O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish Agentligi
Xato maydoni – yo’l qo’yilgan xatolarni ko’rsating (nuqta
Download 0.98 Mb.
|
Хайдаров Ф
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saqlash
Xato maydoni – yo’l qo’yilgan xatolarni ko’rsating (nuqta bilan ajratilgan o’nlik kasr ko’rinishida bo’lishi mumkin. Vergul ishlatilmasin!).
Xato tipi ro’yxatidan – Nisbiy, Nominal va Geometrik tiplarini tanlang. Agar savolga to’g’ri javob 200 bo’lib, unga 0.5 xato o’rnatsak, u holda turli xatolar turlicha ishlashi mumkin: Nisbiy: Tegishli oraliq to’g’ri javobni 0.5ga ko’paytirish yo’li bilan hisoblanadi (bu holatda bu 100 ni beradi). Shunday qilib, to’g’ri javob 100 va 300 (200 100) oraliqdagi qiymat hisoblanadi. Agar to’g’ri javobning kattaligi formulaga qo’yilgan turli qiymatlarda juda farqlansa, bu foydali hisoblanadi. Nominal: Bu xatolarning eng oddiy tipi, ammo moslashuvchan. To’g’ri javob 199.5 va 200.5 (200 0.5) orasida bo’lishi kerak. Agar turli javoblarning kattaliklari bir – biridan katta farqlanmasa, bu tipni ishlatish mumkin. Geometrik: Tegishli intervalning yuqori chegarasi 2000.5*200 kabi, xuddi Nisbiy xatoni hisoblaganday, hisoblanishi mumkin. Quyi chegara 200/(1+0.5) kabi hisoblanadi. Bu holatda to’g’ri javob 1333.33 dan 300 gacha oraliqda bo’lishi mumkin. Bu yuqori chegara uchun katta nisbiy xato (1 va undan ko’p) ishlatiladigan murakkab hisoblashlar uchun foydali, ammo, bir vaqtning o’zida u quyi chegara uchun ishlatilmaydi, chunki barcha hollar uchun to’g’ri javobni nolga aylantiradi. Javobning absolyut to’g’ri qiymati 100% baholanishi kerak. Bu holda boshqa variantlarni to’ldirish shart emas. Bir nechta qisman to’g’ri javoblarni to’ldirib, ularni 5% dan 90% gacha baholash mumkin. Javoblar variantlarida yana bir yoki bir nechta o’lchov birliklari (kg, g, mg; sm, m, km va sh.o’.) va unga mos koeffisentlar (0,01; 0,1; 10; 100; 1000 va sh.o’.) ko’rsatiladi. Jimlik qoidasiga ko’ra 1,0 koeffisent o’rnatilgan va unga faqat o’lcham qo’yilishi kerak. Ko’rsatilgan koeffisentlar xatoliklar uchun ham ishlatiladi. Kerakli parametrlar qiymatlari sonini testda ishlatish uchun qo’shgandan keyin Saqlash tugmasini bosing. Ichma-ich joylashgan javoblar Bu savollarning juda moslashuvchan tipi hisoblanadi. Bunday savollar bevosita savollar qo’yiladigan matndan (Moodle formatida) iborat bo’ladi. “Ichma-ich joylashgan javoblar” tipidagi savollar quyidagi savollar tipidan iborat bo’lishi mumkin: “Qisqa javob”, “Son bilan ifodalangan” va “Ko’p marta tanlash”. Hozirgi vaqtda bunday savollarni yaratish uchun grafik interfeys mavjud emas, shuning uchun savollarni yaratish uchun matnli maydon va maxsus formatni ishlatishingiz kerak. Boshqa dasturda yaratilgan fayldan savollarni olish mumkin, masalan: Hot Potatoes. Mos keluvchi savollar Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling