O'zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
WAN - tashqi, global tarmoq, LAN - ichki, mahalliy tarmoq. 2
Download 308.15 Kb.
|
KT MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
1. WAN - tashqi, global tarmoq, LAN - ichki, mahalliy tarmoq.
2. WAN hudud bilan chegaralanmaydi, LAN juda uzoq vaqt bo'lolmaydi. 3. Routerlarda WAN porti Internetga ulanish uchun, LAN - mahalliy foydalanuvchi qurilmalari uchun. 4. LAN mijozlari soni cheklangan. 5. LAN tarmoqli kengligi odatda yuqori, uni tashkil qilish uchun yuqori sifatli kabellar ishlatiladi. 6. LAN Ethernet va 802.11, WAN - PPP va boshqalardan foydalanadi. 7. LANda aloqa kanalidan bitta mijoz foydalanadi, WAN-da esa bir nechta. Kompyuter tarmogʻi texnologiyalari deganda – kompyuter tarmogʻini qurish va ishlatish uchun yetarli boʻlgan bir-biriga moslashtirilgan apparat va dasturiy vositalar toʻplami, hamda aloqa chiziqlari orqali maʼlumotlarni uzatish imkonini beradigan uskunalar tushuniladi. Tarmoqda shu texnologiyaga mos – kommutatorlar, konsentratorlar, kabellar, tarmoq adapterlari va ulagichlar mavjud boʻladi. Xozirgi paytda kompyuter tarmoqlarini qurishda ishlatiladigan texnologiyalarni quyidagi xillarini koʻrsatish mumkin: 1.Lokal kompyuter tarmogʻi texnologiyalari. 2.Global kompyuter tarmogʻi texnologiyalari. 3.Fizik sath texnologiyalari. Yuqorida nomlari keltirilgan, 1980-yillarning oʻrtalarida kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish uchun moʻljallangan lokal kompyuterlar tarmoqlarining standart texnologiyalari hisoblangan – Ethernet, ArcNet, Token Ring, Token Bus va FDDI texnologiyalaridan amalda foydalanish natijasida, ularning afzalliklari va kamchiliklari maʼlum boʻla bordi. Texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar aniqlangan kamchiliklarni tuzatib, oʻzlarining yangi texnologiyalarini ishlab chiqara boshladilar. Avval ArcNet va Token Bus, keyinchalik esa Token Ring va FDDI texnologiyalari bozorlarda yuzaga kelgan raqobatlar natijasida sotilmay qoldi. Xozirga kelib esa, Ethernet texnologiyasini ishlab chiqaruvchilarining harakatlari natijasida, ushbu texnologiyaning keyingi ishlab chiqarilgan 100 Mbit/sek tezlikda ishlaydigan Fast Ethernet va 1 Gbit/sek – 100 Gbit/sek tezliklarda ishlaydigan Gigabit Ethernet texnologiyalaridan, zamonaviy lokal kompyuter tarmoqlarini qurishda keng foydalanilmoqda. Global kompyuter tarmoqlari texnologiyalariga misol qilib - X.25, Frame Relay, SMDS, ATM va TCP/IP texnologiyalarini keltirish mumkin. Ushbu texnologiyalar ham, lokal kompyuter tarmogʻi texnologiyalari kabi, maʼlum yillar davomida qoʻllanib va takomillashtirilib kelinmoqda. Xozirgi paytda esa, asosan ATM va TCP/IP texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Xulosa: Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, tarmoq, tarmoq texnologiyalari, tarmoq ilovalari tushunchasi juda chuqur hisoblanadi, uni to'liq o'rganib chiqish uchun esa undagi har bir elementni o'rganish lozim. Bugungi mavzuda men iloji boricha qisqa lekin tushunarli bo'lishiga harakat qildim. Bu tushunchalar asosiylaridan bir nechtasi hisoblanadi holos. Foydalanilgan adabiyotlar: “Tarmoq texnologiyasi” kasb -hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. 2013. Qosimov S.S “Axborot texnologiyalari” texnik oliy o’quv yurtlari uchun uslubiy qo’lanma. Toshkent.: “Aloqachi” 2006. Internet tarmoqlari: www.texnoman.uz ; www.kompy.info ; https://referat.uz/drugie/uchebnoe-posobie/25783-25783.html Download 308.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling