2.4.1-rasm LCD display Ko’rinishi va tasnifi.
LCD displeyining texnik xarakteristikasi:
Ushbu displeyning eng xarakterli turidir va u belgilarni yuklab olishi mumkin;
Svetadiodli led chiroqlari;
5 V kuchlanishga ishlash qobilyati;
16x2 formati;
Ishlash harorati -20 C
LCD displeyga yozuvni chiqarish kodi
2.4.2-rasm. Ulanish sxemasi
#include
// kutubxona ichidagi pinlar ketma-ketligi bo’yicha olingan pinlar
LiquidCrystal lcd(12, 11, 5, 4, 3, 2);
void setup() {
lcd.begin(16, 2);
lcd.print("salom!");
}
void loop() {
lcd.setCursor(0, 1);
lcd.print("hammaga");
}
Inson o’zi uyi oldiga ma’lum bir masofaga yaqinlashganda eshik ochiladi, agar qorong’ida eshik oldiga kelsa, chiroqlar yonadi va eshik ochiladi. Tashqi devorlar yoni, uyini o’rab turuvchi devorlar ham shu tartibda qorong’uda yonib, yorug’ bo’lganda esa o’zi avtomat holatda o’chadi. Uy tomiga quyosh batareyalari o’rnatilgan va barcha elektr manbalarini tizim ishlashini ta’minlaydi.
Uyning tashqi devoir bo’ylab harakat uchun masofa datchiklari o’rnatilgan bo’lib, uyning xavfsizligini ta’minlaydi, harakat sezsa uy egasiga ma’lum bir signal orqali xabar beradi.
Uyni boshqaruv tizimi ham avtomatik, ham qo’lda boshqarsa bo’ladi. Uy egasi telefoni yoki kompyuteriga uyda bo’layotgan har bir jarayon haqida ma’lumot berib boradi va uy egasi tizimni o’z android telefoni orqali ham boshqarishi va buyrug’ berishi mumkin.
Uy ichiga o’rnatilgan aloqa datchigi uyda biror hodisa ro’y bersa, internet hamda boshqa signallar orqali xabar berib turadi.
Uy ichiga o’rnatilgan temperature datchigi haroratni ma’lum miqdorda ushlab turishga ko’maklashadi, masalan, inson uchun zarur haroratdan isib ketganda sovutish moslamasini yoqadi, sovub ketkanda esa aksincha, isitish moslamasini ishga tushiradi.
Oshxona tizimini oladigan bo’lsak oshxonada ma’lum bir havo haydovchi quvur o’rnatilgan va oshxonadagi gaz hidi inson hayotiga xavf soladigan darajaga yetganida havo haydagich quvuri ishlab, gaz hidini surib chiqarib yuboradi va shu bilan birgalikda barcha qurilmalardan, chiroqlardan elektr tokini uzib qo’yadi.
Loyiha bundan tashqari juda ko’p imkoniyatlarga ega va uy sharoitiga qo’llaganda esa keng imkoniyatlar eshigi ochiladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu loyiha asosida kelajakda Smart city, issiqxona va shunga o’xshash ko’plab exnologiyalarni ishlab chiqish mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |