O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 oktyabrdagi pf-4475-son Farmoniga muvofiq tashkil qilindi


Download 261 Kb.
Sana20.06.2020
Hajmi261 Kb.
#120706
Bog'liq
Kasuz 38


Kasuz_38

O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 oktyabrdagi PF-4475-son Farmoniga muvofiq tashkil qilindi. O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

axborotlashtirish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirishning jahon darajasi, axborotni muhofaza qilish va undan foydalanishni hisobga olgan holda, zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha kompleks milliy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

axborot resurslari, axborot tizimlari va tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar, ularni ta'minlash va himoyalash vositalari bozorini jadal rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan umumqabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish va samarali ishlashining, shu jumladan xalqaro va tarmoq standartlari, mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlari va sohalarini axborotlashtirish darajasini baholash mezonlari va indikatorlari tizimini joriy qilish, shuningdek telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni litsenziyalash mexanizmlari orqali davlat boshqaruvi va nazoratini amalga oshirish;

telekommunikatsiya infratuzilmasi va ma'lumotlar uzatish tarmoqlari, mobil va yo'ldosh aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan, shu jumladan qishloq joylarda yuqori tezlikdagi keng polosali foydalana olishni joriy qilish, telefon aloqa, televidenie va radioeshittirishning raqamli tizimlarga to'liq o'tishini ta'minlash;

Davlat boshqaruvi organlari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlarni kompleks tizimli tahlil qilish va ishlab chiqish;

davlat axborot resurslari va ma'lumotlar bazasini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini yaratish, ma'lumotlarni uzatish va almashish idoralararo tarmoqlarining integratsiyalangan tizimlarini yaratish va boshqarish, elektron hujjat aylanishi tizimini yaratish, davlat axborot resurslarining integratsiyalashuvi hisobiga «elektron hukumat» platformasida axborot muhitini yanada rivojlanishini ta'minlash, vazirliklar va idoralarning yagona vertikal korporativ tarmoqlarini shakllantirish, tadbirkorlik sub'ektlari va aholiga interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatishning elektron shakllarini joriy qilish;

axborotlashtirish sohasida investitsiya siyosatini shakllantirishda qatnashish, investitsiyalarni, eng avvalo to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasiga jalb qilinishini ta'minlash, axborot texnologiyalari va aloqani rivojlantirish va qo'llash bilan bog'liq investitsion loyihalarni ishlab chiqish, joriy qilish va rivojlantirish bo'yicha, shu jumladan davlat buyurtmasi doirasida davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Internet tarmog'ining milliy segmentini yanada shakllantirishni ta'minlash, turli yo'nalishlardagi mahalliy zamonaviy veb-resurslarni, shu jumladan aholining, ayniqsa yosh avlodning axborot va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoq resurslarini yaratish;

sifatli, raqobatbardosh dasturiy mahsulotlarning mahalliy ishlab chiqarilishini rivojlantirish, dasturiy mahsulotlarni, axborot tizimlari va axborot resurslarini ishlab chiqarish va joriy qilish sohasida xizmatlarning mahalliy bozorini yanada shakllantirish bo'yicha muvofiqlashtirishni ta'minlash va yordam ko'rsatish;

axborot xavfsizligini ta'minlash, telekommunikatsiya tarmoqlarini, axborot tizimlari va axborot resurslarini, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir va axborot tizimlaridagi axborot xavfsizligini muhofaza qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, axborot resurslarini muhofaza qilish bo'yicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, shu jumladan dasturiy mahsulotlar, ma'lumotlarning axborot bazasini ishlab chiqish sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etish, axborot xavfsizligini ta'minlash;

aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish, kadrlarni tayyorlash va innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasida quyidagi bir qator qonunlar mavjud:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7 martdagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 185-son qarori;

O‘zbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mobil aloqa milliy operatori tarmog‘inijadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarito‘g‘risida”gi qarori, 19.03.2014 y., № 66 (Qaror matni rus tilida);

“O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-son Qaror;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2012 yil 23 oktabrdagi PQ-1836-son qarori)» Qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi Qarori;



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori:
Download 261 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling