O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


O’quv materialini tushintirish metodi


Download 179.22 Kb.
bet25/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

O’quv materialini tushintirish metodi


Pedagog tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning narsa, hodisa va voqealarning mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, qonun va qoidalarni uqtirishdir. Bu metod ko‘proq matematika, ona tli, rus tili va shunga o‘xshash fanlarni o‘qitishda qo‘l keladi. Pedagogning ma‘lum bir fanning u yoki bu mavzuga oid qonun, qoidalarni qanchalik asosli ekalnligini faktlar, misol va dalillar keltirish, shuningdek masalalar, misollar ishlash yo‘li bilan isbotlab beradi.

Ma’ruza metodi


Bu metod o‘quv materialini hajmini kattaligini, mantiqiy tuzilishi, obrazlari, isbot va umumlashtirishning anchagina murakkabligi bilan faqlanadi. Agar hikoya darsning bir qisminigina egallasa, ma‘ruza odatda uni to‘la qamrab oladi. Ma‘ruza davomida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, mavzuga oid ko‘rgazmali materiallarni namoyish etish, ma‘ruza oxirida umumiy xulosalar chiqarish kabilar samaradorlikni oshiradi.

Suhbat metodi


Bu metod asosan savol-javob yo‘sinida olib boriladi. Suhbatlarning ma‘lum maqsadga qaratilganligi, ularning xarakterini belgilaydi. Suhbat metodi talabalarni
faol ishtiroki orqali o‘tkazilganligidan mustaqil fikrlash, xulosalash kabi hislatlarni talabalarda shakllantiradi

O’qitishning ko’rgazmalilik metodi


O‘qitish jarayonida ko‘rgazmalilik metodidan foydalanishning muhimligi, o‘rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga talabani undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga ishonch hosil qilish nihoyat, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgata bilishidadir

O’qitishning amaliy ishlar metodi


Amali metodlarga masalalar yechish, chizmalar tayyorlash, yozma mashqlarni bajarish kabilarni kiritish mumkin. Nazariy jihatdan egallangan bilimlar amalda qo‘llab ko‘riladi. Grafik jadval va kartalar chizish ham tegishli ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga va ularni mustahkamlashga yordam beradi.

Laboratoriya ishlari metodi


Laboratoriya metodining boshqa o‘qitish metodlaridan farqi shundaki, bu metod bilan ish ko‘rilganda har qaysi talaba nimanidir mustaqil, shaxsan tajriba qilib ko‘radi. Dars pedagog rahbarligida talabalarning mustaqil tajriba o‘tkazishlariga qaratilgan bo‘ladi. Laboratoriya mashg‘ulotlarida mustaqillik, faollik, tashabbuskorlik oshadi.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling