Ozbekiston respublikasi aloqa axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo’mitasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi
Muammoli vaziyat:
Hozirgi kunda o’zbek xalqining etnik shakllanishi to’g’risida turli tarixiy adabiyotlarda turlicha qarashlar ilgari surilmoqda. Bu muammoni tarixiy manbalardan tanqidiy, xolisona foydalanib, uni yangicha yondashuv asosida oboektiv hal qilish lozim. O’zbek xalqining ibtidosini, dastlabki asosini tariximiz qahridan qidiramiz. 700 ming - bir million yil muqaddam Sel-Ungurda yashagan ibtidoiy odamlar, 100 ming yillar ilgari Teshiktoshda yashagan odamlar bizlarning, Markaziy Osiyo xalqlarining (o’zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qozoqlar, qirg’izlar va qaraqal’oqlarning) ajdodlaridirlar. Biz o’shalardan tarqalgan tubjoyli xalqlarmiz. Aziz o’quvchim, muallif tariximizda ko’chmanchi xalqlar va davlatlar rolini inkor qilayotir deb, xulosa chiqarishga shoshilmang. Alhazar! Ularning roli bor, albatta. 3000 yil davomida sharqdan ko’chib kelgan yoki bosib kelgan ko’chmanchilarning o’zbek xalqining etnik jihatdan shakllanishida “xizmati”, “hissasi” katta. Bu haqiqatga qarshi so’z bo’lishi mumkin emas. Markaziy Osiyoda miloddan avalgi III ming yillik o’rtalarida SHarqdan kelib o’rnasha boshlagan ko’chmanchi turklarning ayrim guruhlari yashar edilar. Miloddan avvalgi II asrlarda ularning ko’chib kelishi kuchaydi, milodning V asridan boshlab avj oldi. VII asrga kelib, hatto, ular o’z Hoqonliklarini bar’o etdilar va Vatanimiz hududini bo’ysundirdilar. Natijada Markaziy Osiyodagi xalqlarning turkiylashuvi yuzaga keldi. Keyin qorluqlar, o’g’izlar va boshqalar bu jarayonni kuchaytirdilar. X-XI asrlarga kelib turkiyzabon o’zbek xalqi etnik jihatdan asosan tarkib to’ib bo’ldi. Bu jarayon keyin ham davom etdi. Masalan, XVI asrda Dashti Qi’choqdagi “o’zbek” deb ataluvchi ko’chmanchi qabilalar kelib qo’shildilar. Xalqimiz “o’zbeklar” deb atala boshlandi. Aslida ular xalq bo’lib shakllanishmizda bir element sifatida rol’ o’ynagan elatlar - XVI asrda bizga nomini o’tkazgan SHayboniy o’zbeklari ham, X-XII asrda kelib qo’shilgan turli ko’chmanchi turkiy qabilalar ham, qadimdan ko’chib kelgan va keyinchalik o’z xoqonliklarini tuzgan turklar ham o’zbek xalqining, millatining ibtidosi emas, o’zbek xalqining etnik shakllanishida asos bo’lganlar, bular-xorazmiylar, baqtriylar, so’g’diylar, ‘arkan (Davon) lilardir, ya’ni dehqonchilik va o’troq chorvachilik bilan shug’ullanuvchi tubjoy xalqlardirlar. Ular Eron tilining shimoliy shahobchasiga mansub tilda so’zlashardilar. SHuning uchun ham I.A.Karimov o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida” degan katobida: “... madaniy, tarixiy va antro’ologik ildizlarimiz bizni tojik xalqi bilan ham tutashtiradi” (143-bet) deganda to’la haq edi. Hozir turklarni “mahalliylashtirish” va “o’troqlash-tirish”ga intilish kuchli. Jon kuydirib, ular miloddan avvalgi II asrdan boshlab kelgan emas, III ming yillikning boshlarida ham bor edi, demoqdalar. Masala ularning qachon kelganligi ustidan emas, balki aslida tubjoy bo’lmay ko’chib kelganliklari ustida borishi kerak. Axir, Amir Temurning “Temur tuzuklari”da (Toshkent, 1991 yil, 39-bet) “Turonzaminning o’zbeklar toifasi qoldiqlaridan tozalash” degan sarlavhada o’zbeklarni qalhalardan haydaganligini yozib, “Movarounnahr tu’rog’i meni o’ldirishga qasd qilgan o’sha zolimlardan tozalandi va mamlakat tamoman mening qo’limga o’tdi” deb hursand bo’ladi. Demak, hali XIV asrning 60 yillarida Movarounnahrda ko’chmanchi o’zbek guruhlari bor ekan. Lekin biz ko’chmanchi o’zbeklar Vatanimizga XVI asr boshlarida bosib keldi, deb yozamiz. SHundan mantiqan kelib chiqadiki, miloddan avvalgi III ming yillik o’rtalarida yoki undan ham oldin deylik, turklarning ayrim guruhlari Sirdaryo havzasida yashagan bo’lsa, “bizning kelib chiqishimiz asli turk” deyishga ilmiy asos bo’lolmaydi, bizlar keyinchalik turklashgan, turkiyzabon bo’lgan, aslida esa tubjoy bo’lgan xalqmiz. SHuning uchun ham prezidentimiz uchrashuvdagi suhbatlarida bu masalaga qayta-qayta to’xtadilar “Bizning ajdodlarimiz, halqimiz qadim-qadimdan o’troq yashagan, millatimizning iligi o’troq madaniyat sharoitida qotgan ... Milliy borlig’imiz, madaniyatimiz ildizi, tomiri o’troq bo’lgan... Demoqchimanki, tariximiz kabi, qadim madaniyatimizning yaratilishida ham unga ko’plab etnik guruhlar, el-elatlar o’z ulushini qo’shgan. Bu - tabiiy hol. CHunki, hech qachon, hech qaerda faqat bitta millatga mansub madaniyat bo’lmaydi. Har qanday sivilizatsiya ko’pdan- Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling