Ozbekiston respublikasi aloqa axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1632149
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
ozbekiston tarixi

Muammoni yechish uchun nimalarga 
ahamiyat қilish kerak
Ushbu muammoni ilmiy tadқiқ қilishda 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz 
kelajak yo’q» nomli asari metodologik 
asar bo’lib xizmat қiladi. 


ko’p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali tahsirining mahsulidar. Bir so’z bilan 
aytganda, ko’chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning 
madaniyati abadiy yashaydi”. 
2. 
XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida tatar 
mahrifat’arvari Hasan Ato Abushiy o’zining 1907 yil 
yozib tugatilgan mashhur asari “Turkiy qavmlar tarixi” 
da shunday deb yozadi: “Avlodi Yofas (Nuh Payg’ambar 
o’g’li) dan mo’ng’il qiyofatli bir odam (muarrixlar 
qovlincha turk) qavm va qabilasi ila Osiyo o’rtalarinda 
Issiqko’l 
va 
Oltoy 
tog’lari 
tegrasina 
kelub 
yerlashmishdir. Zamon kub o’tuvchi ham albatta ko’baymishlar. Tabiiy avvalgi o’rinlarini 
sig’may turli tarafga sochilurg’a majbur o’lmishdirlar” (Ko’rsatilgan asar. T., CHo’l’on, 1995 
yil, 20-bet). 
Akademik A.R.Muhammadjonovning “O’zbekiston tarixi” (T., “O’qituvchi” 1994) 
kitobida yozilishicha, V asrning ikkinchi va VI asrning birinchi yarmida Oltoy va Janubiy 
Sibirda ashina qabilasining yabgulari Asanshod, Tuu va Buminlar (460-553) boshlig’ida turkiy 
qabilalarning ittifoqi vujudga keladi. Qadimgi turk manbalarida bu ittifoq turk, turkel va turk 
bhdun kabi nomlar bilan tilga olinadi. VI asr o’rtalarida Bumin boshliq bu turk ittifoqi tele 
qabilasini o’ziga bo’ysundirgach, Markaziy Osiyodagi eng kuchli Jujan hoqonligiga qaqshatqich 
zarba beradi. 551 yilda Bumin “Xoqon”, ya’ni hukmdor unvoniga muyassar bo’lib, Markaziy 
Osiyoda yangi im’eriya - Turk hoqonligiga asos soladi. Oltoy Xoqonlikning markazi bo’lib 
qoladi.
Bumin va uning ukasi Istemi Markaziy Osiyo va Janubiy Sibirda hukmronlikni 
mustahkamlab olgach, xoqonlik chegaralarini kengaytirishga kirishadilar. Qisqa vaqt ichida 
Yenisey daryosi bo’ylarida yashovchi qirg’izlar, janubiy-G’arbiy Manjuriyaning mo’ng’il 
qabilasidan bo’lgan kidanlar bo’ysundiriladi. SHimoliy Xitoy viloyatlari bosib olinib, Xitoy 
im’eratori turklar bilan sulh tuzishga, keyinchalik esa, hatto, u yiliga yuz ming to’’ i’ak mato 
hisobida hoqonlikka o’l’on to’lab turishga majbur bo’ladi. 
Turklar G’arbga tomon muvaffaqiyatli yurishlar olib boradilar. G’arbiy harakatlarga 
Istema boshchilik qiladi. Unga “yabg’u hoqon” degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va 
SHarqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo’ysundiriladi. 555 
yildayoq turklar SHarqiy Turkistonning obod dehqonchilik viloyatlarining kattagina qismini va 
boy hunarmandchilik shaharlarini hamda O’rta Osiyoning Sirdaryo va Orol dengizi 
bo’ylarigacha cho’zilgan keng dasht mintaqasini butunlay egallab oladilar. Turklar hokimligi shu 
‘aytlarda, shubhasiz, Xorazmga ham yoyilib, hoqonlik chegarasi Eftalitlar davlati hududlariga 
borib yondashadi.
SHuni ehtirof etish kerakki, ko’chmanchi chorvadorlarning g’arbga tomon yurishi 
oddiygina istilo emas edi. Balki bu Markaziy Osiyoda yashovchi turkiy qabilalarning SHarqiy 
Turkiston shimoli va O’rta Osiyoning sharqidagi ulkan dashtli va tog’li o’lkalarga navbatdagi 
ko’chib kelib o’rnashishi edi. Qadimdan bu hududlarda yashab kelgan va til jihatidan 
turkiyzabon mahalliy ko’chmanchilarning bir qismi turklarning harbiy boshqaruv tizimigina 
birikib, qolganlari esa qochib avarlarga borib qo’shildi, ularning harbiy qudratini oshirib, turk 
nomi bilan SHarqiy Ovru’o dashtlariga borib o’rnashdi. 
558 yilga borganda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo’ylarini zabt etib, undan 
g’arbda va SHimoliy Kavkazda bepoyon yerlarni olgan avarlar bilan to’qnashdilar. G’arbdagi bu 
ikki dushmanga uzil-kesil zarba berish maqsadida turklar Eron va Vizantiya bilan do’stona aloqa 
o’rnatishga intiladi. Turklar tazyiqi oqibatida bu davrda yuzaga kelgan qulay vaziyatdan 
foydalangan sosoniylar Toxariston, Zabuliston, Qobuliston va CHag’oniyonni eftalitlardan tortib 
oladi. 
Keyin ularning uchalasini ham yengib, VI asrning 60-70 yillarida o’zlarining Buyuk Turk 
hoqonligini tuzdilar. Ammo o’zaro urushlar natijasida 603 yil ular ikki davlatga - G’arbiy Turk 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling