SDHda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. STM-Nning shakllanishi
Trib signallaridan N-satxdagi sinxron transport modulining shakllanishi
Bu yerda: xn-vaqtli guruxlashtirish; <----sozlash; joylashtirish; ST- qo'shimcha simvol.
Shunday qilib, AU-ma'muriy bloki, ancha yuqori bo'lgan sathning trakt qatlamlari va SRI seksiyasi orasida moslashtirishni ta'minlovchi, yuklama (ancha yuqori satxli VC) dan va ma'muriy blok ko'rsatkichlari (AUR) dan iborat bo'lgan axborotli tuzilishga ega. Shunga mos holda AU-3 va AU-4 larni bayt bo'yicha ulanishi amalga oshadi. TU-komponent bloki, ancha past va yuqori sathli trakt qatlamlari orasida o'zaro bog'lanishni ta'minlovchi axborotli tuzilishga ega. U axborotli yuklama (ancha past sathli VC) dan va komponent bloklar ko'rsatkichi (TUR) dan iborat. TUG komponent bloklar guruhi, turli TU lardan tuzilgan bo'lishi mumkin, bu esa tarmoqning mustahkamligini oshiradi. TUG-2, TU-2 dan yoki TU-1 guruhlaridan, TUG-3 esa, TU-3 yoki TU-2 guruhlaridan shakllangan bo'lishi mumkin. Shuningdek TUG yana bitta AU-4 yoki uchta AU-3 guruhidan tashkil topgan bo'lishi xam mumkin.
Nazorat savollari 1. SDHning afzalligi nimada? 2. SDHning qanday xususiyatlarini bilasiz? 3. SDHni hosil qilishdan maqsad nima? 4. Sinxron raqamli ierarxiyaning qanday uzatish tizimlarini bilasiz, ularning bir-biridan faqi nimada? 5. SDH da raqamli liniya signallari qanday shakllanadi? 6. E1 triblaridan STM-1ga o'tish jarayonini tushuntiring. 7. STM-1sikli qanday tuzilgan? 8. STM-1sarlovxasi qanday tuzilgan, unda qanday axborotlarni uzatish mumkin? 9. STM–Nning shakllanishini tushuntiring.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |