O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish Agentligi
Download 0.98 Mb.
|
Хайдаров Ф
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob bahosi
- Javoblar foizi
- Diskriminasiya indeksi
Savolning nomi va matni. Yashil rang bilan savol nomi, qora bilan savol matni tasvirlanadi. Agar savolda rasmlar bo’lsa, ular ham shu jadvalda tasvirlanadi.
Javob matni. Bu yerda savolda ko’rib chiqilgan javoblar variantlari yoki talabalar tomonidan kiritilgan javoblar tasvirlanadi. To’g’ri va noto’g’ri javoblar rang bilan belgilanadi. Javob bahosi o’qituvchi savol parametrlarida qanday aniqlagan bo’lsa, shunday kiritiladi. Javoblar soni. Bu yerda kasr suratida talabalar tomonidan nechta urinishdan keyin javobning berilgan varianti kiritilganligi, kasr mahrajida esa – savolga javob berish uchun umumiy urinishlar soni ko’rsatiladi. Javoblar foizi urinishlarning necha foizida talabalar tomonidan javobning shu varianti kiritilganligini ko’rsatadi. To’g’ri javoblar foizi shu savolga talabalar tomonidan yig’ilgan ballar yig’indisining, talabalar shu savolga har doim to’g’ri javob berganda yig’ishi mumkin bo’lgan ballar yig’indisiga foizli munosabatini ko’rsatadi. Bu ko’rsatkichni yana savollar osonligi indeksi deb ham atashadi. Standart og’ish. Bu ko’rsatkich turli talabalarning baholari o’zaro qancha farqlanishini baholaydi. Agar barcha talabalar shu savolga javob berib, bir xil ballar sonini yig’sa, u holda standart og’ish nolga teng bo’ladi. Standart og’ish baholar og’ishlari kvadratlari yig’indisidan bu baholar soniga bo’lingan, ularning o’rta qiymatlarining kvadrat ildizi kabi hisoblanadi. Diskriminasiya indeksi – bu test savoli sifatini xarakterlaydigan, ya’ni bilimi kuchli talabalarni bilimi kuchsiz talabalardan farqlaydigan ko’rsatkichdir. Testning barcha savollariga berilgan javoblar natijalariga ko’ra, diskriminasiya indekslarini hisoblash uchun talabalar uch guruhga bo’linadi: kuchli, o’rtacha va kuchsiz talabalar. i-chi savolning diskriminasiya indeksi uchun matematik ifoda quyidagi ko’rinishda bo’ladi: ID(i)=[Xkuchli(i)–Xkuchsiz(i)] / N, Qayerdaki Xkuchli(i) –i-chi savolga javob berishda eng yuqori ball olgan, testda sinalayotganlardan uchdan birining olgan ballar kasri (to’plagan/maksimal) ning yig’indisi; va Xkuchsiz(i) – test natijasi bo’yicha testda sinalayotganlardan uchdan birining olgan ballarining nisbiy qiymatlari yig’indisi; N – sinalayotganlarning umumiy soni. U +1 dan -1 gacha diapazonda qiymatga ega bo’lishi mumkin. Masalan, +1 berilgan savolga barcha kuchli talabalar to’g’ri, kuchsiz talabalar esa noto’g’ri javob berganligini bildiradi. Diskriminasiya indeksining nol qiymati berilgan savol og’ir va kuchsiz talabalar bir xil javob berganligini bildiradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling