O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi
Xulosa…………………………………………………………………58
Download 1.06 Mb.
|
-dataContent-6661BMITUITMD060517110607
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINING RIVOJLANISHI VA UMUMIY TUSHUNCHALARI KELTIRILADI 1.1. Kommutatsiya texnikasining rivojlanishi va xususiyatlari.
Xulosa…………………………………………………………………58
КИРИШ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktyabrdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari soxasi tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlariga oid farmoni iqtisodiyotining barcha jabxasida zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturi maxsulotlardan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyotning real sektori korxonalarida ishdlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha eng zamonaviy integratsiyalashgan axborot tizimlarini faol qo‘llashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.[1] Oxirgi 15 yil mobaynida paketlar kommutatsiyasi asosida bo‘lgan global tarmoklarning rivojlanishi keskin darajada oshmoqda. Ulardagi g‘oya oddiy: Xar qanday axborotni (ma’lumot, ovoz, tasvir) raqamli ko‘rinishga aylantirilib, keyinchalik “paket” deb nomlanuvchi bloklarga ajratilib, turli axborotlar bilan (marshrutizatsiya, xatoliklar korreksiyasi va x k z) ta’minlanib kabul kiluvchiga yuboriladi. Telefon texnikasini rivojlantirish natijasida telefonistlar bajaradigan xamma vazifalar stansiya kurilmalari zimmasiga yuklaniladi. Bunday stansiyalarga koordinat (K-ATS), yarimelektron (KE-ATS) va elektron (E-ATS) stansiyalar misol buladi. Raqamli kommutatsiya tizimlari tez suratlarda rivojlanib bormoqda va ularni joriy qilish ularni tahlil qilish muhim masala xisoblanib qolmoqda. Ushbu BMI da xam zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan MSAN texnologiyasining Samarqand viloyatidagi o’rnini tahlil qilinadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimning dolzarbligi ham shundadir. I bob. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINING RIVOJLANISHI VA UMUMIY TUSHUNCHALARI KELTIRILADI 1.1. Kommutatsiya texnikasining rivojlanishi va xususiyatlari. Telekommunikatsiyalar so‘zi masofadan turib muloqat qilish vositasi degan mazmunni anglatadi (ya’ni axborot almashinuvini) va bunday muloqatning turli usullarini amalga oshiruvchi texnologiyalar yig‘indisi ko‘zda tutiladi. Telefoniya va telekommunikatsiyalar degan atamalar bilan ataluvchi tushunchalarni ba’zida adashtirishadi. Birinchi atama dastlab real vaqt davomida nutq axborotini uzatishga mo‘ljallangan elektraloqa tizimlariga muvofik ravishda qo‘llangan. Ikkinchisi esa, diskret axborot almashinuvi uchun ishlatiladigan, shu jumladan kompyuter tizimlari xam ishlatilgan, kolgan barcha elektraloqa tizimlarini (shu jumladan telefon tizimlariga asoslanganlarni ham o‘z ichiga oladi) muvofiq ravishda ishlatilgan. [3] Ma’lum xududda telefon aloqasini ta’minlovchi qurilmalar va inshoatlar yig‘indisi telefon tarmog‘i deb ataladi. Bunday tarmoq tarkibiga quyidagilar kiradi: kommutatsiya qurilmalar (ATS, tugun stansiyalari, stansiya tarmoqlari, konsentratorlar va multipleksorlar), liniyaviy inshoatlar (abonent va bog‘lovchi liniyalar, shaxarlararo va xalkaro kanallar), rasmiy inshoatlar (telefon stansiyalar, kuchaytirgich punktlarining binolari), telefon apparatlari va operatorlar pultlari. Evolyusiya jarayonida telefon tarmog‘i raqamli telekommunikatsiyalarning kudratli infratuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi, bunda nutk uzatilayotgan ma’lumotlarning faqat bittagina turi bo‘lib hisoblanadi. Telefon tarmog‘i telefoniyani qo‘llovchi tarmog‘i Telekommunikatsiyalar deb qarash mumkin. Telekommunikatsiya tarmog‘ini esa multimediyali axborot almashinuvini qo‘llovchi vositalar bilan ta’minlangan telefon tarmog‘idek qarash mumkin, ya’ni telefoniya telekommunikatsiyaning turlaridan biri hisoblanadi. Umumiy foydalanish telefon tarmoqlarini an’anaviy ravishda quyidagilarga ajratiladi: shahar, qishloq, xududiy, shaxarlararo va xalqaro. Barcha qayd etilgan tarmoqlar birgalikda umumiy foydalanish telefon tarmog‘ini hosil qiladi. UFTT, (PSTN – Public Switched Telepone Network) u mamlakatning o‘zaro bir – biriga bog‘langan aloqa tarmog‘iga kiradi. UFTT ga majburiy qo‘yiladigan talab – bu, barcha mahalliy, milliy va regional telefon tarmoqlarining orasidagi to‘la bog‘liqligidir. Kommutatsiya (switchens) so‘zi «ulash va uzish» ma’nosini bildiradi. Elektr – muxandisi uchun kommutatsiya elementi bu ish jarayonida ikki xolatdan (ulash, uzish) biriga o‘tishi mumkin bo‘lgan qurilmadir. Bu optik kommutatsiya elementlarga, tranzistorlarga, bular yordamida qurilgan mantiqiy ventillarga, trigerlarga, binarli xotiraga va hokozolarga nisbatan adolatlidir. Xalqaro elektraloqa ittifoqining telekommunikatsiyani standartlashtirish bo‘yicha sektori, (ITV–T) – International Telecommunications Union Standartization Sector) kommutatsiyani so‘rov bo‘yicha tashkil etiluvchi va axborot almashinuvi uchun talab qilgan vaqtga kirish – chiqish juftligini beruvchi, tizimning ko‘p kirishlaridan birini, uning ko‘p chiqishlaridan biriga ulash deb aniqlanadi. Kommutatsiyalanadigan aloqaga talabnoma olingach, tarmoq chaqiruvchi va chaqiriluvchi foydalanuvchilar (TA, kompyuterlar yoki modemlar) o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatadi, bu bog‘lanish faqat aloqa vaqti davomidagina ularga to‘la va mutlaq imkoniyatlikni beradi. Bu vaqt davomida bog‘lanishning biron – bir resurslari boshqa talabnomalarga xizmat ko‘rsatish uchun ishlatilmaydi so‘zlashuvdagi yoki ma’lumotlarni (bermaganlarni) uzatishdagi tabiiy tanaffuslar boshka so‘zlashuvlar yoki boshqa ma’lumotlar bilan tuldirilishi mumkin emas. Aloqa tugagach bog‘lanish buziladi. SHundan so‘ng tarmoq bog‘lanishda qatnashgan resurslar boshqa bog‘lanishlarni tashkil etish uchun ishlatiladi. SHunday qilib, kommutatsiya -bu bir necha bir–biriga bog‘lik bo‘lmagan doimiy mavjud bo‘lgan kanallarni bitta ulama kanalga ketma–ket bog‘lanish jarayonidir, bu bog‘lanish faqat aloqa vaqti davrida bo‘lib, bu vaqt davomida kommutatsiyalanadigan kanalning chetki nuqtalaridagi foydalanuvchilar o‘zaro muloqot ya’ni axborot almashinuvi imkoniga ega bo‘lishlari kerak. Kommutatsiyalanadigan kanalning komponentlari bo‘sh, ulana oladigan va bog‘lanishning zarur yo‘nalishda joylashgan sonidan tanlab olinadi. Kanallar kommutatsiyasi analogli yoki raqamli bo‘lishi mumkin. Analogli kommutatsiya deb analogli signal ustidan amallar bajarilishi yordamida kommutatsiyalanadigan kanalning chetki nuqtalari o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatish jarayoniga aytiladi. Raqamli kommutatsiya deb raqamli signal ustidan uni analogli signalga aylantirmay, ma’lum amallar bajarish yordamida kommutatsiyalanadigan kanalning chetki nuqtalari o‘rtasida bog‘lanishni o‘rnatish jarayoniga aytiladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling