Ozbekiston respublikasi aloqa axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1632149
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
ozbekiston tarixi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
FARG’ONA FILIALI 
“KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI 
“GUMANITAR VA IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI 
 
O’ZBЕKISTОN TARIXI” 
FANIDAN 
 
TAYANCH KONSPEKT 


KIRISH 
XX asr oxiri o’zbek xalqi tarixida olamshumul ahamiyatga molik davr bo’ldi. 
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’liga kirdi, asriy orzusi ushalgan xalq o’z taqdirini o’z qo’li 
bilan yaratadigan bo’ldi. Kelajagi buyuk davlatni qurish va mustaxkamlash uchun jamiyatni 
harakatga keltiruvchi komil insonlarni yetishtirish talab etiladi. Buning uchun jamiyatning har bir 
a’zosi dastavval, o’zligini anglashi kerak.
Prezidentimiz I.A.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q" deb atalgan risolasida, -"O’zlikni 
anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixni yaxshi bilmasdan turib yuksak mavqega erishish 
mumkinmi? Albatta, mumkin emas. Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini 
boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira 
kerak... Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson. Takror aytaman, u irodali insondir... Jamiyatning 
har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar 
tahsiriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi. irodasini 
mustahkamlaydi" deb tahkidlaydilar. 
Respublikamizda keyingi vaqtda, yot diniy ekstremizmning suqilib kirib, bir qism 
yoshlarimizni o’zligini yo’qotib qo’ygan manqurtlarga, har xil manfur guruhlarning malayiga 
aylanib qolishi prezidentimiz Islom Karimovning yuqoridagi gaplari naqadar to’g’ri ekanini yana 
bir bor isbotladi. Yaqinda Respublikamizning bir guruh faylasuf, tarixchi, siyosatshunos, sotsiolog, 
‘sixolog, ‘edagog va adabiyotshunos olimlar bilan uchrashuvida yurtboshimiz "... 
pirovardmaqsadimiz bo’lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon haet qurish borasidagi 
intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbayi, ilmiy asos - bu milliy g’oya, 
milliy mafkura bo’lishi shart" - deb tahkidladilar. Darhaqiqat, xalqimizning fidoiy, sog’lom 
fikrlovchi, bilimdon ziyolilari ommaga milliy mafkurani tushuntirishi va siigdirishi lozim. 
I.A.Karimov o’zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q" nomli risolasida yana shunday deb 
yozadilar : "Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, 
biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz 
zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur". SHuning uchun 
prezidentimizning yuqorida eslatib o’tilgan risolasida tarixni o’rganishni davlat siyosati darajasiga 
ko’tarish masalasini ilgari surdi. 
SHuning uchun ham O’zbekiston tarixi fani barcha Oliy va o’rta maxsus tahlim o’quv 
yurtlarida, litseylar va kasb-hunar kollejlari, umumtahlim maktablarida o’qitilmoqda, bitiruvchilar 
esa yakuniy Davlat attestatsiyalarini topshirmoqdalar. 
Prezidentimiz bu ishga shaxsan o’zlari, bosh-qosh bo’lmoqdalar. U kishining tarixchi olimlar 
bilan uchrashuvlari, Vazirlar Mahkamasining bu masalaga bag’ishlangan bir qator qarorlari va 
farmoyishlari yuqoridagi fikrimizning isbotidir. 



Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling