O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish Agentligi
Download 0.98 Mb.
|
Хайдаров Ф
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa javob Javobning registrga ta’sirchanligi
- Mos keluvchi tasodifiy savol Muqaddimadan keyin talabaga bir nechta savollar va unga mos javoblar soni beriladi. Savollarning har biri uchun faqat bitta
- Qisqa javob
O’rnini almashtirish parametri – bayroqchani o’rnatish bu savoldagi alohida savollar tasodifiy tartibda kelishini ta’minlaydi. Javoblarning tasodifiy tartibi ham testni sozlashda qo’shilgan bo’lishi zarur. (Savollardagi mos javoblar variantlari har doim tasodifiy ravishda joylashadi va testni sozlashga bog’liq bo’lmaydi).
Savollar variantlari (javoblar variantlari emas!) sifatida matndan tashqari formulalar va tasvirlar ishlatilishi mumkin. Buning uchun HTML-teglar ko’rinishidagi tasvirlarga havolalar qo’yiladi: http://www.ksame.kharkov.ua/moodle/file.php/58/formuly_dlja_testov/4.1 .GIF Qisqa javob Javobning registrga ta’sirchanligi – parametr bosh va kichik harflar bir – biridan farqlanishini, ya’ni registr javob uchun muhim o’rin tutishi mumkinligi aniqlaydi. Oxirgi holda “Kiyev” va “kiyev” javoblari to’g’ri deb tolpilgan edi. Bitta to’g’ri javob bo’lganda uning bahosi 100% ga mos bo’lishi kerak. Boshqa variantlarni to’ldirish shart emas. To’g’ri javoblar sifatida bir nechta so’z-sinonimlar kiritilsa, ularning har biri uchun turli baholarni qo’yish mumkin. Mos keluvchi tasodifiy savol Muqaddimadan keyin talabaga bir nechta savollar va unga mos javoblar soni beriladi. Savollarning har biri uchun faqat bitta javob to’g’ri hisoblanadi. Talaba har bir savol uchun mos javobni tanlashi kerak. Har bir savol avtomatik ravishda bir xil og’irlikka ega bo’ladi. Berilgan tipning “Mos keluvchi savol” tipidan farqi, bu yerda savollar berilgan kategoriyadagi “Qisqa javob” savol tipi to’plamidan tasodifiy ravishda tanlanadi. Har bir test o’tkazishda turli savollar tanlanadi. Savollar sonini Tanlanadigan savollar soni parametri qiymati bilan tartibga solish mumkin. Tasodifiy savolni ishlatishda berilgan kategoriyaning barcha mos keluvchi savollari bilimlarning berilgan sohasiga tegishli bo’lishi kerak. Aks holda talabaga moslikni tanlash oson bo’ladi. Tavsif Bu tip savol hisoblanmaydi. U bajaradigan ish – javoblar talab etmaydigan qandaydir matnni tasvirlash. Matn ostida tasvirga ega bo’lishi mumkin. Tavsifni keyingi guruh savollarini tasvirlash uchun ishlatish mumkin. Umumiy taqriz ishlatilishi mumkin, ammo u faqat ko’rish sahifasida tasvirlanadi. “Savol” tarkibi test o’tkazilayotganda ham, ko’rish sahifasida ham tasvirlanadi. Esse Bu savolga (tasvirni ham qo’shish mumkin bo’lgan) javobni talaba yozma kiritishi kerak. Esse savolini yaratishda 3 ta maydonni to’ldirish zarur: savol nomi, savol matni va bir vaqtda tasvirlanadigan umumiy izoh. Esse savoli - bu o’qituvchi tomonidan qo’lda baholanadigan yagona savol tipi hisoblanadi. Esse savollariga berilgan javoblar ularni o’qituvchi ko’rib chiqqandan keyin baholanadi; o’qituvchi taqriz qoldirishi va talaba yozgan esseni baholashi mumkin. Tasodifiy savol Bu berilgan kategoriyadagi mavjud savollarni testga qo’shish uchun tasodifiy ravishda tanlashga ruxsat beradigan vositadir. Tasodifiy savol o’zining o’quv axborotiga ega emas, u faqat bu kategoriyaning boshqa savollariga havolaga ega bo’ladi. Siz tasodifiy savolni testga joylashtirsangiz, u holda har bir testni o’tkazishda uning joyiga berilgan kategoriyadan tasodifiy ravishda tanlangan qandaydir savol qo’yiladi. Tanlangan savol uchun maksimal baho Tasodifiy savolga o’rnatilgan kabi bo’ladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling