O'zbekiston respublikasi atrof-muhit kimyosi
Modda Klark sonlari (massa % da)
Download 0.63 Mb.
|
O\'zbekiston respublikasi atrof-muhit kimyosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy elementlar migratsiyasi
Yer qatlamidagi miqdori kam bo'lgan elementlarning Klark sonlari esa juda kichikdir: V - 0,0090%; Cr - 0,0083% ; Ni - 0,0058%; Ar - 0,0000070%; Au - 0,00000043%. Klark sonlarini aniqlash va tahlil qilish natijasida yerdagi barcha elementlar tog' jinslarining har bir grammida hamda tabiiy suvning har bir tomchisida mavjud ekanligi isbotlandi. Bundan tashqari, yengil elementlar, ayniqsa kislorodning yer qatlamida muhim ahamiyatga ega ekanligi ham tasdiqlandi. Elementlarning tarqalishini o'rganish ularning migratsiya va konsentratsiya jarayonlarining geokimyoviy parametrlarini hisoblashda, foydali qazilmalarning qidiruvida, qishloq xo'jalik va sog'liqni saqlash maqsadlarida, atrof-muhitning ifloslanganlik darajasini aniqlashda muhim ahamiyatga egadir. Kimyoviy elementlar migratsiyasi Kimyoviy elementlarning atrof-muhitda harakatlanishi ularning migratsiyasi deyiladi. Migratsiya jarayonlari natijasida elementlar yerning ma'lum joylaridan chiqib ketishi va boshqa joylarda to'planib borishi mumkin. Kimyoviy elementlarning migratsiyasi to'rtta turga boiinadi: Mexanik migratsiya - moddalarning havo, suv orqali, sel bilan harakatlanishi. Mexanik migratsiya jarayonida moddalar maydalanadi, parchalanadi va turli xil qatlamlami hosil qiladi - qum, shag'al, tuproq va hokazo. Fizik-kimyoviy migratsiya — diffuziya, sorbsiya, erish jarayonlari. Bu jarayonlar fizik-kimyoviy qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi. iogen migratsiya — tirik organizmlar faoliyati biian bog'iiq bo'lgan jarayonlar, Bu jarayonlar faqat tirik organizmlarga xos bo'lgan qonuniyatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Texnogen migratsiya — inscnlarning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog'liq bo'lgan jarayonlar. Bu foydali qazilmalarni qazib olish, neft va gaz quvurlari, mahsulotlar eksport hamda importi, yerlarni sug'orish, yoqilg'i yoqish. Tirik organizmlar atrof-muhitdan kimyoviy elementlarni tanlab ajratib oladi. Ularning bu qobiliyati biologik yutilish koeffitsiyenti bilan ifodalanadi. Bu koeffitsiyent «x» elementining o'simlik kulidagi miqdorini uning umumiy litosferadagi yoki tog' jinslarida va tuproqdagi miqdoridan qanchalik katta ekaniigini ko'rsatadi: Ax = bunda: lx — x elementining o'simlikning kulidagi miqdori; nx — x elementining tuproq va litosferadagi miqdori. Ax koeffitsiyenti 1 dan katta bo'lgan kimyoviy elementlar (fosfor, xlor, brom, yod, kalsiy, natriy, kaliy, magniy, stronsiy, sink, bor, selen) o'simliklarda to'planib boradi. Koeffitsienti 1 dan kichik bo'lgan elementlar esa o'simliklar tomonidan faqatgina ushiab qolinadi. Ax koeffitsiyenti orqali atrof-muhitdagi ifloslantiruvchi moddalarning o'simliklarga ta'sirini baholab berish mumkin. Kimyoviy elementlarning suvli muhitdagi migratsiyasini baholash uchun A.I. Perelman tomonidan Kx koeffitsiyenti tavsiya etilgan. Kx koeffitsiyenti kimyoviy elementning suvning mineral qoldiqlaridagi miqdorini uning suvli jinslardagi va tuproqdagi miqdoriga nisbatini ko'rsatadi: Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling