O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TОSHKЕNT AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
«Kriptologiya» kafеdrasi
INDIVIDUAL LOYIHA
Mavzu: Ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash dasturini ishlab chiqish. Ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash dasturini ishlab chiqish.
5330500 – “Axborot xavfsizligi” yo`nalishi
Bajardi:710-18AXu guruh talabasi Jo’rayev E.N.
Ilmiy rahbar: Islomov Sh.Z. Toshkеnt – 2020
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………...……… 4
1.Bob. Axborotlarni himoya qilishning kriptografik usullari................................................................................................................... 00
1.1. Shifrlash haqida umumiy tushuncha ......................……………..… 00
1.2 Axborotlarni himoya qilishning kriptografik usullari................................................................................................................... 00
1.3. Kriptotizimlarga qo’yilgan talablar...................………………………00
1.4. Shifrlash Vositalarining Mashhur Misollari…………………….……00 1.5. Shifrlash Dasturini Qanday Qilish Kerak?...........................................00
2. Bob. Elektron raqamli imzo…………………………..………………………………. 00
1.1. Elektron raqamli imzo
2.1.Assimetrik shifrlash algoritimi
3.1. Xeshlash funktsiyasi
Xulosa……………………………………………………………………...…... 00
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………………………………...……... 00
Ilova……………………………………………………………………….…… 00
Kirish.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining rivojlanishi hozirgi kunda bizlarga ko‘pgina qulayliklar va yangiliklarni taqdim etmoqda. Lekin shu bilan birga ma’lumotlarni uzatish tarmoqlaridan foydalanish hajmining ortishi uni xavfsizligini ta’minlash borasida qiyinchiliklarni yuzaga keltirmokda. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy masalalaridan biri bu axborot xavfsizligini tahlil kilish masalasidir. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida va O‘zbekiston hududida axborot texnologiyalari soxasida juda ham tezlik bilan rivojlanish bormokda. Kundan kunga rivojlanish bor ekan, turli xilda tartib buzarliklar sodir bo‘ladi. Natijada jinoyatga yo‘l qo‘yiladi, bu jinoyatchilik komp’yuter jinoyatchiligi deb ham yuritiladi. Bu jinoyatchilarga qarshi butun dunyo bo‘ylab kurash olib borilmoqda, shu qatori O‘zbekiston Respublikasida ham. Afsuski bu harakatlar o‘z natijasini to‘laqonli ravishda oqlay olganicha yo‘q. Chunki zamonoviy texnikalar bilan taminlangan kompyuter jinoyatchilari ko‘pchilik joylarda o‘z ustunligi bilan oldinda bormoqda. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy masalalaridan biri bu axborot xavfsizligini tahlil qilish masalasidir. Axborot xavfsizligini xuquqiy ta’minlashning asosini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun, “Elektron rakamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi bir qator qonunlarda ko‘zda tutilgan moddalar tashkil etadi. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun 2003-yil 11-dekabrda Oliy Majlisning sessiyasida qayta ko‘rib chiqilgan va u 23 moddadan iborat. Bu qonunga ko‘ra axborot resurslari va axborot tizimlarining texnika vositalarini sertifikatlashtirish, axborot tizimlarining tarmoqlararo bog‘lanishini amalga oshirish, axborot resurslari va axborot tizimlarini muxofaza qilish, xalqaro axborot tarmoqlaridagi ulanishni amalga oshirish, nizolarni xal etish, axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan . Axborot xavfsizligi nazarda tutilgan qonunlardan yana biri bu “Elektron raqamli imzo 4 to‘g‘risida”gi qonundir. Bu qonun 2003-yil 11-dekabrda Oliy Majlis sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, u 22 moddani o‘z ichiga oladi . “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonun bilan birgalikda Oliy Majlis sessiyasida “Elektron xujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonun xam qabul qilindi. Hozirgi kunga qadar axborot xavfsizligini ta’minlashda eng ishonchli vositalardan biri axborotni kriptografik muhofazalash vositalari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida axborotning kriptografik muhofazasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» PQ-614–son qarorining asosiy vazifalaridan biri axborotning kriptografik muhofazasi sohasida yuqori darajadagi kriptografik algoritmlarni ishlab chiqishdan iborat. Insonning butun hayoti axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan bog’langan. Umuman olganda, inson bilimi ham to’plangan va tartiblangan axborotdir. Ammo inson miyasi nechog’li mukammal bo’lmasin, juda katta miqdordagi axborotning hammasini xotirasida saqlay olmaydi va avloddan-avlodga hech bir o’zgarishsiz uzatib bermaydi. Shu tariqa axborotlarni saqlab, eslab turadigan texnik vositalarga zaruriyat tug’ildi. Bundan tashqari, axborot har bir millatning boyligi hisoblanadi, shu sababli uni shunday saqlash lozimki, undan kerakli vaqtda kerakli hajmda foydalanish mumkin bo’lsin. Shundagina uning bahosi beqiyos bo’ladi. Aynan shuning uchun kompyuterlar bugungi kun talabiga javob beradigan texnik vositalari va qurilmalaridan samarali foydalanishga harakat qiladi. Demak, kompyuterlar texnologiya larining tanlab olingan texnik vositalar kompleksi yordamida axborotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash jarayonlarini qamrab oladi. Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog’i samarali va mo’tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko’rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari xar bir davlatning iqtisodiy va xarbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo’lib xizmat qilmoqda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |