O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Download 179.22 Kb.
bet56/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

O’quv kinosi va uning pedagogik imkoniyatlari.

  • Kinosuratga olish va kinoproeksiyalash.

  • Kinofilm nushalarini ishlatish.

  • Kinofilmlarni namoyish qilish apparatlari.

    1. O‘qitish jarayonida statik proeksiya vositalarini qo‘llash bilan bir qatorda dinamik proeksiya vositalari – o‘quv kinosiga dam katta ahamiyat beriladi. O‘quv kinosining maqsadi ob'ektlarni darakatda ko‘rsatish va ovoz bilan undagi vokealarni yoritib borish orqali ko‘rgazmalilikni yahshilash, oddiy kuzatish orqali ilg‘ab bo‘lmaydigan jarayonlarni o‘quvchilarga namoyish qilishdir. Kino orqali hayotda uzoq davom etadigan jarayonlarni, masalan, o‘simliklarni o‘sishi, metallarni zanglashi dinamikasini qisqa vaqt oraligida ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga kino juda qisqa vaqt oralig‘ida namoyon bo‘ladigan jarayonlarni, masalan, sportmenning sakrashi, porohning yonishini sekinlashtirib ko‘rsatishi, darakat fazalari va jarayonlarni chuqurrok tadqiqotlash uchun ularni alodida qismlarga ajratib namoyish qilish dam mumkin.
    O‘quv kinosida informatsiya vositasi o‘quv kinofilmidan iborat, uning mazmunini namoyish qiluvchi tehnik vosita kinoproektordir. Fotosuratga olingan obektlarning pozitiv tasvirlari tushirilgan kinoplenka kinofilm deb ataladi. dar bir poziv tasvir suratga olingan ob'ekt darakatlarning bir fazasi bo‘lib, unga kadr deyiladi. Ovozli film plyonkasida kadrlardan tashkari fonogramma dam bo‘ladi. Fonogrammalar optik yoki magnit usulida kinoplyonkaning chetiga yoziladi. Lentaning chetida teshikchalar - perforatsiyalar mavjud. Ular kinosuratga olish, kinonusha olish, kinoproeksiyalash apparatlarida lentani darakatlantirishga hizmat kiladi.
    Kinolentalar ensiz (kengligi 8 va 16 mm), keng (kengligi 35mm), keng formatli (kengligi 70 mm) bo‘ladi. O‘quv jarayonida asosan 8 va 16mm li kinolentalar ishlatiladi 8 mm li kinoplenkadagi kinofilmlar ovozli va ovozsiz bo‘lishi mumkin, ular perforatsiyalari bir tomonda buladi. Ikki perforatsiya markazlari orasidagi masofa perforatsiya qadami deb ataladi. Kushni kadrlar markazlari orasidagi masofa kadr kadami deyiladi, u perforaciya kadamiga teng bo‘ladi . bir kadrni ikkinchi kadrdan ajratib turadigan chiziq kadr shtrihi deb ataladi. O‘quv
    kinofilmlari bir, ikki yoki ko‘p qismlardan iborat bo‘ladi. Eni 16 mm li yoki plyonkadagi kinofilmlarning dar bir qismi 120 m plyonka sig‘diradigan standart babinaga (galtakka) o‘raladi. Filmlar 600 m plyonka sig‘diradigan babinaga ham o‘ralishi mumkin. Ular bir biriga elimlangan 4-5 qismdan iborat bo‘ladi.
    Metodik nuqtai nazardan dar tomonlama to‘g‘ri deb qo‘llanilgan o‘quv kinofilmi darsni mazmunan boyitib, uning o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishini osonlashtiradi. O‘quv kinofilmi yordamida o‘rganilayotgan dodisaning barcha tomonlarini uzluksiz o‘zgaruvchan dolatda kuzatish mumkin.
    Fizika, himiya, biologiya va boshka fanlarga doir voqea va hodisalarning uzluksiz darakatda bo‘lgan dolatini kino yordamida tasvirlash ko‘pincha multiplikatsiya yordamida (ba'zan natural dolatda), oddiy tasvirlarni birin-ketin rasmga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tasviriy san'at, adabiyot, tarih, geografiya va shu kabi fanlarga oid ob'ektlarning kino yordamida statik dolatini turli rakurslarda tasvirlash mumkin. Bunda shu ob'ektlarning «ichki» mazmuniy dinamikasi oydinlashtiriladi. O‘quv kinofilmining quyidagi hususiyatlari katta pedagogik ahamiyatga ega:

    1. vaqt va fazo masshtablarini qamrab olish;

    2. multiplikatsiyadan foydalanish;

    3. ko‘zga ko‘rinmaydigan ob'ektlar tasvirini oydinlashtirish;

    4. noyob hodisalar va uzoq masofadagi vokealarni tasavvur qilish;

    5. hujjatli materiallardan foydalanish;

    6. qadimgi zamon vokealarini tiklab tasvirlash;

    7. badiiy adabiyot asarlarini ekranlashtirish va hokazo.

    Kinematografiyaning bu hususiyatlari o‘quv jarayonining ko‘pgina tomonlarini takomillashtirish imkonini beradi, jumladan:

    1. Maktab sharoitida bajarilishi mumkin bo‘lmagan, qimmatbaho optik asboblar va elektron mikroskop yordamida o‘rganiladigan ob'ekt va hodisalarni tasvirlash. Mahsus laboratoriyalarda rasm olingan bunday kinofilmlarni sinfdagi barcha o‘quvchilarga bir vaqtda namoyish etish mumkin.

    2. Ko‘zga ko‘rinmaydigan ob'ektlarni (masalan, elementar zarralar, ularni o‘rab olgan maydon va h.k) o‘rganish. Bu holda multiplikatsiyadan foydalanib, ob'ektlarning modeli va hatto ularning tarkibiy qismlari tasvirlanadi. Bunday modellashtirish tushunchalarning pedagogik ahamiyati katta, chunki ular o‘quvchilar ongida ob'ektlar va murakkab hodisalar mehanizmlarining tasvirini mujassamlashtiradi va shu bilan o‘quv materialini tushunish hamda o‘zlashtirishni yengillashtiradi.

    3. Oddiy sharoitda kuzatib bo‘lmaydigan juda tez yoki juda sekin kechadigan hodisalarni sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan usulda kinoga olib, o‘quvchilarga namoyish qilish imkoni paydo bo‘ladi.

    4. Bevosita kuzatilishi noqulay bo‘lgan voqea va hodisalar (vulqan, suv osti dunyosi, radiatsiya zonasi, kosmik fazo hamda kemalar harakati va hokazo) ni o‘rganishda kino va televidenie shu ob'ektlarni o‘quvchilarga ko‘rgazmali qilib namoyish qilish imkonini beradi.

    Tarbiya ishlarida ham o‘quv kinofilmlarining ahamiyati katta. Fizika, as- tronomiya, himiya, biologiyaga oid qator o‘quv kinofilmlari o‘quvchilar materialistik dunyoqarashining shakllanishiga ko‘maklashadi.
    O‘quv kinofilmi ko‘rgazmali vositalarning uziga hos turi bulib, unda pedagogik masalalar faqatgina kino tehnikasi vositasida yechilmay, uning tasviriy tomonlaridan ham foydalaniladi. Natijada o‘quv filmining mazmuni o‘quvchiga birinchidan o‘quv materialini bayon etish yo‘li bilan, ikkinchidan esa uning emotsional tomoni bilan yetkaziladi.

    1. Kinofilmlarni suratga olish uchun negativ plyonka qo‘llaniladi. Kinofilmlar kinosuratga olish apparati (kinokamera) yordamida olinadi. Bu apparat fotografik apparat bo‘lib qisqa vaqtda ko‘p kadrlar (fototasvirlar)ni suratga olishga imkon beradi. Bir sekundda plyonkaga tushiriladigan kadrlar soni kinosuratga olish chastotasi deb ataladi.

    Eng sodda kinosuratga olish apparati nur uo‘tkazmaydigan korpus (12)dan iborat. Unga kinoplenkani harakatga keltirish mehanizmlari, kassetalar, optik jism joylashgan. (29 rasm).
    Filmni suratga olish uchun apparatga negativ plyonka uzatuvchi kasseta (5) ga joylashtiriladi. Suratga olish paytida elektrodvigatel (6) yoki prujina orqali harakatlanuvchi tishli baraban (4) plyonkani kassetadan bo‘shatadi. Plyonka sirtmok (2) hosil qilib film kanali (10)ga boradi. Film kanalida kadrlar darchasi(13)mavjud. U kinofilm kadrlarini o‘lchamlarini belgilovchi to‘rtburchak darchadan iborat bulib, ob'ektiv (1)orqali o‘tgan yorug‘lik oqimi shu darcha orqali kinoplyonkaga tushadi. Greyfer mehanizmi (9) kinoplyonkani film kanalida har doim kadr balandligiga teng bir hil uzinlikda to‘htab –to‘htab so‘rib turadi. Plyonka film kanalidan chikib, yana sirtmok dosil kiladi, tishli baraban (8) uni so‘rib, qabul qiluvchi kasseta (7) ga yuboradi. Greyf mehanzmining darakat fazalari 21 rasmda keltirilgan.

    1. rasm. Kinosuratga olish apparati shemasi.

    Suratga olish kadrlar darchasi oldida ob'ektiv (1) va obtyurator (11) joylashgan. Obtyurator ko‘zgudan qilingan o‘yiq disk bulib, fotozatvor vazifasini bajaradi (obtyurator 11 ning «A» strelkasi bo‘yicha ko‘rinishiga qarang). Apparat ishlab turgan paytda obtyurator aylanadi. Film kanalida to‘htab-to‘htab suriladigan kinoplyonka suratga olish kadarlar darchasi oldida bir dakika (ekspozitciya vakti, sekundning bir necha ulushiga teng vakt) tahtaydi Obtyurator uyigi orqali yorug‘lik oqimini suratga olish kadrlar darchasiga yo‘naltiriladi va ob'ektiv(1) plyonkaning tasvir tushirilmagan (ekspoziciyalanmagan) qismiga ob'ektning bir darakat fazasini tushiradi. Aylanib turgan obtyuratorning ko‘zguli kismi yoruglik oqimi yo‘lini to‘sadi. Yuzasi ob'ektiv o‘qiga 45 burchak ostida joylashtirilgan obtyurator to greyfer mehanizm plyonkani so‘rib, kinoplyonkaning yangi qismini suratga olish kadrlar darchasiga to‘g‘ri keltirguncha yorug‘lik oqimini kuzatish optik tizimi (3) orkali operatorga yo‘naltiradi. So‘ngra yana obtyurator yorug‘lik oqimini o‘tkazadi va plyonkaning navbatdagi qismiga obekt darakatining yangi fazasini unga tushiradi va hokozo.

    1. rasm. 16 mm li kinoplyonkalarni kinoproeksiyalash shemasi.

    Tishli barabanlar kinoplyonkani uzatuvchi kasseta 5 dan film kanaliga undan so‘ng qabul qiluvchi kasseta 7 ga uzluksiz so‘rib turadi. Greyfer yordamida plyonkani uzluksiz darakatlanishdan uzlugli darakatlanishga va yana uzluksiz darakatlanishga o‘tkazish vaktida plyonka uzilmasligi uchun kinosuratga olish apparatiga
    plyonkani joylash paytida film kanali oldida (2) va undan keyin sirtmok qoldiriladi.
    Kinofilmlar 24 kadr/s chastota bilan suratga olinadi. Bunday kinoga olish chastotasi normal (standart) chastota deb ataladi. Filmlar ekranga ham shu chastotada tushiriladi. Lekin tadqiqot va tekshirish ishlarida suratga olish chastotasi o‘zgartiriladi. Masalan katta chastotada kinosuratga olib, normal chastota namoyish qilinsa, ekranda obektlarning harakati sekinlashib ko‘rinadi. 32-
    250 kadr/s chastotada tezlashtirilgan kinosuratga olingan voqealar normal chastotada ekranda ko‘rsatilgadan 10 barobargacha sekinlashadi. Juda qisqa vakt ichida sodir bo‘ladigan jarayonlarni (portlash chaqmok chaqishini) katta tezlikda (rapid kinosuratga olish) 250-50000 kadr/s chastotasida suratga olinadi.
    Sekin rivojlanadigan va natijada ko‘zatuvchi tomonidan yahshi idrok qilinmaydigan jarayonlar (muz kristallarini paydo bo‘lishi) sekinlashtirilgan 4-16 kadr/s chastotada suratga olinadi. Juda ham sekin rivojlanadigan jarayonlar (tuprok erroziyasi, o‘simlikni urugidan unib chiqishi) 1 kadr/soat chastotada suratga olinadi.
    Kinofilmning tez almashinib turadigan kadrlari tasvirini ekranga kattalashtirib tushirish kinoproeksiyalash deb ataladi. Kinoproeksiyalash kinoproektorlar yordamda bajariladi. Ovozli kinoproeksiyalashda kinoproektor kuchaytirgich va radiokarnay bilan birga ishlaydi.
    Ensiz 16mm li kinofilmlarni namoyish qilish shemasida (29 rasm) kinoplenka (6) uzatuvchi bobina (5)dan bir tekis uzluksiz aylanib turadigan gishli baraban (8)yordamida harakatlanadi va sirtmoq hosil qilib, film kanali (9)orqali o‘tadi. Film kanalida plyonkani greyfer mehanzmi (24) to‘htatib- to‘htatib so‘rib turadi. Plenka film kanalidan o‘tgach, sirtmoq hosil qilib yo‘naltiruvchi rolik (11) orqali silliq baraban (13)dan o‘tadi. Rolik (14) orqali plyonka ikkinchi tishli baraban (19)ga boradi va yo‘naltiruvchi roliklar (20,21, 22) orqali qabul qiluvchi babina

    1. ga o‘raladi. Rolik (7) va rolik (18) plyonkani tishli barabanlarda ushlab turadi, rolik (12) esa plyonkani silliq barabanga qisadi.

    Film kanalida to‘htab-to‘htab harakatlanayotgan plyonkaning har bir kadri-kadrlar darchasi oldida bir zum to‘htaydi va shu paytda apparatning yoritish - proeksiyalash tizimi orqali ekranga proeksiyalanadi. So‘ngra greyfer mehanizmi

    1. plyonkani so‘radi va kadrlar darchasi oldiga proeksiyalanadigan navbatdagi kadrni to‘g‘ri keltirib tuhtatadi. Plyonka harakatlanib kadrlar almashayotgan paytda obtyurator (4) yo‘lini to‘sadi. Shu sababli kadrlar almashivu ekranga tushmaydi, ekran korongu bo‘ladi. Lekin odamning ko‘zi tasviriy ta'surotlarni 0,1 sekundgacha saqlash qobiliyatiga ega. Agar ikki qo‘shni kadrni ajratib turgan oraliq 0,1 sekunddan oshmasa, ulardan oldingi taassurot qo‘shilib ketadi. Demak, tomashabin ekrandan uchirilgan kadrni qurishda davom etadi, natijada bir necha kadrlarni ketma-ket proeksiyalash tufayli tomashabin oldingi kadr taassurotini keyingi kadr paydo bo‘lgungacha saqlab, ular orasidagi uzilishlarni sezmaydi, ekranda uzluksiz harakat namoyon bo‘ladi. Ovozli filmlarni namoyish qilishdagi kinoproekciyalash chastotasi 24 kadr/s ni tashkil qiladi chastota bundan kichik bo‘lsa, suzlar yahshi anglashilmaydi. Ushbu chastotada kadrlar orasidagi uzilish tahminan 0,04 sekundga teng bo‘ladi.

    Filmning optik fonogrammmasi ob'ektiv (16) orqali shakllantirilgan lampa (15) ning nur oqimi yordamida ukiladi. Nur plyonkadagi fonogrammadan o‘tib, silliq baraban (13) orqasida joylashgan fotodiotga tushadi. Hosil bo‘lgan nur tebranishlari fotodiyotda elektr tebranishiga aylanadi va kuchaytirgich orqali radiokarnayga uzatiladi.
    Magnit fonogrammaga yozilgan ovoz silliq baraban yonida joylashgan magnit kallagi (17) orqali eshittiriladi. Magnit kallagida hosil bo‘lgan elektr tebranishlari kuchaytirgich orqali radiokarnayga uzatiladi.

    1. . Kinofilm nushalari asosan pozitiv shaklda ishlatiladi. Pozitiv kinoplyonka negativ dublikatlar asosida kinonusha ko‘chirish fabrikalarida hosil qilinadi. Kinofilm nushasi film kanalidan o‘tayotgan paytda kadr darchasi orqali o‘tadigan yorug‘lik nurini yutish hisobiga isiydi. Natijada kinoplyonka deformatsiyalanib, kadrning markaziy qismi bo‘rtadi. Yorug‘lik manbai juda kuchli bulganda bu burtish 0,5-0,b mm gacha bo‘ladi. Bundan tashqari, uzoq vakt issiqlik ta'sirida bulgan kinoplyonkaning emulsiya katlami uz elastikligini yukotadi. Ayniqsa, triasetat asosida tayyorlangan kinoplyonkalar issiqlik ta'siriga chidamsiz bo‘ladi. 3- jadvalda triasetat va nitrosellyuloza asosida tayyorlangan plyonkalarda film nushalarining issiqlik ta'sirida o‘ralishga mustahkamligining o‘zgarishi keltirilgan. Shunday ilib, film nushalarini ishlatish va saqlash jarayonida ularga ta'sir qiladigan issiklikni kamaytirish choralarini ko‘rish lozim.

    Mehanik ta'sirlar film nushasining yuzasi va perforatsiyasining buzilishiga olib keladi.
    Film nushasini yuzasi bo‘ylab nuqsonlarning paydo bo‘lishi kinoproektor lenta tortish mehanizmining quyidagi qismlaridagi nuksonlar tufayli yuzaga keladi.
    3-jadval
    Triasetat va nitrosellyuloza asosida tayyorlangan plyonkalarda film nushalarining issiklik ta'sirida o‘ralishga mustahkamligining o‘zgarishi

    1. Uzatuvchi g‘altakning tormozlash qurilmasida ishqalanish etarli bo‘lmaganligi tufayli film nushasi notekis harakatlanganda;

    2. Kundalang yo‘naltiruvchi siquvchi rolikning fetr yopishtirilgan qismi qirlanganda;

    3. Film nushasining halqasi haddan tashqari katta bo‘lib, u kinoproektorning korpusi yoki detallariga tegib turishi tufayli;

    4. Film nushasi rulon o‘rash mehanizmi tomonidan kuchli tortilganda;

    5. Lenta tortish mehanizmining ba'zi detallari ishga yaroqsiz holatga kelganda. Perforatsiya bo‘ylab dosil bo‘ladigan tirnalishlar quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi:

    1. Yong‘inning oldini oluvchi kanalning yo‘naltiruvchi tasmalari va yong‘in uchiruvchi roliklarning buzilishi;

    2. Film nushasini film kanalida kattik siqib qo‘yish;

    3. Film kanali va roliklarida qurum paydo bo‘lishi.

    Perforasiyaning ishchi chetlari bo‘ylab botiq quyidagi sabablar tufayli paydo bo‘ladi:

    1. Film kanali va uzatuvchi galtagining tormozlash qurilmasida ishkalanish katta bo‘lganida;

    2. Tortuvchi, tutib turuvchi barabanlar va greyfer tarokchasining tishlari buzilganda;

    3. Film kanali yoki tutib turuvchi baraban kiyshayganda;

    4. Film nushasining chuvalishi natijasida sakrashlar bo‘lganda.

    4. Kinoplyonkaning eniga karab kinofilmni namoyish qilishda turli kinoproektorlardan foydalaniladi. Sanoatda ishlab chiqariladigan
    «Volna», «Luch», «Rus» va boshqa kino- proektorlar 8 mm li kinoplyonkaga olingan ovozsiz kinofilmlarni namoyish qilishga mo‘ljallangan. 16 mm li kinoplyonkaga olingan ovozli va ovozsiz kinofilmlar
    «Ukraina-5», «Chernomorec»,
    «Raduga» va boshka shu tipdagi kinoqurilmalar yordamida namoyish qilinadi. «KN-17», «KPT-2», «KPT-
    23», «KSЕNON-1» va shunga o‘hshash kator kino qurilmalar 35 mm li kinoplyonkaga olingan, «KSЕNON- 54», «KP-15» va boshka kinokurilmalar esa 70 mm li kinoplyonkaga olingan kinofilьmlarni namoyish kilishga muljallangan.
    Фильм нусхасининг материали

    Урилишга мустах-

    Камлиги







    200 С

    400

    С600 С

    Ок-кора триацетат асосли плѐнкадаги

    фильм нусхаси 100

    28,0

    15,9

    Шунинг узи эмульсияси ювиб

    Ташланган 100

    89,0

    89,6

    Ок-кора нитроцеллюлоза асосли плѐнка

    даги фильм нусхаси 100

    37,1

    23,4

    Эмульсияси ювиб







    ташланган 100

    86,5

    90,1




    Download 179.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling