O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti
Kriptotizimlarga qo’yilgan talablar
Download 272.52 Kb.
|
O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta hajmdagi ma’lumotlarni shifrlash
Kriptotizimlarga qo’yilgan talablar
Ma’lumotlarni kriptografik akslantirish jarayoni dasturiy va apparatli amalga oshirilishi mumkin. Apparatli ta’minot qimmat, ammo u sermahsullik, oddiylik, himoyalanganlik kabi afzalliklarga ega. Dasturiy ta’minot foydalanishga qulayligi uchun ko’proq amaliy hisoblanadi. Amalga oshirish usullariga bog’liq bo’lmagan holda axborotni himoyalashning zamonaviy kriptografik tizimlariga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi: shifrlash algoritmini bilish shifrmatn kriptobardoshliligini tushirib yubormasligi lozim. Barcha kriptotizimlar bu talabga javob berishi kerak; shifrlangan xabarning biror qismi va unga mos ochiq matn asosida kalitni aniqlash uchun zarur bo’lgan amallar soni mumkin bo’lgan umumiy kalitlarga sarflanadigan amallar sonidan kam bo’lmasligi kerak; shifrlangan matndan ochiq matnni hosil qilish uchun mumkin bo’lgan kalitlar to’plamini to’la ko’rib chiqish amallari soni qat’iy past ko’rsatkichga ega bo’lishi va zamonaviy kompyuterlar imkoniyatlari chegarasidan chiqib ketishi kerak; shifrlash algoritmini bilish himoyaga ta’sir qilmasligi kerak; kalitdagi yoki boshlang’ich ochiq matndagi kichik o’zgarishlar shifrlangan matnni tubdan o’zgartirib yuborishi kerak; shifrlash algoritmining tarkibiy elementlari o’zgarmas bo’lishi lozim; shifrlash jarayonida qo’shilgan qo’shimcha bitlar shifrmatnda bir butunligini saqlashi va yetarlicha yashirilgan bo’lishi talab etiladi; shifrmatn uzunligi ochiq matn uzunligiga teng bo’lishi kerak; shifrlash jarayonida ketma-ket qo’llaniladigan kalitlar o’rtasida o’zaro oddiy va oson bog’liqlik bo’lmasligi kerak; mumkin bo’lgan kalitlar to’plamidagi ixtiyoriy kalit, shifrmatnning kriptobardoshliligini ta’minlashi kerak; algoritm ham dasturiy, ham apparatli realizatsiyaga qulay, va kalit uzunligining o’zgarishi, shifrlash algoritmining sifatini pasaytirmasligi kerak. Katta hajmdagi ma’lumotlarni shifrlash Katta hajmdagi ma’lumotlarni shifrlash masalalari multimediya va yuqori darajadagi o‘tkazish hamda uzatish imkoniyatlariga ega bo‘lgan aloqa tarmoqlari vositalarining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Hozirgi paytlarda mavjud axborot tizimlarida juda katta hajmda maxfiy axborotlar saqlanadi va ularni himoyalash eng dolzarb muommolardan bo’lib hisoblanadi. Masalan, birgina AQSh Mudofaa Vazirligiga 54000 kompyuterlar qarashli va ulardagi axborotlarning maxfiyligi hammaga ayondir. 1995 yilda AQSh hukumati kompyuterlariga 250 ming hujum uyushtirilgan va ularni 65% i muvaffiqiyatli amalga oshirilgan. Axborotlarni muhofazalash to‘g‘risida gap borganda keng ma’nodagi biror alfavitda yozilgan aniq matn tushinildi. Ammo hozirgi zamonaviy axborot tizimlaridagi ma’lumotlar matn ko‘rinishdagi xususiyatdan farqli o‘laroq yuqori darajada rivojlanib borayotgan aloqa texnologilarining mahsuli bo‘lgan: 1. faks, tasvir va so‘z aloqa tizimlari; 2. ovozli pochta; 3. tasvirli konferensiyalar o‘tkazishda tasvirli (vidno) aloqa tizimlari; va boshqa shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Bundan esa kriptologiya yutuqlaridan foydalanib shu aloqa tizimlari ma’lumotlarini muhofazalashning o‘ziga xos uslublarni ishlab chiqish masalalarini echish vazifalari kelib chiqadi. Shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlar sig’imini o’lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o’lchamlar mavjud: 1 Kb -1024 bayt, 1 Mb-1024 Kbayt, 1 Gb -1024 Mbayt, 1 Tb -1024 Gbayt. Murakkab tarkibli, ko`p sonli avtomatlashtirilgan axborot tizimi va axborot hajmi katta bo`lgan tashkilotdarda axborotni himoyalash uchun himoyalashning majmuali tizimi 10 tashkil qilinadi. Lеkin ushbu usul hamda himoyalashning oddiy usullari xizmatchilarning ishiga haddan tashqari xalaqit bеrmasligi kеrak. Katta hajmdagi (masalan 125 megabaytli ma’lumot) fayllarga elektron raqamli imzo qo’yishdan avval undan xesh-funksiya hisoblanadi va shundan so’ng uning qiymatiga elektron raqamli imzoni hisoblaydilar. Undan tashqari, parollarni ham ma’lumotlar bazasida ochiq xolda emas, balki xeshlangan holda saqlash maqsadga muofiqdir. Ma’lumotlarning ifodalanishini ularni qayta ishlash jarayonlaridan ajratish tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra, ma’lumotlarning ifodalanishi amaliy dasturlardan tashqarida tayyorlanadi va MB da saqlanadi. Bu esa o‘z navbatida dasturlash jarayonini engillashtiradi, dastur uchun zarur bo‘lgan holda axborotlarning hajmini kamaytiradi. MBni yuritishni yaxshilaydi va x.k. Shunday qilib, yuqorida ko‘rib o‘tilgan tamoyillar asosida MB ning tarkibi yaratildi, ya’ni AT ning mantiqiy, fizik va dasturiy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish ishlab chiqiladi. Oracle (Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi) – katta hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma'lumotlarni so'rov orqali istalgan ko'rinishda chiqarib olish, ma'lumotlarning zahira nusxalarini olish, katta xajmdagi ma'lumotlarni siqish, qulay interfeysda baza ustidan nazorat o'rnatish, ma'lumotlar asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa ma'lumotlar ustida juda katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshiradigan dasturiy kompleksdir. Oracle dasturini server va klient ko'rinishida o'rnatish mumkin va berilgan ruxsat doirasida ishlatish mumkin. Bu dastur asosan katta xajmdagi ma'lumotlar bilin ishlaganligi uchun , asosan yirik korxonalarda ishlatiladi. Bu dasturning asosini ma'lumotlar bazasi tushunchasi tashkil etadi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTR (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda yangi papka yaratish, unga ma’lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko‘chirib olish mumkin. Arxivlash serveri arxivlar – kamdan-kam foydalaniladigan axborotlarning katta hajmini saqlashni amalga oshiradi. Odatda faylserverdan serverlarning ushbu tipi kompressiyaning shaxsiy mexanizmlari, saqlangan axborot indeksatsiyasi va o‘zgarishlar kiritilgan tarixni saqlash bilan farq qiladi! Download 272.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling