6- mavzu: mantiq. Ma’ruza rejasi
Download 211.44 Kb.
|
6-мавзу. МАНТИҚ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushuncha va iboralar
- Mavzuda ko‘rib chiqiladigan muammolar
- 1 –savol bayoni: «Mantiq»
- Bilish
- Aqliy (nazariy, mantiqiy bilish yoki abstrakt tafakkur)
6- mavzu: MANTIQ. Ma’ruza rejasi: Mantiq fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari. To‘g‘ri tafakkur qonunlari. Tafakkurning mantiqiy shakllari: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish. Argumentlash (dalillash)ning mantiqiy usullari va bilimlar rivojlanishining mantiqiy shakllari (muammo, faraz, nazariya). Tayanch tushuncha va iboralar: «mantiq», «logika», tafakkur, tafakkurning mantiqiy tarkibi, bilish, hissiy bilish, aqliy bilish, tafakkur qonunlari, formal mantiq, matematik mantiq, dialektik mantiq, tafakkur va til, tafakkur shakllari, tushuncha, hukm, hukning tarkibi, sub’ekt, predikat, bog‘lovchi, mantiqiy kvadrat, savol, norma (me’yor), xulosa, deduktiv xulosa chiqarish, sillogizm, entimema, polisillogizm, epixeyrema, sorit, induktiv xulosa chiqarish, traduktiv xulosa chiqarish, analogiya, argumentlash (dalillash), mantiqiy isbot, raddiya, paralogizm, sofizm, paradoks, bahs, muammo, faraz, nazariya. Mavzuda ko‘rib chiqiladigan muammolar: mantiq fanining ob’ekti va predmeti, tafakkurning mantiqiy tarkibi, bilish bosqichlari, mantiqning boshqa fanlar bilan aloqasi, formal mantiqning asosiy qonunlari, tafakkurning asosiy mantiqiy shakllari va ular orasida tushunchaning o‘rni. 1 –savol bayoni: «Mantiq» arabcha so‘z bo‘lib, uning xalqaro muqobili logikadir. Logika grekcha logos so‘zidan olingan bo‘lib, fikr, so‘z, aql, tushuncha, fan, qonun ma’nolarini ifodalaydi. Arabcha mantiq atamasi ham shu ma’nolarga ega. Mantiq yoki logika termini ikki ma’noda ishlatiladi: 1. Narsa va hodisalarning muayyan tartibi, bog‘lanishi, izchilligi, ular taraqqiyot qonunlarining o‘zaro bog‘lanishi (ob’ektiv mantiq yoki narsalar, tashqi dunyo mantig‘i) hamda tafakkur yordami bilan vujudga keladigan fikrlar, tushunchalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, bog‘lanish va izchillik (sub’ektiv mantiq yoki fikrlar mantig‘i) ma’nolarida. Tafakkur tashqi olamning inson ongidagi in’ikosi bo‘lganligi sababli ob’ektiv va sub’ektiv mantiq uzviy aloqadorlikni, birlikni tashkil etadi. 2. To‘g‘ri fikrlash, tafakkur qilish qonunlari, qoidalari, shakllari, usullari va metodlarini o‘rganadigan fan ma’nosida. Mantiqning fan sifatidagi asosiy vazifasi haqiqiy bilimlarga erishish shart-sharoitlarini o‘rganish, fikrlash jarayoni tuzilishini tahlil qilish, to‘g‘ri muhokama yuritishning mantiqiy qoida va metodlarini ishlab chiqishdir. Mantiqning ilmiy-tadqiqot ob’ekti bo‘lib bilish usuli sifatidagi inson tafakkuri hisoblanadi. Uning predmetini esa insonni o‘rab turgan tashqi olamni bilib olishga yordam beradigan tafakkur qonunlari, qoidalari, shakllari, usullari tashkil etadi. Mantiq Falsafa fani bilish nazariyasining tarkibiy qismi sifatida bilish jarayonining mantiqiy tarkibida tafakkurning o‘rni va rolini tadqiq qilar ekan, to‘g‘ri tafakkurlash madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan narsalarni tushunib yetishga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar o‘z oldilariga ma’lum bir maqsadni qo‘yadilar. Ular o‘rganilishi lozim bo‘lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yo‘nalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi. Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Bilish deb ob’ektiv olamning inson ongida aks etish jarayoniga aytiladi. Inson bilishi ikki shaklda sodir bo‘ladi: Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish – insonning sezgi organlari yordamida bilishi tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bo‘ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida ma’lumotlar olinadi. Hissiy darajadagi bilimning asosiy shakllari: sezgi, idrok va tasavvurdir. Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur bilishning yuqori - ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bosqichi bo‘lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi. Aqliy (nazariy, mantiqiy bilish yoki abstrakt tafakkur) buyum va hodisalarning ichki sabab va qonuniyatlarini, mohiyati va mazmunini aql, tafakkur yordamida bilib olishdir. U bilishning oliy bosqichidir. Tafakkur dunyoni, buyum va hodisalarni umumlashtirilgan, mavhum, bavosita timsollar, tushunchalar, hukmlar, xulosalar, nazariyalar va bilimlar orqali aks ettiradi. Tafakkur uch xil mantiqiy shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shakllarida sodir bo‘ladi. Hissiy va aqliy bilish o‘zaro uzviy birlikni tashkil etadi. Shuning uchun ularni doimo o‘zaro aloqada, bog‘liqlikda olib qarash va o‘rganish zarur. Ularni bir-biridan ajratib tashlash, bir-biriga qarama-qarshi qilib qo‘yish holatlari ham bo‘lganki, bunday holatlar sensualizm va ratsionalizm kabi noto‘g‘ri, biryoqlama oqimlarni vujudga keltirgan. Download 211.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling