O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari univesiteti ekologiya


Download 20.76 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi20.76 Kb.
#1820324
Bog'liq
Ekologiya 3


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVESITETI

Ekologiya fanidan
3-topshiriq

ELY004-1 - guruh talabasi
Bajardi: Abduxafizov Temurmalik
Tekshirdi: Jumamurotov Bexzod


Toshkent – 2023
3-Amaliy mashg’ulot.


Global ekologik muammolar.



Nazorat savollari.


1 .Ekologik muammo deganda nimani tushunasiz?
2.Atmosferaning dimiqish hodisasini tushuntiring?
3.Ozon qatlamining siyraklashish muammosini tushuntiring?
4.Pestitsidlardan foydalanish qanday ekologik muammolarni keltirib chiqaradi?

Javoblar:



  1. Ekologik muammolar

Ekologik muommo deganda insonning tabiatga ko'rsatayotgan ta'siri bilan bog’liq holda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotiga, ћayotida xo'jalik ahamiyatiga molik bo'lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog’liq ћar qanday xodisa tushuniladi. Ekologik muammolar 3 guruhga bo'linadi.
1. Umumbashariy (global)
2. Mintaqaviy (regional)
3. Mahalliy (lokal)
Dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen xodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday umumbashariy muammolarga ba'zi bir misolar keltirish mumkin:

  • Issiqxona samarasi. Ya'ni atmosfera tarkibida issiќxona gazlarining (karbonat angidridi, metan, azot chala oksidi va shu kabilarning) ko'payishi natijasida er yuzi isib, iqlim o'zgarib bormoqda. Bu to'g’rida iqlim va uni o'zgarishi bo'limida batafsil ma'lumotlar keltiriladi.

  • Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozon qatlami atmosferaning muhim tarkibiy qismi ћisoblanadi, u iqlimga va er yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azod oksidi va boshqa gazlar ishtirokida ћosil bo'ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib, er yuzidagi tirik organizmlarni ћimoya qiladi. Ultrabinafsha nurlarning ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta'sirida nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta'sirida kelib chiqayotganligi aniqlangan.

  • hozirgi davrda xlorftormetanlar (freonlar)dan keng foydalanish tufayli ћamda azotli o'g’itlar, aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada yetarli miqdorda ozon to'planishiga imkon bermayapti. Shuning uchun maishiy turmushda sovutkichlarda ishlatiladigan freondan foydalanishni qisqartirish va yaqin yillarda uni ishlab chiqarishni butunlay to'xtatish ko'zda tutilgan.

2. “Atmosferaning dimiqish (isish) hodisasi”. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi SO2 miqdori ortib borayotganligi ma’lum bo’lib qoladi. 100 yil ichida 0,5 – 1,0 S ortdi. Iqlimning keng ko’lamdagi o’zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotransportlardan chiqayotgan gazlar bilan bog’liq. Yer yuzasining global isishi (atmosferaning dimiqishi) SO2 ning havo tarkibida ortib ketishi, o’rmonlarning kesilishi, toshko’mir va benzin kabi yoqilg’ilarni atmosferada to’planadigan SO2 gazi tufaylidir. Ana shunday zaylda ahvol o’zgarmasa XXI asrga kelib yer yuzasining harorati 1,5 – 4,5 S ga ortishi mumkin. Natijada:
1. Iqlimning o’zgarishi ayniqsa, cho’llanish jarayonining kuchayishi.
2. Yog’ingarchilikning o’zgarishi.
3. Geografik zonalarning siljishi.
4. Dengiz va okeanlar sathining ortishi.
5. Muzliklarning erishi va kamayishi, hamda, boshqa hodisalar kuzatiladi.
3. Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozon qatlami atmosferaning muhim tarkibiy qismi ћisoblanadi, u iqlimga va er yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azod oksidi va boshqa gazlar ishtirokida ћosil bo'ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib, er yuzidagi tirik organizmlarni ћimoya qiladi. Ultrabinafsha nurlarning ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta'sirida nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta'sirida kelib chiqayotganligi aniqlangan.
4. Pestitsidlardan foydalanish muammosi. Ushbu zaharli moddalar guruhi begona o'tlar, zararkunanda hasharotlar va boshqa hayvonlar, o'simliklarda kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashda foydalaniladi. Pestitsidlardan qishloq xo'jaligida, o'rmonchilikda, aviatsiya yordamida sepish keng ko'lamda atrof-muћitni ifloslanishiga olib keladi. har yili dunyo bo'yicha ћosildorlikni oshirish maqsadida 131 mln tonna mineral o'g’it va qishloq xo'jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish uchun 1 mln tonna pestitsidlar ishlatiladi. Yaqin yillargacha O'zbekiston ћududida agrolandshaftlarning ћar bir gektariga ishlatiladigan pestitsidlarning o'rtacha miqdori 54 kg atrofida bo'lgan. Bu ko'rsatkich Rossiyada 1-2 kg ni, AQSh da 2-3 kg ni tashkil etgan. Pestitsidlar atmosferada uzoq masofalarga tarqalishi, shuningdek, suv orqali dala, daryo, ko'llardan o'tib dunyo okeanlarida to'planadi. Eng xafvli joyi shundaki ular ekologik oziq zanjiriga qo'shilib, tuproqdan va suvdan o'simliklarga, undan hayvonlarga va qushlarga nihoyat oziќ va suv bilan odam organizmiga o'tadi. Pestitsidlarning tirik tabiatda va odamga ko'rsatayotgan zarari jiddiy, shu bilan birga ular tashqi muhit omillariga nisbatan barqaror moddalar ћisoblanadi.
Download 20.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling