Ozbekiston respublikasi aloqa axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1632149
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
ozbekiston tarixi

Muammo: 
O’zbek 
davlatchiligini 
izoxlab bering. 


Arxeolog olimlarning tahkidlashlaricha, ‘arkana (Farg’ona) da 70 ta katta-kichik 
shaharlar bo’lgan. Uning hukmdori Gushan (hozirgi O’zgan) shahrida yashagan bo’lib, u yerda 
jamoa shaharchasi va alohida kishilar yashaydigan qo’rg’onlar bo’lgan. 
Aholi hunarmandchilik sohalari, savdo bilan shug’ullanganlar. Qurilgan yo’llarning mavjudigi 
bunga qulaylik yaratgan. 
Baqtriyaning ‘oytaxti qadimgi Baktro (hozirgi Balx) shahrida qazishma ishlari olib 
borilib, u yerdan topilgan qulolchilik buyumlari ko’hna shaharning eng qadimgi qatlamlari 
miloddan avvalgi I-ming yillikning o’rtalariga oid ekanligidan dalolat beradi. Juda ko’p o’troq 
manzilgohlar va ulardagi to’ilmalar viloyatda aholi qulolchilik, temirchilik, bronza quyish, 
to’qimachilik, shuningdek, sug’orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganidan 
dalolat beradi. 
Markaziy Osiyoda eng qadimgi davlat uyushmalarning paydo bo’lishi juda muhim 
masaladir. I.A.Karimovning “Hozirgi davr davlatchilik tariximiz tub burilish ‘allasiga kirgan bir 
‘aytda o’zimizning zamon va makondagi o’rnimizni aniq belgilab olishimiz lozim” deganlari 
ming bor haqiqatdir. 
CHunki Markaziy Osiyodagi ilk davlat uyushmalari haqidagi yozma Ma’lumotlar juda 
kam saqlanib qolgan. Bazi bir ilmiy adabiyotlarda Markaziy Osiyoda Eron ahmoniylarigacha 
qadimgi davlat uyushmalari bo’lganmi? yoki bunday davlat uyushmalari mavjud emasmidi? 
degan muammo hozirgacha to’la yechimini to’gan emas. Ma’lum ki, Markaziy Osiyoda ilk 
davlat tuzumi vujudga kelishini yoritib beradigan asosiy yozma manba “Avesto” va qadimgi 
dunyo mualliflari qoldirgan Ma’lumotlardir. Mavjud yozma manbalar, arxeologik tadqiqotlar 
bilan solishtirilganda bu makonda qadimgi davlat uyushmalari bo’lganligini isbotlovchi 
ishonchli dalil, ashyolar mavjud ekanligi ilmiy asosda tahlil qilib beriladi. 
O’tgan asrning oxiri va asrimizning boshlarida Avestodagi Ma’lumotlar, Geradot va 
Gekagtey asarlari “Katta Xorazm” shuningdek, Ktesiyning Qadimgi Baqtriya podsholigi 
haqidagi Ma’lumotlari Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalarining paydo bo’lishi 
muammolarini o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tadqiqotchilarimiz ilmiy xulosalarida 
bu davlatlarning shaklanish jarayoni Eron ahmoniylarigacha bo’lgan davrda, deb hisoblaydilar 
va uni miloddan avvalgi IX-VII asrlar bilan bog’laydilar (M.Dunker, V.Tomashek, F.Al’txaym, 
S.’.Tolstov, M.M.D’yakanov, I.M.D’yakanov, B.G.G’ofurov, A.Sagdullaev va boshqalar). 
Yunon olimi Geradotning Ma’lumotlariga qaraganda, Markaziy Osiyoda “Har tomoni adrlar 
bilan o’ralgan tekislikda qachonlardir xorazmiylar yashagan”. Ko’pchilik tadqiqotchilar bu 
markazni hozirgi Xorazm o’rnida bo’lmasdan, janubroqda, Marv (Turkmaniston) yoki Xirot 
(Afg’oniston)da bo’lgan - deyishadi. Biroq, mil.avv. I-ming yillikning o’rtalariga yaqin davrda 
“Katta Xorazm” davlati mavjud bo’lganligiga shubha qilmasa bo’ladi. 
Sopollitepadagi 
yana 
ilk davlat uyushmasi Qadimgi Baqtriya davlatidir. Bazi Ma’lumotlarga qaraganda, uning 
tarkibiga So’g’d va Marg’iyona ham kirgan. Yunon muallifi Ktesiy Baqtriya haqida qimmatli 
Ma’lumotlar beradi. Tarixchi olim Baqtriya davlatidagi ko’plab shaharlar, mustahkam ‘oytaxt 
shahar Baqtro (Balx), Baqtriya podshosi Oksiart, uning bitmas tuganmas boyliklari haqida 
hikoya qiladi. Gerodotda Baqtriya Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olinadi. 
Tadqiqotchi olimlarning fikrlariga qaraganda Qadimgi Baqtriya qudratliligi jihatidan ancha ustun 
bo’lib, ular orasida alohida mavqega ega edi. Baqtriyaning tabiiy boyliklari undan tashqari 
hududda yoki Old Osiyoga qadar ham mashhur edi. 
So’nggi 10-15 yil ichida Baqtriya, So’g’diyona va Marg’iyonadan olingan yangi 
arxeologik Ma’lumotlar ilk davlat uyushmalari paydo bo’lishini yanada kengroq izohlash 
imkonini yaratadi. Bu Ma’lumotlarga qaraganda, ilk Temir davri Baqtriya, Marg’iyona, Xorazm 
va So’g’diyona umumiy jamoalaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik 
oiladan iborat uy jamoalari tashkil etgan.
Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalari 
dehqonchilik, chorvachilikdan ixtisoslashgan hunarmand-chilikning ajralish va shahar 
markazlari shakllanishi asosida paydo bo’ladi.


So’nggi yillardagi arxeologik Ma’lumotlar Markaziy Osiyo ilk davlatlar shakllanishining 
muhim muammolarini yoritish, shuningdek, ular rivojlanishining quyidagi davrlarini aniqlash 
imkoniyatini beradi: 
1). Bronza davri - unchalik katta bo’lmagan dehqonchilik vohalari asosida ilk davlat 
uyushmalarining shakllanishi. 
2). Bronza asrining temir asriga o’tish davri (mil.avv. X-VIII-asrlar). etnik-madaniy va 
g’oyaviy vaziyatlarining o’zgarishi sharoitidagi harbiy-siyosiy uyushmalar bazi viloyatlarda 
bo’lib o’tgan ko’chish jarayonlari davridagi o’troq manzilgohlar sonining qisqarishi va ilgari 
odamlar yashagan joylarda yangi aholi manzilgohlarining shakllanishi, harbiylar va harbiy 
boshliqlarning ijtimoiy qatlamlariga bo’linishi. 
3). Ilk temir davri (mil.avv. VII-VI asrlar). Qadimgi Baqtriya misolidagi (aynan Baqtriya, 
So’g’diyona va Marg’iyona) yirik davlat uyushmalari paydo bo’lishi. Bunday davlat uyushmalari 
paydo bo’lishining tezlashuviga ichki ijtimoiy-iqtisodiy sabablardan tashqari tashqi, omillar ham 
sabab bo’lgan. 
Markaziy Osiyodagi turli xalqlarning qadimgi davrlardagi diniy qarashlari va ehtiqodlari, 
Payg’ambarlari va ular tahlimotlarining yoyilishi ko’pgina olimlar orasida ilmiy munozaralarga 
sabab bo’layotgan masaladir. Ma’lum ki, Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng yoyilgan va 
asosiy din zardushtiylik edi. Bu tahlimotning asoschisi Zaradushtra va uning faoliyati, bu 
dinning muqaddas kitobi “Avesto” va paydo bo’lgan hudud haqidagi masalalar ham hozirgi 
kunda ko’pchilik tadqiqotchilarning diqqat markazida turibdi. Umuman olganda, 
Zaradushtraning Vatani Markaziy Osiyo deb hisoblovchi olimlar ko’pchilikni tashkil etadi.
Ma’lumotlarda islomda “Qurhon”, nasroniylarda “Bibliya” bo’lganidek “Avesto” - 
zardushtiylik dinining matnlari to’’lamidir. Zardushtiylik tahlimoti yer, suv, havo va olovni 
muqaddas deb hisoblagan. 
“Avesto” kitobi turli xil Ma’lumotlarni o’z 
ichiga oladi. SHu jumladan - qadimgi geografik 
tushunchalar - daryolar, tog’lar, ko’llar nomlari, 
hududiy etnik qabilalar va viloyatlar nomlari, 
qadimgi mamlakatlarning ro’yxati, iqtisodiy va 
ijtimoiy munosabatlar haqida, siyosiy tuzum, diniy 
nasihatlar, zardushtiylar falsafasi, dunyo tarixi 
rivojlanishi haqida qimmatli Ma’lumotlar beradi. 
Tarixdan 
ma’lum 
ki, 
zardo’shtiylik 
miloddan oldingi VII-asrdan, milodning VII 
asrigacha qariyb ming yil Markaziy Osiyo, Eron, 
Ozarbayjon va boshqa o’lkalarda diniy ehtiqod 
sifatida yashadi. 
Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Zardo’sht Markaziy Osiyo hududida faoliyat 
ko’rsatgan ilohiyotchi faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo’lgan. Zardo’sht zardo’shtiylik 
dinining Payg’ambari sifatida tan olingan va ehtirof etilgan bo’lib, uning tahlimoti Markaziy 
Osiyo xalqlari tarixida va ma’naviy madaniyatida ulkan rol’ o’ynadi. 
I.A.Karimov bu haqda shunday dedi: “Eng mo’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz 
“Avesto”ning yaratilganiga 3000 yil bo’lya’ti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki 
daryo oralig’ida, manashu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga 
qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, 
buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech 
kim inkor etolmaydi”. 
Saymali tosh darasidagi qoyatosh surhatlarini biz o’rganayotgan davr sanhatining ilk 
namunasi, deb atash mumkin. 
Farg’ona tizma tog’larining Kukigart? davoni yaqinidan topilgan bu qoyatoshlardagi 
surhatlar majmuasi qadimgi Farg’ona aholisining boy ma’naviy madaniyatidan yaqqol dalolat 
beradi. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling