O'zbekiston respublikasi atrof-muhit kimyosi
Yer o'z evolutsiyasi jarayonida quydagi asosiy bosqichlardan o'tgan
Download 0.63 Mb.
|
O\'zbekiston respublikasi atrof-muhit kimyosi
Yer o'z evolutsiyasi jarayonida quydagi asosiy bosqichlardan o'tgan:
— 3,8 mlrd. yil avval suvda birinchi mikroorganizmlar paydo bo'ladi va fotosintez jarayoniga kirishadi. Ularning faoliyati natijasida atmosferadan uglerod oksidi ajratib olinadi va erkin kislorod hosil bo'lib, atmosferada to'planib boradi. Fotosintezni amalga oshiruvchi organizmlar faoliyati natijasida atmosfera anaerob qaytaruvchi holatidan aerob oksidlovchi holatiga o'tgan. Arxey davrining boshida (3,5 mlrd. yil avval) ko'k-yashil suv o'tlarining fotosintez jarayoni natijasida hosil bo'lgan erkin kislorod atmosfera gazlarini oksidlab, metan va uglerod oksidini karbonat kislotasiga, ammiakni esa molekular azot shakliga o'tkazadi: CH4,CO, -> H2C03 NH3 -> N2 2.5—1,9 mlrd. yil avval karbonat kislotasi dengiz suvlarida erib, ularni boshlang'ich xloridli suvdan xloridli-karbonatli suvga aylantirgan. Shu bilan birga karbonat kislotasining kalsiy ionlari bilan reaksiyaga kirishishi suvda birinchi — dolomit, ohak, siderit kabi karbonatli cho'kindi jinslarni hosil bo'lishiga olib kelgan: H2C03+Ca2+ ->CaC03 — 1,9 mlrd. yil avval (o'rta proterozoy davri) — oltingugurt birikmalari H2S, S02, S03 sulfat — ion holatigacha oksidlanadi. Suvning tarkibida xlorid, sulfat va karbonatlar paydo bo'ladi. Dengiz suvlari xloridli-karbonatli-sulfatli suv holatiga o'tgan. — 675 mln yil avval (rifey davrining oxirida) Yer qatlamining cho'kindi jinslari tarkibida birinchi sulfat tuzli cho'kmalar hosil bo'la boshlagan. Shunday qilib, avtotrof fotosintetik o'simliklar (dengiz o'tlari) faoliyati natijasida hosil bo'lgan kislorod atmosfera va gidrosferada to'planib, ulardagi qaytaruvchi muhitni oksidlantiruvchi muhitga o'tkaza boshlagan. Bunday murakkab biogeokimyoviy jarayonlarning quyosh sistemasidagi hech qaysi boshqa sayyoralarida analogi bo'lmagan. —670—570 rnln. yil (vend-kembriy davri) — kislorodning miqdori ma'lum darajaga yetib, barcha kislorod bilan nafas oladigan hayvonotlarning xilma-xil turlari paydo bo'ladi. —570-400 mln. yil (past fanerozoy) - ozon qatlami hosil bo'lib, tirik organizrnlar suvdan quruqlikka chiqadi va yer yuzasida hayot paydo boiadi. O'rmonlardagi fotosintetik o'simliklar faoliyati natijasida atmosferaning shakllanishi tugallanib, atmosfera to’liq karbonat angidrididan tozalanib hozirgi azotli — kislorodli holatiga o'tgan. Shuni aytib o'tish kerakki, hozirgi kunda biosfera Yerning dinamik o'zgaruvchan qatlami bo'lib, to'xtovsiz harakatlanib turadi va uning o'zgarishlari davom etmoqda. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling