6- mavzu: mantiq. Ma’ruza rejasi
Download 211.44 Kb.
|
6-мавзу. МАНТИҚ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Predikatning mazmuniga ko‘ra
- Xususiyat hukmi
P
S 3-surat Juz’iy inkor hukmi son jixatidan juz’iy, sifat jihatidan inkoriydir. U lotincha NEGO so‘zining ikkinchi unli harfi O bilan belgilanadi. Masalan: Kursimizning ba’zi talabalari a’lochi emas. Ba’zi S-P emas. Bunda sub’ekt bo‘linmagan, predikat esa bo‘lingan (4-surat). P S 4-surat Demak, mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ba’zi boshqa holatlarda oddiy hukmlarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat: 1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar». Bu hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S–Pdir» formulasi orqali ifodalanadi. 2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm «Hech bir S–P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi. 3. Juz’iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S–Pdir» formulasi orqali ifodalanadi. 4. Juz’iy inkor hukm bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shug‘ullanmaydilar». Uning formulasi «Ba’zi S–P emas» bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi. 6. Predikatning mazmuniga ko‘ra hukmlar uchga bo‘linadi: mavjudlik, xususiyat va munosabat hukmlari. Mavjulik hukmi voqelikda biror buyum yoki hodisa borligi yoki yo‘qligini ifodalaydi. Masalan: Termiz shahrida hayvonot bog‘i mavjuddir. S-P dir. Oyda hayot mavjud emas. S-P emas. Xususiyat hukmi biror buyum yoki hodisaga muayyan xossa, xususiyat taalluqli yoki taalluqli emasligini aks ettiradi. Masalan: Ruboiy to‘rtlikdir. S-P dir. Bizning fakultetimiz binosi chiroyli emas. S-P emas. Download 211.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling