O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Didaktik vositalar va tarqatma materiallar


Download 179.22 Kb.
bet14/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

Didaktik vositalar va tarqatma materiallar – bu fanni o‗qitishda zarur bo‗lgan jihozlar, kompyuterli vositalar, modellar va maketlar, ko‗rgazmalar va texnik vositalar, asbob – uskunalar va mahsulotlardir. SHuningdek, o‗qitish jarayonida o‗qituvchi tomonidan qo‗laniladigan tarqatma materiallardir. Ular: kartochkalar, savolnomalar, yo‗riqnomalar, qiziqarli savol va topshiriqlar, amaliy ishni tashkil etish bo‗yicha texnologik xaritalar va hakozalardir.
Prof. B.Ziyomuhammadovning ijod mahsulida didaktik materiallar – pedagog tomonidan har bir darsga alohida tayyorlangan, dars mazmunini to‗la ifodalash va o‗quvchi – talabalar dars mazmuniga yaxshi tushunib etishlari uchun xizmat qiladi,
deb qayd etiladi. Bularga turli ko‗rgazmali qurollar, turli muammoli vaziyatlarni yaratuvchi moslamalar, o‗yinlar va hakozolar kiradi. Didaktik materiallar ham didaktikaning tamoyillariga mos ravishda yaratiladi. Dars jarayoni faqat usul va uslublar orqali amalga oshirilib, darsning ajralmas qismi hisoblanadi. Pedagogsiz va talabasiz hamda o‗quv dasturi va rejasiz dars o‗tib bo‗lmagani kabi, pedagogik usullar va uslublarsiz darsni amalga oshirib bo‗lmaydi [3].
Didaktik qobiliyat – o‗quv materiali, ko‗rgazmali qurollar va vositalarini tayyorlab qo‗yish, o‗quv materialini aniq, ifodali va izchil bayon qilish, o‗rganishga bo‗lgan qiziqish hamda ma‘naviy, hissiy istaklarni rag‗batlantirish, o‗quv bilimini oshirish, faollashtirish mahoratlari majmuidan iboratdir.
Didakto sentrik texnologiyalar – bu o‗quv dasturidagi rejalashtirilgan materialni har qanday yo‗l bilan bo‗lsa ham ta‘lim oluvchilarga etkazishdagi pedagog faoliyati jarayonidir.
  1. Hozirgi davrdagi didaktika rivojining asosiy yo‘nalishlari


Uzluksiz ta’lim tizimi – kadrlar tayyorlash tizimining asosi. O‗zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi shaxsning jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor soha.
Uzluksiz ta‘lim tizimi ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash zaruriy shart – sharoitlarini yaratadi. Rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish, barkamol avlodni shakllantiradi.
Ta‘lim olishda, shuningdek, bolalar va yoshlarni ma‘naviy – axloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota – onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar aloqasi asosida chora – tadbirlarni belgilaydi va amalga oshirishda uzluksiz ta‘lim tizimining barcha bo‗g‗inlarida ularga ahamiyat beriladi. Ta‘lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga holis baho berish tizimini yaratish va joriy etishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Inson qobiliyatlarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi hamda uning ta‘limga nisbatan turli – tuman ehtiyojlarining qondirilishi milliy va umumbashariy qadriyatlar ustivorligining ta‘minlanishi, inson jamiyat va atrof – muhit o‗zaro munosabatlarini uyg‗unlashuvini amalga oshirish borasida qo‗llaniladi.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling