O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Download 179.22 Kb.
bet15/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

Uzluksiz ta’lim – milliy modelning asosiy qismi bo‗lib, quyidagi turlarni o‗z ichiga oladi: maktabgacha ta‘lim; umumiy o‗rta ta‘lim; o‗rta maxsus, kasb – hunar ta‘limi; oliy ta‘lim; oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim; kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta‘lim.
Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadralar tayyorlashning asosi bo‗lib, ta‘limning barcha turlari, DTS ni, kadrlar tayyorlash tuzilmasini va uning faoliyat ko‗rsatish tizimini o‗z ichiga oladi. O‗zaro mantiqiy izchillik asosida bog‗langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir – birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta‘lim tizimi. O‗zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri 1997 yil 29 – avgustda qabul qilingan ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ asosida tamoyil sifatida qayd etilgan. Umumiy ta‘lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri,
O‗zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir. Umumiy ta‘limning faoliyat ko‗rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat:

  1. Ta‘limning ustvorligi.

  2. Ta‘limning demokratlashuvi.

  3. Ta‘limning insonparvarlashuvi.

  4. Ta‘limning ijtimoiylashuvi.

  5. Ta‘limning milliy yo‗naltirilganligi.

Endi quyida uzluksiz ta‘limning tarkibiy qismlari haqidagi qisqacha ma‘lumotlarni keltiramiz.

  1. Maktabgacha ta’lim – bu milliy pedagogik kadrlar tayyorlashning boshlang‗ich shakli. Maktabgacha ta‘limning vazifasi bolani sog‗lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta‘minlash, ulardagi o‗qishga intilish hissini uyg‗otish va uni muntazam ta‘lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha ta‘lim bola 6 – 7 yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Uning maqsad – vazifalarini ro‗yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar ishtirok etishi mumkin.


  2. Download 179.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling