O‘zbеkiston rеspublikasi adliya
Download 0.69 Mb.
|
1 2
Bog'liq4546 XTBga taqdimnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022-yil 24-sentabr 1/77-1/1-20-son Qiziltepa tuman Xalq ta’limi bo`limi mudiri U.Kamolovga
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI NAVOIY VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI QIZILTEPA TUMAN ADLIYA BO'LIMI TAQDIMNOMA Huquqiy monitoringni o‘tkazishdagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida 2022-yil 24-sentabr 1/77-1/1-20-son Qiziltepa tuman Xalq ta’limi bo`limi mudiri U.Kamolovga Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4546-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6313-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 1013-son qarori hamda ushbu sohaga oid qonunosti hujjatlari ijrosi o‘rganildi va quyidagi qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4546-son qarori 2-bandiga asosan 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron ko‘rinishda shakllantirilishi va amalga oshirilishi belgilangan. Ammo bo‘lim tomonidan 2021-2022-yillarda 1040 ta chiquvchi xatlar qo‘lda imzolanganligi aniqlandi. Vaholanki, ushbu xatlar elektron ko‘rinishda shakllantirilishi lozim edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni, vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 1013-son qarori hamda QT-T-0000232 210400 Qiziltepa tuman, O‘zbekiston ko‘chasi, 43-uy Tel.: (998 79) 555-10-08 el. pochta: qiziltepa-t@adliya.uz ushbu sohaga oid qonunosti hujjatlari ijrosi o‘rganilganda bo‘lim tomonidan o‘z faoliyati sohasiga oid huquqiy axborot fondlari mavjud emas. “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etish ahvoli bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritilmagan. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1013-son qarori talablariga rioya etish ahvoli bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilib olish va ularni rahbarlar va xodimlar e’tiboriga yetkazish uchun mas’ul shaxs belgilanmagan. Bo‘lim tomonidan o‘z faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borilishi bo‘yicha ishlar tashkil etilmagan. Veb-sayt mavjud, ammo tegishli tartibda yuritilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2018-yil 14-mayda 3011-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha namunaviy “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug’i talablariga rioya etish ahvoli yuzasidan normativ-huquqiy hujjat qabul qilingandan so‘ng 3 kun ichida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning ahamiyatiga qarab targ‘ibot materiallari to‘plamini yaratish, uni tizimdagi va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yetkazib berilishiga oid ishlar tashkil qilinmagan. Qonunchilik hujjati qabul qilingandan so‘ng 1 hafta ichida ijtimoiy tarmoqlar (Facebook.com, Twitter, Youtube, odnoklassniki.ru, Mytube.uz va h.k.)da yaratilgan maxsus profillar orqali tayyorlangan huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatilmagan. Shu sababli, yuqorida qayd etilganlarga hamda O zbekiston Respublikasiʼ Аdliya vazirligi toʼgʼrisidagi Nizomga asosan, Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling