O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari
Download 0.59 Mb.
|
Sharipova Antanina MA\'LUMOTLAR TUZILMASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KI - 13 -21- GURUH TALABASI SharipovaAntanina ning Ma’lumotlar tuzilmasi fanidan Mustaqil ishi Bajardi: Sharipova Antanina
- 2.Ma’lumotlar turlari,ularni e’lon qilish va tasvirlash tushinchalari 3.Statik ma’lumotlar tuzilmasi KIRISH.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI KI - 13 -21- GURUH TALABASI SharipovaAntanina ning Ma’lumotlar tuzilmasi fanidan Mustaqil ishiBajardi: Sharipova Antanina Qabul qildi: Xudoyorov Laziz QARSHI-2022 Reja: 1.Dasturlashda ma’lumotlar tuzilmasining o’rni va ahamiyati 2.Ma’lumotlar turlari,ularni e’lon qilish va tasvirlash tushinchalari 3.Statik ma’lumotlar tuzilmasi KIRISH. Asosiy ma’lumotlar tuzilmalari Source: Quora.com Quyida keltirilgan ma’lumotlar tuzilmalari dasturlashda eng ko’p qo’llaniladigan tuzilmalardir. Ularga: 1. Massiv (Array) 2. Bog’langan ro’yhat (Linked List) 3. Navbat (Queue) 4. Stek (Stack) 5. Hash jadvallar (Hash tables) 6. Daraxtlar (Trees) 7. Graflar (Graph) kiradi. Biz bu bo’limda boshidagi 5 ta tuzilma bilan yaqindan tanishib, ularning kuchli va kuchsiz tomonlari va ularni qanday holatlarda ishlatish ma’qulligi haqida gaplashib o’tamiz. Qolgan ikkita tuzilma murakkabroq bo’lib ular o’z ichida yana ko’plab turlarga bo’linib ketadi. Shuning uchun ularni keyinroqqa qoldiramiz. Bundan tashqari barcha tuzilmalarning hamma joyda ingliz tilidagi nomi ishlatilgani va ularning nomi odatda tarjima qilinmaganligi sababli keyingi o’rinlarda men ularning asosan ingliz tilidagi nomlarini ishlataman. Turli xildagi ma’lumotlar tuzilmalari nima uchun kerak? Ma’lumotlar tuzilmalari nimaligi haqida qisman tasavvurga ega bo’ldingiz va ularning asosiy turlari bilan ham tanishib oldingiz. Lekin, shu joyga kelib agar sizda “Nima uchun ma’lumotlarning turli xil tuzilmalari kerak?” “Nima uchun bir turdagi universal ma’lumotlar tuzilmalaridan foydalanib qo’ya qolsa bo’lmaydi?” degan savol tug’ilmagan bo’lsa, bu yaxshi emas.) Keling endi shu savolga javob topishga harakat qilamiz. Undan oldin ma’lumotlar tuzilmalari ustida asosiy bajarilishi mumkin bo’lgan amallarni ko’rib chiqaylik. Bularga ma’lumotlarni Ko’rib chiqish (Traversing) O’qib olish (Retrieving) Kiritish (Insertion) O’chirish (Deletion) Qidirish (Search) Saralash (Sorting) Birlashtirish (Merging)lar kiradi. Turli xildagi ma’lumotlar tuzilmalarida esa yuqoridagi amallar turlicha tezlikda amalga oshadi. Masalan oddiyroq misol olaylik, array uchun ma’lumotni o’qib olish uchun O(1) vaqt sarflansa, uni kiritish yoki o’chirish uchun O(n) vaqt sarflanadi. Linked listda esa bular aksincha. Shuning uchun, masalan, sizning dasturingizda ma’lumotlar ko’p kiritilib, o’chirilsayu lekin kam o’qilsa, bunda ma’lumotlarni saqlashda arraydan foydalangandan ko’ra linked list qulayroq hisoblanadi. Lekin, ko’pincha holatda bir necha ma’lumotlar tuzilmalarini o’zini birlashtirgan gibrid ma’lumotlar tuzilmalaridan ham foydalaniladi. Bu haqida keyingi darslarimizda batafsil to’xtalib o’tamiz. Hisoblash mashinalari yordamida har qanday masalani yechish ma’lumotlarni xotiraga yozish, xotiradan o’qish va uni qayta ishlashni hisobga olgan holda bajariladi. Nazariy jihatdan ma’lumot noaniqliklarni aniqlovchi vosita sifatida qaraladi. Faraz qilaylik, biror bir tizimning N ta mumkin bo’lgan holati mavjud bo’lsin, har bir holat paydo bo’lishi mustaqil P ehtimolga ega bo’lsin. U holda bu tizimning noaniqligi quyidagi ko’rinishda aniqlanadi: ∑=(P(i)*log2 P(i)) Tizimning noaniqligini o’lchash uchun bit deb ataluvchi maxsus birlik qabul qilingan. Bit hech bo’lmaganda ikkita mumkin bo’lgan holatga bog’liq noaniqlik (yoki ma’lumot)ning o’lchovi hisoblanadi, masalan rost-yolg’on yoki bor-yo’q holatlar. Bit noaniqlik va axborotning o’lchovi sifatida qo’llaniladi, ya’ni olingan axborotlar soni axborotlarni olish natijasida yo’qotilgan noaniqliklar soniga teng. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling