun, tabiiyki, oila a'zolari ularni o'qib, o`rgan­moglari va aural gilmoglari kerak.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling