Saralash metodlari
Odatda saralash metodlarini ikkiga ajratishadi:
Ichki saralash –ma’lumotlar operativ xotirada joylashgan bo’lib, bunda dasturning harakatlari sonini (solishtirish, solishtirishlar soni, elementlar almashinuvi va b.qa metodlarga asoslangan) optimallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi;
Tashqi saralash – ma’lumotlar murojaatlarni sekinlashtiruvchi tashqi hotirada (magnit lenta, baraban, disk va b.qa) joylashgan bo’lib, bunda aynan shu qurilmaga murojaatlar sonini kamaytirish lozim.
Bu labaratoriya ishida ko’plab dasturchilar uchun amaliyotda muhim bo’lgan massiv elementlarini ichki saralash algoritmlarini ko’rib chiqamiz.
Ta’kidlash joizki, surish orqali saralash algoritmini tashqi ma’lumotlarni saralashda qo’llash ham qulay.
Qidirish algoritmlari
Qidirish algoritmlari bu berilgan qiymatni ma’lum algoritm asosida elementlarning ichidan yoki elementlarning ma’lum bir qismidan qidirishni amalga oshirish algoritmlari. Qidirish algoritmlarining bugungi kunga kelib ancha metodlari ishlab chiqilgan. Qidirish algoritmlarini shartli ravishta tartiblanmagan ma’lumotlar to’plami bilan va tartiblangan ma’lumotlar to’plami bilan ishlovchi turlarga ajratish mumkin.
100% dasturchilar o’rganish mobaynida massivda biron elelment mavjudligini tekshirish muammosiga duch keladi. Dasturlash tillarida bir qancha qidirish algoritmlari mavjud. Ularning har birining ishlash prinsipi o’ziga xos va albatta murakkablik jihatidan ham farqlanadi.
Ustuvor navbatlar
Ustuvor navbatlar (ing. Priority queue) – oddiy navbatlarga o’xshash ammo bir qator xususiyatlarga ega abstract konteyner:
Ustuvor navbatning har bir elementiga shu elementning ustuvorligini belgilovchi qandaydir qiymat mos qo’yilgan. Prioritet bir biri bilan solishtirish orqali kiritiladi;
Ustuvor navbatdan element yechib olish funksiyasi qaysi elementning prioriteti maksimal bo’lsa o’shani qaytaradi.
Ko’plab ilovalarda yozuvlarni ularning kalitlarini o’sish tartibi bo’yicha qayta ishlashni talab qiladi, lekin bu qat’iy tartibda va hammasini birdaniga qilish degani emas. Ko’pchilik hollarda yozuvlar biron to’plamda yig’iladi va keyin maksimal kalitli yozuv qayta ishlanadi, shundan so’ng yana yozuvlarni yig’ish yana davom ettirilishi, so’ngra joriy kalitdan kattaroq kalitga ega yozuv qayta ishlanishi mumkin va h.k. Bunday ma’lumotlar strukturasi ustuvor navbat (priority queue) deb yuritiladi. Ustuvor navbatlardan foydalanish oddiy navbatlardan (eng eski element o’chiriladi) va steklardan (eng yangi element o’chiriladi) foydalanish kabi, ammo ulardan unumli foydalanish murakkabroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |