O’zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, umumiy maydoni 48,9 ming km kv ni tashkil etadi. Respublika hududi sharqdan g’arbgacha 425 km ni, shimoldan janubgacha esa 930 km ni tashkil etadi


-MODDA Har bir inson yashash, erkin bo’lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir. 4-MODDA


Download 316.88 Kb.
bet2/7
Sana17.02.2023
Hajmi316.88 Kb.
#1207808
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Haqida

3-MODDA
Har bir inson yashash, erkin bo’lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir.

4-MODDA
Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha ko’rinishlari taqiqlanadi.

5-MODDA
Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo’rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak.

6-MODDA
Har bir inson qayerda bo’lishidan qat’i nazar, o’zining huquq sub’ekti sifatida tan olinishiga haqli.

7-MODDA
Barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovvutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga egadir. Barcha odamlar ushbu Deklaratsiyaga zid bo’lgan har qanday kamsitishdan va shunday kamsitishga undaydigan har qanday gij-gijlashdan teng himoya qilinish huquqiga egadir.

8-MODDA
Har bir inson unga konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga ega.

9-MODDA
Hech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvg’in qilinishi mumkin emas.

10-MODDA
Har bir inson huquq va burchlarini belgilash va unga qo’yilgan jinoiy aybning qanchalik darajada asosli ekanligini aniqlashi uchun to’liq tenglik asosida uning ishi oshkora va adolat talablariga rioya qilingan holda mustaqil va xolis sud tomonidan ko’rib chiqilishi huquqiga ega.

11-MODDA
1. Jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar ta’minlangan holda, ochiq sud majlisi yo’li bilan uning aybi qonuniy tartibda aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir.
2. Hech kim, sodir etilgan vaqtda milliy qonunlar yoki xalqaro huquqlarga ko’ra jinoyat deb topilmagan xatti-harakati yoki faoliyatsizligi uchun jazoga hukm qilinishi mumkin emas. Shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qo’llanishi mumkin bo’lgan jazoga nisbatan og’irroq jazo berilishi mumkin emas.


Download 316.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling