Ozbekiston respublikasi aloqa axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1632149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
ozbekiston tarixi

TAYANCH IBОRALAR: 
 
 Arxeologiya, yozma yodgorliklar, etnografik materiallar, xalq og’zaki ijodi 
formatsiya, antro’ologiya tarixini soxtalashtirish, sinfiylik qoli’i, mafkuraviylik qoli’i, 
O’zbekiston tarixi davrlari, tendentsiya tushunchasi, rus shovinistlari, mustamlakachilik 
siyosati, Qo’qon Muxtoriyati, kontseptsiya, “Avesto”, O’zbekistonning yangi tarixi, 
milliy qadriyatlar, ma’naviyat.
 
Sivilizatsiya tushunchasi, tarixiy xotira, olamni anglash 
xissi. ibtidoiy jamoa tuzumi, antropologiya-odamning paydo bo’lishi va rivojlanish 
muammolari. yakkaxudolik, qadimgi ajdodlarimiz yashagan manzillar: Teshiktosh, 
Selung’ur, Ko’kbuloq, Uchtut, etnografiya. Arxeologiya, sinantrop, xitoy odami, 
neandertal, ibtidoiy to’da, urug’chilik jamoasi, Afrosiyob, “Avesto”, zardushtiylik. 


Yodda tuting: 
Tarix – arabcha so’z bo’lib, 
«tadqiq etish», «tekshirish», 
«voqealar ҳaqida aniq hikoya 
qilish» ma’nolarini anglatadi. 
1) Arxeologik yodgorliklar;
2) Yozma yodgorliklar; 
3) Etnografik materiallar; 
4) Xalq og’zaki ijodi (fol’klor); 
5) Texnik vositalar 
mahsulotlaridir. 


tasavvurga ega bo’lmasdan turib g’oyaviy-siyosiy dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin 
emas; 
Ikkinchidan, Vatan tarixini yoritish, o’qitish va o’rganish jarayonida chuqur ilmiylik
xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy 
va bosh yo’nalish bo’lishi lozim; 
Uchinchidan, Vatan tarixining har bir 
satri, har bir varag’i milliy qadriyatlarga hurmat 
ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy g’oya 
va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat 
qilishi darkor; 
To’rtinchidan, Vatan tarixining boshidan 
oxiriga qadar singib ketgan asosiy g’oya - 
otashin 
vatanparvarlik, 
baynalminalchilik, 
inson’arvarlik kabi ulug’ fazilatlarga qaratilmog’i kerak; 
Beshinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil Respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-
ijtimoiy qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga xizmat qilishi, davr va 
zamon bilan hamnafas bo’lmog’i ayni muddaodir. 
Tarixiy voqealarni o’rganishda qanday ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga 
tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar davrida uni o’qitish ishlari marksistik 
metodologiyaga bo’ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga komfirqa mafkuraviyligi, 
‘artiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga - 
eks’luatatorlar va eks’luatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, 
burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag’allar, mulkdorlar va yo’qsillar tarziga 
bo’lindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari, 
ruhoniylar qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqealar jamiyat a’zolarining bir qismi - 
kambag’allar va yo’qsillarni himoya qilgan, ularning manfaatiga bo’ysundirilgan holda yoritildi. 
Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning diniy ehtiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar 
quvg’in ostiga olindi. Buyuk olimlar, allomalar, mahrifat’arvar shoiru-ulamolar, yozuvchilar 
ikkiga - materialistlar va idealistlarga bo’lindi. Ulardan u yoki bu dinga ehtiqod qilganlari 
idealist deb ataldi, tahqib etildi, ularning faoliyatini o’rganish taqiqlandi, o’zlari taqirlandi, 
asarlari halqdan yashirildi, yo’qotib yuborildi. 
Oqibatda ko’pgina tarixiy voqea - hodisalar soxtalashtirildi, o’tmish qoralandi, ma’naviy 
merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. Yosh avlodga ularni jirkanch illat, xurofot, 
eskilik sarqitlari deb o’rgatildi. 
Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning 
yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron bo’lgan 
totalitar tuzumning salbiy roli katta bo’ldi. Tarix esa shu totalitar tuzumning xizmatkoriga, 
targ’ibotchi va himoyachisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi.
Endi, Vatanimiz tarixini yoritishda ilgari yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarga konkret 
ravishda misollar bilan to’xtab o’taylik. Avvalo, shuni aytish kerakki, ilgari bizda “Vatan tarixi” 
(“O’zbekiston tarixi” deb tushuning) degan narsaning o’zi deyarli yo’q edi. Faqat dorilfunun va 
muallimlar tayyorlash oliygohlarining tarix fakulg’tetlarida 70-100 soatlik qisqa kurs o’qitilar 
edi, xolos. Boshqa oliygohlarda, o’rta maxsus ilmgohlarda Vatan tarixi mutlaqo o’qitilmas edi. 
O’rta maktablarda Vatan tarixidan bir necha mavzulargina SSSR tarixi mavzulariga ilova 
sifatida o’qitilar edi. Darslar rus tilida olib 
boriladigan sinflarda esa O’zbekiston tarixi, 
turli bahonalar bilan, deyarli o’qitilmas edi.
Birinchi yirik xato shundan iborat 
ediki, hamma joyda ham o’zi “SSSR tarixi” 
deb 
atalgan 
bu 
fan 
aslida, 
deyarli 
Rossiyaning tarixidan iborat bo’lgan fan 
edi. Uni adolat nuqtai nazardan olganda, 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling