O’zbekiston respublikasi axborot texnoligiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali


Download 394.42 Kb.
bet8/9
Sana29.03.2023
Hajmi394.42 Kb.
#1305358
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mustaqil ish

Dreyfli BT bazasida elektronlar toki diffuziya va dreyf tashkil etuvchilaridan tashkil topadi:
,
bu yerda, n(x)ixtiyoriy x kesimda elektronlar konsentratsiyasi, – akseptor kiritmalar konsentratsiyasi NA notekis taqsimlangan bazada ichki elektr maydon kuchlanganligi.
Invers rejimda KO‘ to‘g‘ri yo‘nalishda siljitilgan bo‘lib, elektronlar kollektordan bazaga injeksiyalanadi. Baza sohasidagi noasosiy zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi kollektordan emitterga kamayib boradi va bu holda tok teskari yo‘nalgan bo‘ladi. To‘yinish rejimida, ikkala r-n o‘tish to‘g‘ri siljitilganda, r-n o‘tishlar yaqinida elektronlar konsentratsiyasi muvozanat holatdagiga qaraganda yuqori bo‘ladi, shuning uchun n(x) konsentratsiyaning bazada taqsimlanishi 4-chiziq bilan ifodalanadi. Ushbu taqsimlanishni aktiv va invers rejimlardagi konsentratsiyalar taqsimlanishi yig‘indisi sifatida ko‘rsatish mumkin. Ikkala r-n o‘tishga teskari siljitish berilgan berk rejimda, bazaning r-n o‘tishlarga yaqin sohalarida, elektronlar konsentratsiyasi amalda nolga teng bo‘lib, muvozanat holatda bazada taqismlanganga qaraganda kamroq bo‘ladi (5-chiziq). r-n o‘tishlar yaqinida hosil bo‘ladigan konsentratsiya gradiyentlari r-n o‘tishlarning teskari toklarini aniqlaydi. Zaryad tashuvchilarning bazada taqsimlanishini bilish r-n o‘tishlarga berilgan kuchlanishlarning tranzistor elektrodlaridagi toklar qiymatiga ta’sirini grafik ravishda yaqqol ko‘rsatish imkonini beradi. Yuqorida keltirilgan zaryad tashuvchilar taqsimlanishi o‘tishlarga berilgan kuchlanishlar ta’sirida baza sohasi kengligining o‘zgarishlarini e’tiborga olmagan holda ko‘rib chiqildi. Real BTlarda r-n o‘tishlarga berilgan kuchlanishlar ta’sirida r-n o‘tish kengligi o‘zgaradi, bu o‘z navbatida baza sohasi kengligi LB ning o‘zgarishiga olib keladi. Agar r-n o‘tishlar kengaysa, baza torayadi va aksincha bo‘ladi. Ushbu hodisa
Download 394.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling